Muallif: Ha-rin
🥀 Yoshlikdagi baxtga ega bo‘lmagan qizaloq
2-qism
15 yoshga to‘lganidan keyin ham Chaerinning hayoti birdaniga o‘zgarib qolmadi.
Ertalablar hali ham og‘ir edi.
Maktab hali ham o‘sha maktab edi.
Uy hali ham o‘sha uy edi.
Faqat uning ichidagi charchoq kundan-kunga kattalashib borardi.
Ba'zan u sinfda o‘tirib, o‘qituvchining gaplarini eshitardi, lekin ma'nosini tushunmasdi.
Xayoli boshqa joyda bo‘lardi.
Uyda.
O‘tmishda.
Yoki hech qayerda.
Bir kuni tushlik paytida u odatdagidek maktab hovlisining chekkasidagi skameykada yolg‘iz o‘tirardi.
Yonida kitobi ochiq edi.
Aslida esa o‘qimayotgandi.
Shunchaki odamlar bilan birga ovqatlanmaslik uchun kitob ushlab o‘tirardi.
Shunda kimdir uning yoniga kelib o‘tirdi.
— Har kuni shu yerda o‘tirasanmi?
Chaerin boshini ko‘tardi.
Bir bola.
Baland bo‘yli.
Kulib turardi.
Lee Jiwon.
— Ba'zan.
— Men esa har kuni seni shu yerda ko‘raman.
Chaerin nima deyishni bilmay qoldi.
Chunki odatda hech kim unga bunchalik e'tibor bermasdi.
Keyingi kuni ham Jiwon keldi.
Yana keyingi kuni ham.
Bir haftadan keyin esa bu odatga aylandi.
U juda ko‘p gapirardi.
Chaerin esa ko‘proq tinglardi.
Lekin negadir uning yonida jim turish ham noqulay emasdi.
Bir kuni Jiwon:
— Bilasanmi, sen birinchi qarashda juda sovuq ko‘rinasan.
dedi.
— Hamma shunday deydi.
— Lekin aslida unday emassan.
— Qayerdan bilding?
— Ko‘zlaringdan.
Chaerin kulib yubordi.
Juda sekin.
Juda kichkina kulgi.
Lekin bu kulgini Jiwon payqab qoldi.
— Ana! Nihoyat kulding!
Oradan oylar o‘tdi.
Chaerin uzoq vaqtdan beri birinchi marta maktabga borishni kutadigan bo‘ldi.
Sababi darslar emas edi.
Jiwon edi.
U birinchi marta kimdir bilan uzoq yozishardi.
Kimdir unga "uyga yetdingmi?" deb yozardi.
Kimdir uning kasal bo‘lib qolganini sezardi.
Kimdir uni eslardi.
Bu narsalar boshqalar uchun oddiy bo‘lishi mumkin.
Lekin Chaerin uchun mo‘jizadek edi.
Bir kecha u deraza yonida o'tirib, Jiwon bilan yozishayotgan edi.
Birdan Jiwon yozdi:
"Bilasanmi, sen men uchun muhim odamsan."
Chaerinning yuragi tez urib ketdi.
U ekran tomon uzoq qarab qoldi.
Va birinchi marta ichida uzoq yillardan beri yo‘q bo‘lgan iliqlikni his qildi.
Vaqt o‘tishi bilan ular bir-biriga yaqinlashib bordi.
Chaerin esa asta-sekin sevib qolayotganini tushundi.
Bu qo‘rqinchli edi.
Chunki u yana og‘rishni istamasdi.
Lekin yurak ba'zan odamning gapiga quloq solmaydi.
Bir kuni Jiwon unga:
— Men seni yoqtiraman.
dedi.
Chaerin bir necha soniya javob bera olmadi.
Keyin esa juda sekin:
— Men ham.
dedi.
Bu uning hayotidagi eng baxtli kunlardan biri edi.
O‘sha kuni uyga qaytayotib ham kulib ketayotganini sezmay qoldi.
Hatto onasi:
— Nega kayfiyating yaxshi?
deb so‘radi.
Chaerin esa javob bermay qo‘ya qoldi.
Chunki ichidagi baxtni so‘z bilan tushuntirib bo‘lmasdi.
Lekin ba'zan inson eng baxtli bo‘lgan paytida eng qattiq sinovga duch keladi.
Bir kuni maktabda tasodifan bir gap eshitib qoldi.
Jiwon haqida.
Boshqa qizlar haqida.
Avvaliga ishonmadi.
Keyin esa asta-sekin haqiqatni bildi.
Jiwon undan oldin ham bir nechta qiz bilan juda yaqin bo‘lgan.
Ba'zilari bilan hali ham yozishardi.
Chaerinning yuragi siqilib ketdi.
U o‘zini aldangandek his qildi.
O‘sha kecha u uxlay olmadi.
Soat tungi ikki bo‘ldi.
Keyin uch.
Keyin to‘rt.
Deraza ortida tong ota boshladi.
Lekin uning ko‘zlari hanuz ochiq edi.
Yostiq esa ko‘z yoshlaridan nam bo‘lib ketgandi.
Ertasi kuni Jiwon bilan gaplashdi.
U tushuntirishga harakat qildi.
Kechirim so‘radi.
Lekin Chaerinning ichidagi ishonch darz ketgan edi.
Shundan keyin ularning munosabatlari avvalgidek bo‘lmadi.
Har bir xabarda shubha bor edi.
Har bir suhbatda og‘riq.
Har bir sukutda qo‘rquv.
Bir necha oy davomida ular urinishdi.
Lekin ba'zi yaralar vaqtida davolanmasa chuqurlashib ketadi.
Oxiri ular ajrashishdi.
Chaerin uyga qaytgach yig‘ladi.
Juda ko‘p yig‘ladi.
Faqat Jiwon uchun emas.
Bolaligidan yig‘ilib kelgan hamma og‘riqlar uchun.
Otasi uchun.
Yolg‘iz tushliklar uchun.
Bo‘sh tug‘ilgan kunlar uchun.
Ko‘rinmaydigan qiz bo‘lib yashagani uchun.
O‘sha tun unga juda uzun tuyuldi.
Lekin u hali bilmasdi...
Hayotidagi eng muhim inson bilan hali uchrashmaganini.
🌧️ Davomi bor... 💖