Menga qarashli boʻlasan Asu
Tungi shahar sokin. Faqat uzoqda uzoq-uzoqlarda mashina ovozi eshitilardi. Taehyungning kvartirasi ichida esa faqat ikki nafarning nafasi va yurak urishi. Xona havosi iliq, lekin ehtirosdan qaynayapti.
Asu Taehyungning bag‘rida. U endi butun vujudini qo‘yib bergandi. Taehyung esa unga tik qarab, barmoqlari bilan sochlarini yuzidan sirg‘alib tushirib, iyagini ohista silardi. Har teginishda Asu ich-ichidan titrardi.
Taehyung past ovozda shivirladi:
— Bilasanmi… har safar sen menga qaraganingda, men ichimdagi qorong‘u tomonni jilovlash qiyinlashadi. Sen men uchun xavfli odamsan, Asu.
Asu lablarini titratib, ko‘zlarini yumdi.
Taehyung kuldi. Uning kulgusi sovuq emasdi, bu safar biroz yumshoqroq edi.
— Yo‘q. Men seni o‘zimga bo‘ysundirishni istayman. Sen meni qarshilik qilmasdan, o‘zing istaganingni.
Taehyung barmoqlari bilan Asuning yuzidan sekin pastga, bo‘yniga, yelkasiga sirg‘alib tushdi. Har teginish, har nafas ularni yanada yaqinlashtirardi. Asu bu teginishlardan qochishni ham, uzoqlashishni ham istamasdi. Go‘yo bu teginish unga hayot bag‘ishlayotgandek.
Taehyung asta Asuning yuziga yaqinlashdi. Nafaslari bir-biriga tegdi. U asta lablarini Asuning bo‘yniga tekkizdi. Yumshoq, ehtirosli, sekin harakatlar bilan bo‘ynidan pastga surildi. Asu lablarini qattiq tishladi. Nafasi og‘irlashdi.
Taehyung bu harakatidan zavq olar, qizning bu titroq va befarqlik qilmayotganini bilardi. U yana lablarini Asuning yelkasiga tekkizib, past ovozda shivirladi:
— Sen butunlay mening nazoratimdasan, Asu. Endi hech qayerga qocholmaysan.
Asu endi bo‘ysundi. Qo‘llari Taehyungning ko‘ylak tugmalariga tegib, sekin ularni yechdi. Taehyung esa uning barmoqlarini ushlab, lablariga olib bordi. Ularga o‘pdi. Ehtiros kuchaydi. Nafaslar tezlashdi.
Taehyung Asuni sekin devorga tiradi. Qo‘llari belidan mahkam ushlab, lablarini yana qizning lablariga tekkizdi. Bu safar biroz uzoqroq, ehtirosliroq, lekin baribir o‘zini jilovlagan holda. Havo qalin, yurak urish ovozi esa devorlar orasida aks sado berayotgandek.
Asu endi hech narsa o‘ylamasdi. Faqat Taehyungning nafasi, teginishi va ehtirosli nigohi. Barcha qo‘rquvlar, barcha shubhalar shu kechaga taslim bo‘ldi.
Taehyung sekin qulog‘iga pichirladi:
— Sen endi meniki, Asu. Faqat meniki.
Bu so‘zlarda shunchalik ishonch, hukmronlik va ehtiros bor ediki, Asu bu kechani hech qachon unutmasligiga ishonardi.
Ular ehtirosli quchoqlashda davom etishdi. Hamma so‘zlar sukunatda, nafaslar va teginishlarda gapirardi.