November 7, 2025

Darklaw | Qorong'u hukm ~ Bir juft deganda hayolimga kelasan. Ammo seni yonimda ko'rishni ham ko'rmaslikni ham istayman. Menga ayt. Bu qanday tuyg'u? . . . . Epizode - 2

Tun shaharni to'liq qoplab ulgurgan ekan. Seoul sohillari hozir judayam sokin edi. Shunchaki suvning bir biriga urilib mavjlanayotgan ovozi. To'lqinlarning tebranma harakati butun sohilni qamrab olgan edi. Kuz faslining o'rta qismi hozir hukmron ekan. Havo sovuq edi. Egniga yengil jenfir kiygan qiz sohilda sekin kezarkan atrofga nigoh tashlagancha kimnidir qidirardi go'yo.

- Keldim ozgina kechga qoldim - Qizning yoniga yugurgancha kelgan yigit qizga qarab dedi.

- Ozginami? - Qiz yuzini burdi.

- Shirinim hafa bo'lmasangchi akam majburlab kompaniyada ushlab o'tirdi. - Yigit arazlagan sevganini quchib olgancha dedi.

- Seni yozishingni usiz ham kun bo'yi kutaman. Sen esa hatto yozma xabarlarga ham javob bermaysan ko'rishaylik desam bu axvol. Tae meni sevasanmi o'zi - Qiz asabiylikdan yigitni quchog'iga kirarkan g'inshindi.

- Dahye sevgilim seni qanchalik sevishimni tasavvur ham qilolmaysan. Shunchaki kechir - Taehyung qizni battar bag'riga olgancha sochidan siladi.

- Hm shunaqami? Yolg'onchi - Dahye boshini ko'targancha Taehyung ga qaradi.

- Hozir bir ish qilaman. - Taehyung Dahyening lablariga termularkan keng tabassum qildi.

- Qil qarshi emasman. - Dahye ham qimir etmay turarkan Taehyung ga tikildi.

Soniyalar ichida qizning lablari ustini egalagan yigit lablarni biroz so'rib torta boshladi. Deyarli bir ikki daqiqa davom etgan bo'sa uzilarkan qiz yana qayta yigitning ko'ksiga yuzini ko'mdi.

.

.

**
.
.
.

Sokin ko'chaning kengligini o'z qo'liga olgan mashina erkin harakatlanar ekan. Ichidagi sukunat biroz tashqaridagi haroratga mos edi. Asabiylik darajasi yuqori bo'lgan qiz tashqari manzaraga ko'z yugurtirgancha uff tortdi.

- Xonim nimadan asabiylashayotganingiz haqida aytsangiz balki yengil tortarsiz - Haydovchi o'rindig'ida ketayotgan Jixyung savolli nigohlar bilan orqa o'rindiq ko'rinadigan oynaga qaradi.

- Hozir asablarim chatoq. Hechnima deyishni istamayapman Jixyung. - Minsu yana nigohlarini tashqaridagi manzaraga qaratdi.

- Men sizga o'sha Kim Seokjin bilan bormaslikni maslahat bergandim. - Jixyung nigohlarini yo'lga qaratgancha yana dedi.

- Jixyung asablarim tarang bor alamimni sendan olaman hozir. - Minsu yana asabiylashdi.

- Sohilga yaqinlashib qoldik balki tozza havodan nafas olsangiz biroz yengil tortarsiz.

- Yaxshi - Minsu shunchaki tasdiqladi.

Jixyung

Mashina sohil bo'yiga yetarkan Ichidan tushgan Minsu eshikni yopgancha biroz oldinlab to'lqinlar tomonga yurdi. Biroz yurgancha chuqur nafas olib ko'zlarini yumarkan sokinlikni ozgina bo'lsa ham topdi go'yo. Kim Seokjin bilan bo'lgan yomon suhbatning mayda zarralari yigitning behayo gaplari uning o'tkir nigohi hali ham qizning miyyasida jonlanmoqda. Keyinchalik bulardan nafratlangancha yana qayta ko'zlarini ocharkan atrofga qaradi. Qarshisidagi manzaradan nafrati osharkan qanday baqirib yuborganini bilmay qoldi.

- Dahye - qizning qichqirgan ovozi bo'salar orasida yo'q bo'lib qolgan ikki juftlikni cho'chitib yubordi.

- Opa - Qarshisida unga yaqinlashib kelayotgan Minsuni ko'rgan Dahye Taehyungdan uzoqlashdi.

- Sen qiz nimalar qilib yuribsan. - Minsu jahl bilan kelib dedi.

- Opa sizga tushuntirib beraman. - Dahye biroz qaltiroq aralash ifodada dedi.

- Uyga. Tez - Minsu qattiq qichqirib yubordi.

- Minsu opa sizga tushuntirib beraman. - Taehyung ham Minsuga yuzlangancha tushuntirmoqchi bo'ldi.

- Hechnimani eshitishni istamayman singlimdan uzoq tur. - Minsu Taehyungni turtgancha Dahyeni olib ketdi.

- Opa meni eshiting - Dahye vaziyatni yana tushuntirmoqchi bo'ldi.

- Jim bo'l Dahye. Aks holda hafa qilaman. - Minsu g'azab bilan mashina tomon yurdi.

Minsu

**
.

.

.

Keng uyning eshiklari zarb bilan yopilarkan eshikdan kirgan ikki qiz g'azab va sarosima aralash atmosferani uyga olib kirdi.

- Opa meniyam eshiting - Dahye shoshgancha ketayotgan opasining qo'lidan tutdi.

- Nima demoqchisan Dahye sevgi haqidagi hikoyalaringa toqatim yo'q. - Minsu qo'lini siltab tortgancha zinalarga yaqinlashdi.

- Nega meni tushunmaysizlar? - Qizning yig'i aralash hiqillagan ovozi yangradi.

Minsu joyida tosh qotgan tanasi sekin ortiga burildi.

- Qachon seni tushunmadik. Shu yoshingacha hech nimaga zoriqmay katta bo'lding. Senga yana nima yetmayapti ?

- Shu yoshimgacha meni faqat moddiy tarafdan taminladingiz siz ham dadam ham hech qachon meni manaviy axvolim bilan qiziqib ko'rmadingiz - Dahye ho'rsingancha baqira boshladi.

- Men ham dadam ham seni kelajaging uchun harakat qilyapmiz - Minsu singlisi tomon yaqinlashishga urindi.

- Harakat qilmang. Meni bunday yolg'iz tashlab qo'yar ekansizlar o'zimni yolg'iz his qilishimga sababchi bo'larkansizlar harakat qilmang unda - Dahye opasidan bir qadam uzoqlashgancha ko'zidagi yoshni yengiga artdi.

- U seni yolg'iz tashlab qo'ymaydi deb o'ylaysanmi? Bir kun kelib sendan zerikib seni tashlab ketadi.

- Hechqachon sevib ko'rmagan insonlar sevgini qadrini tushuna olishmaydi. - Dahye ohirgi gaplarini aytgancha yuqoriga chiqib ketdi.

Dahye

Flacback | 3- yil avval.

.
.
.
.
.
Deyarli tozalanmagan qassoblarning omborxonasida hozir qora kiyimli odamlar ko'p edi. Qassobxona atmosferasi judayam sovuq va qishning daragini bildirmoqda. Qassobxona markaziga o'rnatilgan stolga bog'langan yigitni qora kiyimli barzangilar navbat bilan do'pposlashmoqda. Yigitdan uncha uzoq bo'lmagan masofada ko'z yosh to'kayotgan qiz otasiga tinimsiz yalinmoqda.

- Dadajon iltimos. O'tinib so'rayman sizdan. Uni qo'yib yuboring - Minsuning yig'idan ado bo'layotgan ovozi bug'ilib chiqdi.

- Sen unga hukm o'qib bo'lding - Janob So qahrlilarcha nigohlar bilan yalinayotgan qiziga qaradi. - Senga sevish mumkin emasligini aytgandim ogohlantirgandim. Lekin sen bu betgachopar ko'chadagi daydi it bilan qochib ketib meni yuzimga oyoq qo'yding. Endi buni badalini to'laysan.

- Dada - Minsu hozir nima bo'lishini anglay boshladi - O'tinaman sizdan qaytib uning yoniga yaqinlashmayman qasam ichaman dada faqat uni qo'yib yuboring iltimos.

- Eh qizalog'im endi kech. - Minsu qo'riqchini qo'liga tutqazgan Janob So yigit tomon yaqinlashdi.

- Soojun meni kechir kechir kechir. - Minsu deyarli oyoqlaridagi muvozanatsizlikdan yerga yiqilgancha qo'llarini sevgani tomon cho'zdi.

- Minsu yig'lama anorcham men seni sevaman. Va bundan pushaymon emasman. - yigit ham bazor kuch to'plab qizni tinchlantirish uchun unga hamohang baqirdi.

- Endi sevgingni narigi dunyoda davom ettirasan - Janob So to'pponchani ko'targancha yigit tomon o'qtaldi.

- Yo'q - Minsuning qichqirgan ovozi to'pponchaning ovozi bilan qovushib ketdi. Qonning tomchilari deyarli har yoqqa sachradi. Minsu ko'rgan ohirgi manzara yigitning jonsiz tanasi edi.

Minsu

Comeback | hozirgi vaqt

.
.
.
.
.
Minsuning tosh qotgan tanasi va deyarli ko'zlarini to'ldirgan yoshlar sizib chiqishga ham ulgurgandi. Ko'zlari bir nuqtaga tikilgancha hayoli o'tgazdi. Deyarli urmay qolgan yuragi nafas olishdan ham to'xtagandi go'yo. Keyinchalik yana o'zini o'ngalagancha yuzidagi yosh tomchilarini artdi. Keyinchalik sekin qadam tashlagancha zinalardan sekin ko'tarila boshladi.

- Aynan o'tmish takrorlanmasligidan havotirdaman. - Minsu tepaga chiqqancha to'g'ri xonasiga ko'tarildi.

Minsu