Menga qarashli boʻlasan Asu
Asu kech bo‘lishiga qaramay, deraza yonida o‘tirardi. Telefonidagi soat 20:47 ni ko‘rsatib turardi. Yuragi gupillab, ko‘kragidan chiqib ketadigandek. Noma’lum raqamdan kelgan xabar unga kechasi universitet orqasidagi eski binoga kelishni buyurgandi.
“Aqlim joyidami? Nega boryapman?” — deb o‘zidan-o‘zi pichirladi Asu.
Lekin yuragidagi noma’lum kuch, ich-ichidan uni tortib, to‘xtatmasdi. Nihoyat, engil palto kiyib, universitet hovlisiga chiqdi. Oqshom havo salqin va jimjit edi. Faqat daraxt barglarining shitirlashi va uzoqdan eshitilayotgan mashina ovozi.
Asu asta qadamlab, orqa tarafdagi eski binoga yetib bordi. Oyna romlari singan, eshik biroz ochiq. Hech kim yo‘qdek tuyulsa-da, ichkarida kimningdir borligi sezilib turardi. Yuragi yana tez ura boshladi.
Lekin o‘sha payt orqa tomondan kimdir sekin gap qotdi:
Asu sapchib ketdi. Orqasiga qarasa — bu Taehyung edi. Lekin u universitetdagidek professor libosida emasdi. Qora charm kurtka, qora jinsi shim va qo‘lqop kiygan, qoshlarini chimirib, unga tikilardi. Uning nigohi endi darsdagi sovuq odamning nigohidan boshqa edi. Bu inson g‘ayrioddiy va hatto xavfli ko‘rinardi.
Asu hech narsa deya olmadi. Faqat og‘zi qurib, unga qarab turardi.
Taehyung asta unga yaqinlashdi.
— Bilasanmi, bu yerga har kim kelavermaydi. Faqat menga kerak bo‘lgan odamlar.
Asu titrab, nima deyishini bilmay qoldi.
— Siz… siz kim ekansiz? — nihoyat gapira oldi u.
Taehyung kulimsiradi. Bu safar uning labidagi jilmayish nafaqat sovuq, balki hukmron edi.
— Menga professor degan nom faqat bir niqob. Asl ishlarim bundan uzoqroq… va sen hozir noto‘g‘ri joydasan, Asu. Lekin endi orqaga yo‘l yo‘q.
Asu orqaga bir qadam tashlamoqchi edi, lekin Taehyung qo‘lini uning bilagiga qo‘ydi. Uning qo‘li sovuq edi, lekin shu payt Asu butun tanasi titrab ketdi. Na qo‘rqinch, na ehtiros — bu butunlay boshqacha his edi. Xavf va qandaydir g‘alati joziba.
— Sen juda qiziqasan. Men seni birinchi kundanoq ko‘rdim… — Taehyung asta lablarini shivirlab, qulog‘iga yaqin keldi. — Va bilasanmi? Sen meni qiziqtirib qo‘yding.
Asu endi butunlay tushunmay qoldi.
— Juda oddiy deyish qiyin. Men odamlarning ko‘zini bir qarashda anglayman. Sening ko‘zlaring esa… boshqa. Seni bu yerga chaqirganim shunchaki o‘yin emas. Sen hozir ikki yo‘l oldidasan, Asu.
Taehyung sekin orqaga yurdi va qorong‘ilik ichiga singib ketdi. Faqat ovozi eshitildi:
— Yoki bu yerda hamma narsani unutib, menga yiroq yurasan. Yoki… men seni o‘zimga olib qolaman.
Asu bo‘shashgan holda turib qoldi. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilib, boshidan necha bor shu holga tushganini bilmasdi.
“Bu inson xavfli… lekin nega men undan qochishni istamayapman?”
To‘satdan telefoniga yana xabar keldi:
“Ertaga soat 19:00. Mening kabinetim.”
Asu ekranga uzoq tikilib turdi. Yuragida qorong‘ulik va sirli hayajon aralash hislar. U o‘zi bilmagan holda allaqachon bu o‘yinga tushib bo‘lgandi.