Menga qarashli boʻlasan Asu
Asu tuni bilan uxlay olmadi. Qalbida ikkita tuyg‘u bir-birini bosib, tinchlik bermasdi. Qo‘rquv va qandaydir ichki hayajon. Taehyungning so‘zlari, uning nigohi va qo‘liga tutqazgan o‘sha eski kalit. Har safar ko‘zini yursa, yana uning ovozi qulog‘ida yangilar edi:
“Ertaga soat 22:00. Faqat o‘zing.”
Soat 21:50. Asu sekin universitet binosiga kirib bordi. Kechasi bu joy butunlay boshqacha edi. Deraza orqasidan faqat shahar chiroqlari va uzoqdagi mashinalar nuri. Devorlarga ilingan rasmlar ham endi qorong‘ida yashirincha qarab turgandek.
Yuragi qattiq urar, har qadamda tana sovuqlashardi. Lekin u orqaga qaytmadi.
Eski yerto‘la eshigi koridor oxirida. Eshik chang bosgan, tutqich biroz zanglagan. Asu kalitni chiqarib, sekin burdi. Zanglagan eshik qarsillab ochildi.
Ichkarisi qorong‘i. Faqat pastdagi burchakda bitta fonus yonib turardi. Havo tutun va eski yog‘och hidiga to‘la. Devorlar nam va sovuq.
Asu qadam tashladi. Shu payt orqa tomondan eshik yopilib, yengil ohang eshitildi:
U qorong‘idan chiqib, fonus oldiga o‘tirdi. Qorong‘uda uning ko‘zlari yanada qorong‘iroq, yuzidagi ifoda esa mutlaqo jiddiy edi. Universitetdagi professor endi yo‘q edi. Bu odam butunlay boshqa.
Taehyung qo‘lidagi qora charm qo‘lqoplarini yechdi va sekin gap qildi:
— Men senga haqiqiy dunyoni ko‘rsataman, Asu.
Taehyung unga yaqinlashdi. Bu safar juda yaqin. Ko‘nglida yurib kelayotgan hayajon birdan bosim bo‘ldi. Taehyung barmoqlari bilan Asuning yuziga tegdi. Uning qo‘li iliq, lekin sovuq hissiyot taratardi.
— Yuraging qattiq uryapti, — pichirladi u.
Asu gapira olmadi. Faqat nigohi bilan iltimos qilgandek bo‘ldi.
Taehyung asta unga tik qarab, yuzini yaqinlashtirdi. Lablar orasi deyarli bir necha santimetr. Bu holatda havo qalin, yurak urishi ikkovi uchun ham eshitilardi.
— Sen hozir bilishing kerak… Men odatiy inson emasman. Men bu shaharning qorong‘i qismiga egaman. Meni hamma bilmaydi. Bilganlar esa sukut saqlaydi. Chunki mening bir so‘zim, bir ishoram hayotni to‘xtatishi mumkin.
— Nega menga buni aytyapsiz? — dedi nihoyat.
Taehyung sekin uning qulog‘iga egilib, shivirladi:
— Chunki sen menga kerak. Men sening qalbingdagi qorong‘ilikni ko‘rdim, Asu. Sen meni istaysan… men esa seni.
Asu butkul siltanib ketdi. Taehyung sekin yuzini ushlab, peshonasini Asuning peshonasiga tekkizdi. Ularning nafasi bir-biriga urilib, qorong‘ida birlashgandek.
— Lekin men senga ogohlantiraman. Men xavfli odamman. Men seni o‘zgartiraman. Sen endi avvalgidek bo‘lmaysan.
Asu lablarini qattiq tishladi. Bu so‘zlar unga ham qo‘rquv, ham ich-ichidan noma’lum zavq bag‘ishladi. Nega bunday his qilayotganini bilmasdi, lekin orqaga qaytolmasdi.
Taehyung undan uzoqlashdi va fonusga ishora qildi.
— Shu yerdan chiqqaningdan so‘ng bu o‘yin boshlanadi. Sen mening qoidalarimga bo‘ysunasan. Aks holda… — u lablarini yumdi. — Bilasan.
Taehyung kalitni qaytarib oldi.
— Ertaga soat 20:00. Mening kvartiramda. Manzilni yuboraman.
So‘ng fonda faqat Taehyungning yurib ketayotgan qadam tovushi eshitildi. Asu qorong‘ida qolgach, yuragini ushlab, lablarini tishladi. Qorong‘u joy, sovuq havo va Taehyungning og‘ir nafasini yana eshitayotgandek bo‘ldi.