Muallif:Ha-rin
🥀 Yoshlikdagi baxtga ega bo‘lmagan qizaloq 🥀
Chaerin 15 yoshda edi.
Lekin ba'zan u oynaga qaraganda o‘zidan katta odamni ko‘rgandek bo‘lardi.
Uning ko‘zlarida tengdoshlaridagi yengillik yo‘q edi.
Bolalarga xos beg‘uborlik yo‘q edi.
Go‘yo u bolaligini qayerdadir yo‘qotib qo‘ygandi.
Eng achinarlisi esa...
U qachon yo‘qotganini ham eslolmasdi.
Ba'zi bolalar bolaligini eslaganda bayramlarni, sovg‘alarni, kulgilarni eslaydi.
Chaerin esa eshik ortidagi janjallarni eslardi.
Onasining yig‘isini eslardi.
Otasining ketayotgan qadam tovushlarini eslardi.
9 yoshida u hali ko‘p narsani tushunmasdi.
Lekin odamlar yig‘laganda yurak og‘rishini bilardi.
O‘sha kuni kechqurun u oshxona eshigi ortida o'tirgan edi.
Onasi yig‘layotgandi.
Otasi esa baqirardi.
Chaerin qo‘g‘irchog‘ini quchoqlab olgancha jim o‘tirardi.
Ularning nima haqida gaplashayotganini tushunmasdi.
Faqat bir narsani tushunardi.
Uy endi avvalgidek emas edi.
Oradan oylar o‘tdi.
Janjallar ko‘paydi.
Kulgu kamaydi.
Bir kuni esa otasi ketdi.
Shunchaki ketdi.
Chaerin derazadan uning mashinasi uzoqlashib ketayotganini tomosha qildi.
U yugurib chiqmoqchi bo‘ldi.
Lekin oyoqlari qimirlamadi.
Shu kuni kechasi u birinchi marta yostiqqa yuzini bosib yig‘ladi.
U hali 9 yoshda edi.
10 yoshida u otasi boshqa ayol bilan yashayotganini bildi.
Bu gapni unga hech kim aytmadi.
Tasodifan eshitib qoldi.
Kattalar bolalar eshitmaydi deb o‘ylashadi.
Lekin bolalar hamma narsani eshitadi.
Faqat jim qoladi.
O‘sha kundan keyin Chaerin ko‘proq jim bo‘lib qoldi.
Maktabda ham.
Uyda ham.
Hatto o‘zi bilan ham.
Onasi esa tobora o‘zgarib borardi.
U charchagandi.
Sinigandi.
Va ba'zan alamini qizidan olardi.
— Xonangni yig‘ishtirmabsan!
— Uzr...
— Hamma ish menga qolgan!
— Yordam beraman...
— Kerak emas!
Ba'zan bu gaplar oddiy tuyulardi.
Lekin har kuni eshitilsa yurakka yig‘ilib borardi.
Chaerin ko‘pincha oshxonada idish yuvayotib yig‘lardi.
Lekin suv tovushi yig‘isini yashirib yuborardi.
Shuning uchun hech kim sezmasdi.
11 yoshida u maktabdan qaytgach uy bo‘sh bo‘lishiga o‘rganib qoldi.
Kalitni o‘zi bilan olib yurardi.
Eshikni o‘zi ochardi.
Ovqatni o‘zi isitardi.
Darsni o‘zi qilardi.
Ba'zan butun uy shu qadar jim bo‘lardiki, televizorni faqat ovoz uchun yoqib qo‘yardi.
Odamning ovozini eshitgisi kelardi.
Hatto notanish odamning bo‘lsa ham.
12 yoshida sinfdoshlari guruh-guruh bo‘lib yurardi.
Tug‘ilgan kunlarga borishardi.
Birga suratga tushishardi.
Chaerin esa ko‘pincha chetda qolardi.
Hech kim uni yomon ko‘rmasdi.
Lekin hech kim yaqin ham ko‘rmasdi.
Ba'zan befarqlik nafratdan ham og‘ir bo‘ladi.
Bir kuni jismoniy tarbiya darsida jamoalarga bo‘linishdi.
Hamma kimnidir tanladi.
Faqat Chaerin qoldi.
O‘qituvchi:
— Chaerin shu jamoaga qo‘shila qolsin.
dedi.
Bu oddiy holat edi.
Lekin o‘sha kuni kechasi u uzoq vaqt uxlay olmadi.
Chunki odam ba'zan birgina lahzani haftalab o‘ylaydi.
13 yoshida u kulishni kamroq boshladi.
14 yoshida esa ichidagi gaplarni umuman aytmay qo‘ydi.
Agar kimdir:
— Yaxshimisan?
desa,
u avtomatik tarzda:
— Ha.
deb javob berardi.
Aslida esa yaxshi emas edi.
Lekin buni tushuntirish juda qiyin edi.
Qayeridan boshlashni ham bilmasdi.
Otam ketganidanmi?
Onamning ko‘z yoshlaridanmi?
Maktabdagi yolg‘izlikdanmi?
Yoki tunlari keladigan bo‘shliq hissidanmi?
15 yoshga to‘lgan kuni ham alohida hech narsa bo‘lmadi.
Onasi ishda edi.
Otasi qo‘ng‘iroq qilmadi.
Telefoniga bir nechta oddiy tabriklar keldi.
Xolos.
Kechqurun tort ham yo‘q edi.
Bayram ham.
Chaerin deraza yonida o'tirib, ko‘chadagi chiroqlarga qaradi.
Va ichida bir gap aylanishda davom etdi:
"Balki men shunchaki ortiqcha odamman..."
Lekin u bilmasdi.
Oradan ko‘p o‘tmay hayoti o‘zgarishni boshlashini.
Kimdir uni nihoyat ko‘rishini.
Faqat yuzini emas...
Ichidagi og‘riqlarni ham.
Va aynan o‘sha uchrashuv uning hayotidagi eng muhim sahifaga aylanishini...
Hurmatli fanfic muxlislari mana 1-qism tugadi qolgan.qismlar uchun har doimgidek 6