June 1

Muallif:Ha-rin

🌙 “Yarim qolgan orzular”

6-qism — Eslangan yuraklar

Bahorning iliq kunlaridan biri edi.

Universitetlar o‘rtasida katta kitob ko‘rgazmasi tashkil qilingandi.

Sora dugonalari bilan borgan edi.

Aslida uning borishga ham uncha xohishi yo‘q edi.

Lekin dugonalari zo‘rlab olib kelishgan edi.

— Bir kun uyda o‘tirmasang o‘lmaysan.

degan edi dugonasi.

Sora kulib qo‘ygandi.

Va kelgandi.

Ko‘rgazma juda katta edi.

Odamlar ko‘p.

Har tomonda kitoblar.

Shovqin.

Kulgu.

Gaplar.

Sora bir stend oldida kitoblarni tomosha qilayotgandi.

Shunda yonidan kimdir o‘tib ketdi.

Yelkasi yengil tegib ketdi.

— Uzr.

Sora boshini ko‘tardi.

Qarshisida bir yigit turardi.

Va negadir...

Yuragi birdan tez urib ketdi.

Yigit ham unga qarab qoldi.

Bir necha soniya.

Shunchaki bir-birlariga qarab turishdi.

Go‘yo ikkalasi ham nimanidir eslashga urinayotgandek edi.

— Uzr.

dedi yigit yana.

— Hechqisi yo‘q.

Sora boshqa tomonga yurib ketdi.

Lekin yuragi tinchlanmadi.

Negadir o‘sha notanish yigitning ko‘zlari juda tanish tuyulgandi.

Shu kuni kechasi ham u o‘sha yigit haqida o‘ylab qoldi.

Boshqa tomonda esa Jisung ham xuddi shunday holatda edi.

U ham ko‘rgazmada uchratgan qizni unutolmayotgandi.

Negadir uning ovozi.

Nigohi.

Hatto "hechqisi yo‘q" degani ham tanish tuyulgandi.

Bir hafta o‘tgach taqdir yana ularni uchrashtirdi.

Bu safar universitet kutubxonasida.

Sora kitob qidirayotgandi.

Yuqori javondagi kitobga qo‘li yetmadi.

Kimdir uni olib berdi.

— Mana.

Sora ortiga o‘girildi.

O‘sha yigit.

— Rahmat.

— Arzimaydi.

Bu safar ikkalasi ham kulib qo‘yishdi.

Negadir suhbat tugamadi.

Ismlarini aytishdi.

— Men Sora.

— Men Jisung.

Shu zahoti ikkalasi ham jim bo‘lib qoldi.

Jisung.

Sora.

Bu ismlar negadir yuraklarining eng chuqur joyiga tegib ketgandi.

Lekin nima uchunligini bilishmasdi.

Keyingi haftalarda ular tasodifan juda ko‘p uchrashadigan bo‘lishdi.

Avval kutubxonada.

Keyin kafeda.

Keyin universitet hovlisida.

Va asta-sekin gaplasha boshlashdi.

Bir kuni yomg‘ir yog‘ayotgandi.

Jisung soyabonini ochdi.

— Birga yuramizmi?

Sora birdan qotib qoldi.

Ko‘z oldidan bir lahzalik xotira o‘tdi.

Yomg‘ir.

Kulgi.

Yugurayotgan ikki inson.

U boshini ushlab qoldi.

— Sora?!

— Men yaxshiman...

Lekin aslida yuragi qattiq urayotgandi.

O‘sha kecha ikkalasi ham tush ko‘rishdi.

Kutubxona.

Qor.

Kulgi.

Kundalik.

Deraza.

Ertalab uyg‘onganlarida ko‘zlarida yosh bor edi.

Va nihoyat...

Xotiralar asta-sekin qayta boshladi.

Keyingi uchrashuvda Sora qo‘lida eski kundalik bilan keldi.

— Menimcha seni tanirdim.

Jisung jim qoldi.

— Men ham shunday o‘ylayapman.

Sora kundalikni ochdi.

Ichida eski yozuvlar.

Eski sanalar.

Eski hislar.

Jisung sahifalarni varaqlay boshladi.

Va birdan...

Hammasi qaytdi.

Kutubxona.

Qorli kun.

Yomg‘ir.

Soraning kulgisi.

Soraning ko‘z yoshlari.

O‘zining xatolari.

Hammasi.

Uning qo‘llari titray boshladi.

— Sora...

Ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.

— Men esladim...

Sora ham yig‘layotgandi.

Ikki yil yo‘qolgan xotiralar bir lahzada qaytgandi.

Jisung boshini egdi.

— Kechir.

— ...

— Men seni juda og‘ritganman.

Sora ko‘z yoshlarini artdi.

— Men ham seni sog‘inganman.

Hatto kimligingni eslay olmasam ham...

Shu payt ikkalasi ham kulib yuborishdi.

Va yig‘lashdi.

Ba'zan taqdir insonlarni ajratadi.

Sinaydi.

Unuttiradi.

Lekin ayrim yuraklar bir-birini unutolmaydi.

Hatto xotiralari yo‘qolgan bo‘lsa ham.

Bir yil o‘tgach...

Bahor edi.

Jisung va Sora yana birga kutubxonadan chiqishayotgandi.

— Bilasanmi?

dedi Jisung.

— Nima?

— Bu safar seni yo‘qotmayman.

Sora kuldi.

— Bu safar men ham ketmayman.

Va ular birga yo‘l bo‘ylab yurib ketishdi.

Bu safar hikoya yarim qolmadi.

Bu safar orzular ham yarim qolmadi.

🌙💖🌸

Yakun.