July 23, 2025

Menga qarashli boʻlasan Asu

4-qism:

Kabinetdagi sukunat

Soat 18:50. Universitet binosi kechqurun yana odatdagidek jimjit. Talabalar ketgan, o‘qituvchilar ham. Faqat uzoqdagi bir nechta xona derazalaridan sust chiroqlar nur sochardi.

Asu sekin qadam tashlab, Taehyungning kabineti tomon yurardi. Yuragi gupillab urardi. Qo‘llari sovuq, lablari qurigan. Har qadamda ich-ichidan bir ovoz:

“Qoch… sen bu o‘yinda uzoq yurishing mumkin emas.”

Ammo ikkinchi bir hissiyot:

“Yo‘q. Men bilishim kerak. U aslida kim? Nega meni tanladi?”

Kabinet eshigi ochiq. Ichkarida sust chiroq, havo og‘ir va biroz tutun hidiga o‘xshash. Stol ustida eski kitoblar, bir burchakda qora charm palto ilingan. Taehyung esa deraza yonida turibdi. Unga orqa o‘girgan, sigareta tutatmoqda. Sochlari biroz betartib, bir qo‘li cho‘ntagida.

Asu ichkariga qadam tashladi. Taehyung asta orqasiga o‘girilganida, u yana o‘sha nigoh — keskin, sovuq, lekin ich-ichidan nimadir chaqnayotganini ko‘rdi.

— Keldingmi, — dedi u ohista.

Asu bosh irg‘adi. Kabinet ichida bir muddat og‘ir sukunat hukm surdi. Faqat devordagi eski soatning taqillashi.

Taehyung asta oldinga yurdi, stulga o‘tirdi va Asuga ishora qildi.

— O‘tir.

Asu sekin joy oldi. Qo‘llari titrardi.

— Nega chaqirdingiz?

Taehyung uni uzoq kuzatdi.

— Bilasanmi, Asu. Men bu universitetda faqat dars berish uchun emasman.

Asu jim. Yuragi og‘ziga kelay dedi.

— Men kimman, nimani boshqaraman — bu senga hali kerak emas. Lekin sen qiziqasan. Sen odatdagi talabaga o‘xshamaysan.

Asu beixtiyor boshini egdi.

— Men… men faqat yaxshi o‘qimoqchiman…

Taehyung kuldi. Lekin bu kulgi mehribon emasdi. Sovuq va xavfli edi.

— Sen men bilan o‘ynashni boshlab bo‘lding, Asu. Endi ortga yo‘l yo‘q.

Asu unga tik boqdi. Bu nigohda endi faqat qo‘rquv emas, qiziqish ham bor edi. O‘zining bu holidan o‘zi ham hayratda.

— Nima uchun men?

Taehyung sekin stoldagi qog‘ozlarni titkiladi.

— Chunki men istadim. Menda tanlov bo‘lmaydi. Kimni tanlasam — u meni o‘ziniki deb biladi.

Kabinet havosi og‘irlashib, yelkamga bosim qilayotgandek. Taehyung o‘rnidan turib, Asu yoniga yaqinlashdi. U asta lablarini qattiq qimtib, qizning yuziga tikildi.

— Sen meni ko‘proq bilishni xohlaysanmi?

Asu beixtiyor bosh irg‘adi.

Taehyung unga juda yaqin keldi. Faqat bir qadam oraliqda. Havo qalin. Yurak urishi ikkalasiga ham eshitilayotgandek.

— Demak, meni bilishing uchun senga o‘yin qoidalarini aytaman, — dedi u past ovozda. — Sen mendan faqat ruxsat bilan so‘raysan, faqat men aytgan joyga borasan va faqat men istaganimni qilasan.

Asu titrab ketdi.

— Men… men buni uddalay olmasamchi?

Taehyung lablarining bir chetini qiyshaytirib kuldi.

— Uddalay olasan. Chunki sen menga keraksan. Hali bilmayapsan, lekin sen ham o‘zingda nima borligini anglamaysan, Asu.

Asu yutindi. Qorong‘i kabinet, Taehyungning jozibasi, bu sirli o‘yin — baribir uni o‘ziga tortardi.

Taehyung stol ustidan kichik qora quti oldi. Ichidan eski kalit chiqardi.

— Ertaga soat 22:00. Universitet yerto‘lasidagi eski xonani ochasan. Faqat o‘zing. Boshqasi bo‘lsa… — u nigohini qattiq qadadi. — Men sening hayotingni o‘zgartirib yuboraman.

Asu hech narsa deya olmadi. Faqat kalitni qo‘liga olib, yuragidagi to‘xtovsiz urishni his qildi. Bu o‘yin endi boshlandi.