
"𝘖𝘨'𝘳𝘪𝘲 - 𝘮𝘦𝘯 𝘯𝘦𝘨𝘢𝘥𝘪𝘳 𝘣𝘶 𝘴𝘰'𝘻𝘯𝘪 𝘬𝘶𝘯𝘥𝘢𝘭𝘪𝘬 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘪𝘮𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘰'𝘻𝘨𝘢𝘳𝘮𝘢𝘴 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘨𝘪𝘨𝘢 𝘢𝘺𝘭𝘢𝘯𝘵𝘪𝘳𝘺𝘢𝘱𝘮𝘢𝘯. 𝘊𝘩𝘶𝘯𝘬𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘪𝘮𝘥𝘢 𝘺𝘰𝘭𝘨'𝘪𝘻 𝘪𝘯𝘴𝘰𝘯𝘮𝘢𝘯. 𝘖𝘨'𝘳𝘪𝘲𝘭𝘢𝘳𝘪𝘮𝘯𝘪 𝘰𝘭𝘢𝘥𝘪𝘨𝘢𝘯 𝘪𝘯𝘴𝘰𝘯𝘪𝘮𝘯𝘪 𝘩𝘢𝘭𝘪 𝘶𝘤𝘩𝘳𝘢𝘵𝘮𝘢𝘥𝘪𝘮. "

Tun shaharni to'liq qoplab ulgurgan ekan. Seoul sohillari hozir judayam sokin edi. Shunchaki suvning bir biriga urilib mavjlanayotgan ovozi. To'lqinlarning tebranma harakati butun sohilni qamrab olgan edi. Kuz faslining o'rta qismi hozir hukmron ekan. Havo sovuq edi. Egniga yengil jenfir kiygan qiz sohilda sekin kezarkan atrofga nigoh tashlagancha kimnidir qidirardi go'yo.