June 6, 2025

Gunohli sevgi:Junkook va Haru💗

📖

Gunohli Sevgi: Jungkook va Haru

1-qism: Tasodifmi, taqdirmi?

Qorong‘u tun. Shahar go‘yo yutqazilgan jang maydonidek jimjit. Havo sovuq, shamol esa sekin-sekin quloq uchida shitirlaydi. Haru kechki smenadan qaytib kelayotgandi. U o‘zini juda charchagan, ammo erkin his qilardi.

Hatto bilmasdi, taqdir uni kim bilan to‘qnash keltirishini.

Birdan uzoqdan mashina shovqini eshitildi. Uchta qora mashina yonidagi tor ko‘chaga burildi. Ular to‘xtadi. Mashinadan qora kiyimdagi odamlar tushdi. Haru yuragini ushlab, orqaga chekinmoqchi edi.

Lekin juda kech edi.

— “Topib olib kel!” — degan buyrug‘ni eshitdi u. Ovozi dag‘al, sovuq va yuragingni muzlatib yuboradigan edi.

Haru sekin orqaga qadam tashladi. Lekin oyoq ostidagi tosh shitirlab ketdi.

— “Kim u?!” — bir ovoz jarangladi. Qorong‘uda bir nechta odam unga yaqinlasha boshladi.

Haru qochmoqchi edi, lekin kimgadir urilib ketdi. Qattiq, issiq, ammo sovuq nigohlar egasiga.

Bu — Jungkook edi.

U qora charm kurtkada, uzun sochlari biroz yuziga tushib turgan. Ko‘zlari qorong‘ida ham yonib turardi.

Haru hayrat va qo‘rquv aralash unga qaradi.

— “Sen kimsan?” — dedi Jungkook qattiq ohangda.

— “Men… men faqat uyga ketayotgandim…” — dedi Haru, ovozi qaltirab.

Jungkook unga bir zum tikilib turdi. Keyin sekin boshqalariga buyruq berdi:

— “Uni mashinaga olib boring.”

— “Nima?! Yo‘q! Men hech nima ko‘rmaganman!” — dedi Haru, qochmoqchi bo‘lib.

Lekin Jungkook uni bilagidan ushlab qoldi. Ustidan shunaqa kuch va sovuq ehtiros taralayotgandi, Haru beixtiyor to‘xtab qoldi.

Jungkook yuzini yaqin keltirib, pichirladi:

— “Endi sen menga tegishlisan.”

Haru yuragi bir urib, bir to‘xtadi. Nima bo‘layotganini tushunmasdi. Lekin uning nigohi… bu yigit xavfli, lekin g‘oyat jozibali edi.

Ular Haruni mashinaga o‘tqazishdi. Jungkook esa uning qarshisida joy oldi.

Tashqarida shahar jimjit. Lekin bu ikki begona orasida xavfli ehtiros ko‘tarilayotgan edi…

Davomi bor…
reaksiya bosingla shuncha yozdim🥺❤️