July 6, 2025

Поцелуй на закате

2-qism

Seul shahri erta tongda ham shovqinli edi. Havo biroz salqin, ko‘chalarda odamlar yugurmoqda, do‘kon oldidagi kofe hidlari havoga taralmoqda. Ari har gal bu shaharni hush ko‘rardi. Bu yerning betartib tirikchiligi, osmoni bulutli bo‘lsa-da, yuragini qattiq urdiradigan sokin va sovuq tuyg‘usi bor edi.

Bugun Ari hayajonli edi. U universitetda o‘qir, ammo o‘qishdan tashqari fotografiya bilan shug‘ullanar, ustozi tavsiyasi bilan bir mashhur agentlikka suhbatga chaqirilgandi. Va kecha kutilmaganda unga qo‘ng‘iroq qilishib, ishga olishgani haqida xabar berishgandi.

Yangi ish joyi — Soul Visual agentligi.

Ari xonadonda onasiga xayrlashib, chaqaloq qahvaxonadan issiq latte olib, metroga qarab yurdi. Yuragida hayajon, “Ular bilan qanday ishlayman?”, “Meni qabul qilishadimi?” degan savollar girdobida.

Studio oldiga yetib kelganida soat 09:15 edi. Ari chuqur nafas olib, studiya eshigini ochdi.

Ichkarida yorqin chiroqlar, katta kameralar va shovqin-suron. Modellar bo‘yanmoqda, stilistlar soch turmaklamoqda, menyujerlar telefonlarda. Bu Ari orzu qilgan dunyo edi.

— Ari? — deb chaqirdi kimdir.

Ari o‘girilib qarasa, yosh, ochiq chehrali yigit.

Jihoon

— Men Park Jihoon, bosh fotograf. Sen bizga yangi kelgan fotograf ekansan. Hush kelibsan!

Ari biroz betartib, bosh irg‘ab salomlashdi.

Jihoon unga studiyani ko‘rsatdi, kameralarning joyi, fonlar, suratga olish burchaklarini tushuntirdi.

— Bugun eng muhim kuning. Chunki bizning bosh modelimiz bilan fotosessiya bo‘ladi. Tayyor tur!

Ari qiziqib so‘radi:

— Kim u?

Jihoon kulimsirab:

— Kim Taehyung.

Ari bu ismi eshitganda yuragi bir lahza urishdan to‘xtagandek bo‘ldi. Seuldagi eng mashhur model. Uni ko‘p jurnallarda ko‘rgan, lekin hech qachon shaxsan uchratmagan.

Ari ichida: “Nega endi men?” degan savol.

Soat 10:00. Studio sukunatga cho‘mdi. Eshik ochildi.

Qora ko‘zoynak, qora charm palto, sokin qadam tovushi, og‘ir havo.

Bu — Kim Taehyung edi.

U sekin yurib keldi. Barcha bosh egib salom berdi. Taehyung esa biror javob qaytarmadi. Uning ko‘zoynagi ortidan sovuq nigohi ko‘rinar, yuzida befarq ifoda.

Ari kamera oldida turib qoldi. Yuragi tez ura boshladi.

Jihoon unga yaqinlashib:

— Endi sen suratga olasan. Bu sening ilk sinoving.

Ari larzaga tushdi. Lekin ich-ichida g‘urur, “Sen uddalaysan” degan ovoz.

Kamera sozlandi. Taehyung joyiga o‘tirdi. Ari kamerani ko‘tardi. Birinchi marta bu darajadagi insonni suratga olayotgandi.

Taehyung kameraga qarab bejirim holat oldi. Ko‘zlari sovuq, yuzida silliq ifoda.

Ari suratga ola boshladi. Har bir kadr mukammal. Ari beixtiyor zavq olardi. Taehyungning harakati professional, so‘zsiz tushunadigan inson.

Bir mahal Taehyung telefoniga qaradi. Ari bu lahzani suratga olib qo‘ymoqchi edi, biroq ekranda g‘alati xabar ko‘rdi:

“22:00. Joyga kel. Xavfsizlik tekshirilgan.”

Ari g‘alati bo‘lib ketdi. Qiziq, bu modelmi yoki kim?

Fotosessiya tugadi. Taehyung labini qimtib:

— Ertaga tungi fotosessiya. Maxsus studiya. Faqat sen bo‘lasan.

Bu gap Ari uchun tushunarsiz. Nima uchun aynan men?

Jihoon hayron bo‘ldi. Chunki Taehyung hech qachon o‘ziga suratga oladigan odamni tanlamasdi.

Ari esa hayrat va qiziqish bilan rozi bo‘ldi.

Taehyung eshikdan chiqqach, unga qarab beparvo dedi:

— Isming Ari ekan-a.

Bu Ari uchun ilk iltifotday bo‘ldi.