June 1

Muallif:Ha-rin

🌙 “Yarim qolgan orzular”

2-qism — Eng baxtli kunlar

Sora hayotida hamma narsa bir kunda o‘zgarmadi.

Jisung ham birdaniga uning eng yaqin insoniga aylanib qolmadi.

Hammasi juda sekin boshlandi.

Avval oddiy salomlashishlar.

Keyin qisqa suhbatlar.

Keyin esa kunning eng yaxshi qismi bir-birlarini ko‘rish bo‘lib qoldi.

Har kuni ertalab Sora maktabga kelardi.

Ilgari maktab darvozasidan kirayotganda ichida hech qanday hissiyot bo‘lmasdi.

Endi esa ko‘zlari beixtiyor odamlar orasidan Jisungni qidirardi.

Bir kuni uni darvoza yonida kutib turganini ko‘rdi.

— Nega bu yerda turibsan?

— Seni kutyapman.

— Nega?

— Birga kiramiz deb.

Sora kulib yubordi.

Shunchaki oddiy gap edi.

Lekin yuragida iliqlik qoldirdi.

Shundan keyin bu odatga aylandi.

Har tong.

Har dushanba.

Har seshanba.

Har kuni.

Ular birga maktabga kirishardi.

Tanaffuslarda ham.

Jisung ko‘pincha uning yoniga kelardi.

Ba'zan hech narsa haqida gaplashishardi.

Ba'zan esa juda muhim narsalardek tuyulgan mayda gaplar haqida.

— Agar mushuklar gapira olsa nima derdi?

— Sendan ovqat so‘rardi.

— Yo‘q, meni xo‘jayin deb e'lon qilardi.

— Tush ko‘raver.

Ikkalasi ham kulib yuborishardi.

Bir kuni yomg‘ir yog‘ib qoldi.

Maktab tugagach hamma yugurib ketdi.

Sora esa ayvonda qolib ketdi.

Soyaboni yo‘q edi.

Shunda Jisung uning yoniga keldi.

— Ketmayapsanmi?

— Yomg‘ir to‘xtashini kutyapman.

— Men bilan yur.

— Nam bo‘lamiz.

— Unda yuguramiz.

Ular yomg‘ir ostida yugurishdi.

Yo‘lda ikkalasining ham oyoq kiyimi ho‘l bo‘ldi.

Sochlariga tomchilar yopishdi.

Lekin ular kulishdan to‘xtay olishmadi.

O‘sha kuni uyga qaytgach Sora uzoq vaqt deraza yonida o'tirdi.

Va birinchi marta yomg‘ir unga yoqimli tuyuldi.

Chunki u o‘sha kunni eslatardi.

Kunlar o‘tdi.

Haftalar o‘tdi.

Bir kuni kutubxonada dars qilishayotgandi.

Sora matematikadan bir misolni tushunolmay qoldi.

Jisung unga tushuntirishga harakat qildi.

Yana.

Yana.

Yana.

Oxiri Sora kulib yubordi.

— Sen yomon o‘qituvchi ekansan.

— Menmi?!

— Ha.

— Men qo‘limdan kelganini qilyapman.

— Unda matematikani ayblaymiz.

Kutubxonachi yana ularni ogohlantirdi.

Ikkalasi esa tashqariga chiqib yana kulib yuborishdi.

Bahor kelgach maktab bog‘idagi gullar ochildi.

Jisung har kuni qaysidir gulning oldida to‘xtardi.

— Buni qara.

— Gul-ku.

— Yo‘q.

— Unda nima?

— Chiroyli gul.

Sora boshini chayqardi.

— Sen juda g‘alatisan.

— Bilaman.

Bir kuni ular maktab tomida o'tirishdi.

Quyosh botayotgan edi.

Osmon pushti va sariq ranglarga bo‘yalgan edi.

— Kelajakdan qo‘rqasanmi?

deb so‘radi Jisung.

Sora biroz o‘yladi.

— Ha.

— Men ham.

— Nega?

— Chunki hamma narsa o‘zgaradi.

Bir necha soniya jimlik cho‘kdi.

— Lekin ba'zi narsalar qoladi.

dedi Jisung.

— Masalan?

— Yaxshi xotiralar.

O‘sha paytda Sora bu gapni oddiy qabul qildi.

Keyinchalik esa uni yuzlab marta eslaydi.

Yozgi ta'til boshlandi.

Lekin ular yozishishni to‘xtatishmadi.

Aksincha.

Yanada ko‘proq gaplashishdi.

Ba'zan tun soat ikkigacha.

Ba'zan uchgacha.

— Uxlamaysanmi?

— Sen ham uxlamayapsan.

— Men birinchi so‘radim.

— Men birinchi javob kutyapman.

Shu tarzda suhbat davom etardi.

Bir kuni Sora juda xafa edi.

Uyda yana janjal bo‘lgandi.

Onasi yig‘lagandi.

Otasi esa yana qo‘ng‘iroq qilmagandi.

U hech kimga aytmadi.

Lekin Jisung sezib qoldi.

— Nima bo‘ldi?

— Hech narsa.

— Yolg‘on.

— ...

— Gapirishni istamasang mayli.

Lekin yolg‘iz emassan.

Sora telefon ekraniga qarab uzoq qolib ketdi.

Ko‘zlariga yosh keldi.

Chunki hayotida birinchi marta kimdir:

"Yolg‘iz emassan."

degandi.

Shu kundan keyin u kundalik yoza boshladi.

Har kuni.

"Bugun Jisung bilan kuldik."

"Bugun u meni kutdi."

"Bugun u mening sevimli ichimligimni eslab qolgan ekan."

"Bugun men baxtli bo‘ldim."

Sahifalar to‘lib borardi.

Bir kuni esa kundaligiga shunday yozdi:

"Agar baxtning ko‘rinishi bo‘lsa, menimcha u Jisung bilan o‘tgan oddiy kunlarga o‘xshaydi."

Sora o‘sha paytda bilmasdi...

Bu kunlar uning hayotidagi eng yorqin xotiralarga aylanishini.

Va keyinchalik eng ko‘p sog‘inadi

gan kunlari ham aynan shu kunlar bo‘lishini...

🌙🥀 Davomi 3-qismda...