June 1

Muallif:Ha-rin

🌙 “Yarim qolgan orzular”

5-qism — Unutilgan xotiralar

Oradan ikki yil o‘tdi.

Jisung endi 18 yoshda edi.

Lekin uning ichida hali ham bo‘shliq bor edi.

U nima uchunligini bilmasdi.

Faqat ayrim kechalari yuragi siqilib ketardi.

Go‘yo kimnidir sog‘ingandek.

Lekin kimligini eslay olmasdi.

Ikki yil oldin sodir bo‘lgan voqealardan keyin u ham jiddiy jarohat olgandi.

Shifokorlar hayotini saqlab qolishgan.

Ammo ayrim xotiralari yo‘qolib ketgandi.

Ayniqsa o‘sha davr.

Maktabning oxirgi yillari.

Ba'zi insonlar.

Ba'zi hislar.

Ba'zan tushida bir qizni ko‘rardi.

Uzun sochli.

Jim.

Deraza yonida o'tirgan.

Lekin yuzini aniq ko‘rolmasdi.

Har safar uyg‘ongach yuragi g‘alati og‘rirdi.

Boshqa shaharda esa Sora yashardi.

U ham tirik edi.

U ham ulg‘aygandi.

Lekin uning ham xotirasida bo‘sh joylar bor edi.

U eski kundaligini o‘qirdi.

Sahifalar to‘la edi.

Jisung degan ism qayta-qayta uchrardi.

Lekin negadir bu ism unga begona tuyulardi.

— Nega men bu inson haqida bunchalik ko‘p yozganman?

deya o‘zidan so‘rardi.

Lekin javob topolmasdi.

Ba'zan u ham tush ko‘rardi.

Yomg‘ir.

Kutubxona.

Kulayotgan bir bola.

Lekin uyg‘ongach hammasi tumandek tarqalib ketardi.

Shunga qaramay hayot davom etardi.

Sora universitetga kirgan edi.

Yangi dugonalar orttirdi.

Yangi hayot boshladi.

Lekin yuragidagi bo‘shliq qolardi.

Bir kuni dugonasi undan so‘radi:

— Biror marta sevganmisan?

Sora o‘ylanib qoldi.

— Bilmayman.

— Bilmaysan?

— G‘alati.

Go‘yo sevganman.

Lekin kimni sevganim esimda yo‘q.

Dugonasi kulib yubordi.

Lekin Sora kulmadi.

Chunki bu gap rost edi.

Shu paytda boshqa shaharda Jisung ham deraza yonida o'tirib osmon tomonga qarayotgandi.

Va ichidan bir savol o‘tdi:

"Nega yuragim kimnidir kutayotgandek?"

Ular bir-biridan yuzlab kilometr uzoqda edi.

Bir-birlarini eslay olishmasdi.

Lekin taqdir hali ularning hikoyasini tugatmagandi...

🌙💫

Davomi bor