June 1

Muallif:Ha-rin

🌙 “Yarim qolgan orzular”

3-qism — Uzoqlashayotgan odam

Yoz tugadi.

Maktab yana boshlandi.

Sora esa yangi o‘quv yilini avvalgidan ham xursand boshladi.

Chunki uning hayotida Jisung bor edi.

U endi yolg‘iz emas deb o‘ylardi.

Lekin ba'zan odamlar o‘zgarishini birinchi kunning o‘zida sezib bo‘lmaydi.

Bu asta-sekin sodir bo‘ladi.

Xuddi quyosh botayotganda qorong‘ilikning kirib kelishini sezmaganing kabi.

Avvaliga Jisung ertalab kutmay qo‘ydi.

Sora darvoza oldiga kelardi.

Atrofga qarardi.

Lekin u yo‘q edi.

— Kech qoldingmi?

deb yozardi Sora.

— Ha.

Qisqa javob.

Xolos.

Ilgari esa bitta savolga yarim sahifa yozardi.

Sora bunga ahamiyat bermaslikka harakat qildi.

Odamlar band bo‘lishi mumkin edi.

Lekin keyingi haftada ham shu holat davom etdi.

Tanaffuslarda ham.

Jisung endi ko‘pincha boshqa bolalar bilan yurardi.

— Jisung!

deb chaqirardi Sora.

— Keyinroq gaplashamiz.

Va ketib qolardi.

Sora esa ortidan qarab qolardi.

Uyga qaytgach esa odatdagidek telefonini qo‘liga olardi.

"Salom."

Xabar yuborardi.

Javob bir necha soatdan keyin kelardi.

"Salom."

Xolos.

Sora har kuni o‘zini ovutardi.

"Balki charchagandir."

"Balki muammosi bordir."

"Balki vaqt kerakdir."

Lekin yuragi boshqa narsani sezayotgandi.

Bir kuni kechqurun ularning suhbatlari juda qisqa bo‘ldi.

— Kuning qanday o‘tdi?

— Yaxshi.

— Bugun nima qilding?

— Hech narsa.

— ...

— ...

Suhbat tugadi.

Sora telefon ekraniga uzoq tikilib qoldi.

Bir paytlar tonggacha gaplashadigan inson endi bir necha daqiqadan keyin yo‘qolib qolardi.

O‘sha kecha u kundaligini ochdi.

"Bugun hammasi g‘alati edi."

"Men uni yo‘qotayotgandekman."

U yozishni to‘xtatdi.

Ko‘zlariga yosh keldi.

Lekin ertasi kuni yana kulishga harakat qildi.

Chunki sevgini saqlab qolish uchun ko‘proq harakat qilish kerak deb o‘ylardi.

Bir kuni Sora Jisungning sevimli ichimligini olib keldi.

— Senga.

Jisung ichimlikka qaradi.

— Rahmat.

Avvallari bo‘lsa quvonib ketardi.

Hazillashardi.

Kulardi.

Bu safar esa oddiy rahmat dedi.

Xolos.

Soraning yuragi yana ozroq sindi.

Kunlar o‘tgan sari Jisungning sovuqligi ortib bordi.

Bir kuni Sora butun kun undan xabar kutdi.

Hech narsa kelmadi.

Kechqurun esa tasodifan ijtimoiy tarmoqda Jisungning do‘stlari bilan kulib yurgan suratlarini ko‘rib qoldi.

Shunda uning ichida nimadir uzilgandek bo‘ldi.

"Demak vaqt topolmaganidan emas ekan..."

O‘sha tun juda uzun bo‘ldi.

Soat 11.

Uy jim edi.

Sora esa uyg‘oq edi.

Deraza ortida yomg‘ir yog‘ardi.

Ko‘z yoshlarini artib-artib charchadi.

Lekin yuragidagi og‘riq ketmadi.

Ertasi kuni nihoyat Jisung bilan gaplashishga qaror qildi.

— Men bilan rost gaplash.

Jisung unga qaradi.

— Nima haqida?

— Nega o‘zgarding?

Bir necha soniya jimlik cho‘kdi.

Keyin Jisung xo‘rsindi.

— Bilmayman.

— Men biror xato qildimmi?

— Yo‘q.

— Unda nega?

Jisung ko‘zlarini olib qochdi.

— Hamma narsani murakkablashtiraverasan.

Bu gap Soraning yuragiga qattiq tegdi.

Chunki u faqat javob izlayotgandi.

— Men shunchaki tushunmoqchiman.

— Sora...

— Ha?

— Oldingidek emas.

Soraning qo‘llari titray boshladi.

— Nima deganing?

— Bilmayman.

— ...

— Men charchadim.

Shu gapdan keyin Sora uzoq vaqt hech narsa deya olmadi.

U faqat bir narsani his qildi.

Ba'zan odamning yuragi bir lahzada emas...

Sekin-sekin sinarkan.

O‘sha kecha kundaligiga atigi bitta gap yozdi:

"Eng qo‘rqinchlisi ketish emas ekan."

"Eng qo‘rqinchlisi inson yoningda turib ham uzoqlashishi ekan..."

🌙🥀