π~ πΏππ§π π‘ππ¬ ~π
~ Hayotimda o'ylamay bosgan qadamimsan. Ammo seni bir on ham xato deb hisoblashni istamayman.
.
Og'ir o'tgan tunning asoratlari hali ketmagan ekan Minsu o'rnidan arang qo'zg'aldi. Yotoq chetidagi javon ustida turgan telefonining vizillagan ovozi deyarli quloqqa yoqmas darajaga yetgandi. Asabiy ko'z yumuq xolda telefonni olarkan Minsu sekin ko'zini ochib telefonga qaradi.
- Sehun - Minsu biroz hayron ifodada o'rnidan sapchib turdi. - Nega qo'ng'iroq qilyapti ekan? - Keyinchalik sochlarini qulog'i ostiga olgancha yashil tugmani bosdi.
- Hayrli tong Minsu - Telefon ortidan yigit kishining ovozi yangradi.
- Senga ham Sehun. - Minsu ham mayinroq ifodada javob berdi.
- Ha albatta uydaman bu vaqtda qayerda ham bo'lishim mumkin. - Minsu ham hazilomus ohangda dedi.
- Unda tayyorsan degan umiddaman. - Sehunning kulgu aralash ovozi mayin chiqdi.
- Nimaga? -yuzida hayronlikni jamlagan Minsu savol berdi.
- Minsu unutdingmi bugun to'y libosi tanlash uchun borishimiz kerak.
- Yo hudoyim Sehun ishim ko'pligidan butkul unutibman. - Minsu asabiy peshonasiga qo'li bilan yengil urdi.
- Unda nima qilamiz agar yana cho'zsak dadalarimiz nima qilishini bilasan. - Sehun o'ylangancha gapirdi.
- Yo'q Sehun nega cho'zar ekanmiz. Men hozir tayyor bo'lib 15daqiqada yoningda bo'laman. Faqat ozgina kutsang bo'lgani - Minsu tezda o'rnidan turdi.
- Yaxshi Minsu seni kutib turaman. - Sehun ohirgi gapni aytgancha go'shakni qo'ydi.
- Yoqimsiz aslida go'shakni men birinchi qo'yishim kerak. Bu iltifotsiz bilan dadam qanday meni kelajagimni ko'rgan bilmayman. - Minsu asabiy vanna xonaga kirib ketdi.
Time skip | 30daqiqadan so'ng.
Deyarli bo'sh bo'lgan katta zalda sokin o'tirgan yigit oyoqlarini bir biriga chalkashtirgancha telefon titkilardi. Bir bir ko'zini yuqori qavatdan tushuvchi zinaga tashlagancha o'tirarkan Va nihoyat kichik hajmdagi tuflining poshnasi ovozi yangradi. Tepangi qavatdan tushayotgan Minsuni ko'rgan Sehun bir on ko'zlarini qizning kalta qora ko'ylagi va deyarli tizzasidan ancha yuqorida turgan etagiga qaradi. Minsuning oppoq kichik sonlari yigitga hozir yorqin tarzda ko'rinmoqda. Sehun bundan zavq olinayotgan film kabi foydalangancha tikilarkan Minsu o'rtaga gap suqqancha yigitning o'tkir qarashlaridan qochgan bo'ldi.
- Ketamizmi? - betoqatlangancha dedi Minsu.
- Ha albatta - qizning qo'lidan tutar ekan uni ohista o'pich bilan mukofotlagan bo'ldi Sehun.
Qizning qo'lidan tutgan yigit uni o'zi bilan birga uydan olib chiqishga qaror qildi. Tashqarida kutib turgan mashinaning old eshiklarini Minsuga ochib bergan Sehun qizning o'rindiqqa joylashishini kutdi. Vanihoyat eshikni yopgancha joyiga aylanib o'tishga harakat qildi.
- Nima bu axmoq temir politsiyachiga aql kirdimi? - Minsu mashina ichida biroz asabiy o'ziga o'zi dedi.
Haydovchi o'rindig'iga joylashgan Sehun Minsuga bir qarab kulgancha uyatsiz nigohlarini qizning ochiq sonlariga yana qaratdi. Ohirida yigit mashina kalitini buragancha mashinani harakatga keltirdi.
Deyarli ish qaynashi kerak bo'lgan bir vaqtda hech qanday xodimlarsiz bo'm bo'sh yotgan kompaniyaga kirgan janob Kim ning asabiylikdan qoshlari yig'ildi. Orqasidan kelayotgan og'liga bir qarab qo'yarkan g'azabli nigohlarini yo'liga qaratdi.
- Ukang qayerda ? - Erkakning g'azabli ovozi yangradi.
- Bilmayman. - yigit odatiy javob qildi.
- Qo'ng'iroq qil - Buyurdi janob Kim.
- Hop lekin nega - Otasiga hayron qaradi.
- Birgalikda Supsokdagi do'konimizga boringlar. Hozircha insonlarni og'ziga gap tushmasin. Usiz ham vaziyat chigal. - Yurishda davom etarkan kompaniya kutish zaliga kirdi.
- Hop menku boraman. Ammo u yerda Taehyungga nima bor? - Seokjin ham otasini yoniga o'tirarkan hayron savol berdi.
- Bu yerda bo'sh daydib yuribdi. O'sha yerda sen bilan birga ish bilan band bo'ladi.
- Hop dada nima desangiz shu unda men unga qo'ng'iroq qilay - Seokjin telefonini olgancha o'rnidan turib uzoqroqqa o'tdi
Janob Kim bir muddat bir nuqtaga tikilib qoldi. Keyinchalik nigohlarini butun kompaniya bo'ylab yurgizarkan hayollarini tartiblashga urindi.
"Shuncha harakat shuncha pul shuncha kuch shuncha mehnat. Mana ko'rib turganingdek Boksun hammasi ko'kka sovurilmoqda. Birgina o'g'lingning kichik bosgan noto'g'ri qadami seni tamom qilishi mumkin. Eh Boksun Boksun endi nima qilasan boshingni qayerga urasan 25yil davomida misqollab yig'gan obro'yingni yerga urishlariga qanday chidaysan. Pul ko'zingni ko'r qilib shu yo'lni tanlamasliging kerak edi. Agar o'shanda bu yo'lga kirmaganingda hozir bunday holatda bo'lmasding. "
Kim Boksun o'tmishni yodidan o'tkazgancha hayol surdi. Ohirgi vaqtda bo'layotgan ishlar deyarli teskari tarafga tus olgan ekan. Deyarli shaharni mashhur insoni hozir achinarli axvolda edi.
.
Bir necha daqiqadan so'ng otasini yoniga qaytgan Seokjin sekin kelgancha otasiga dedi.
- Dada Taehyung kelishini aytdi. Men ham boraveraymi?
- Nega o'z ishinga puxtalik bilan tayyorgarlik ko'rmaysan. - erkakning ko'zi nuqtadan uzilmaskan o'g'liga eshitilarli darajada gapirdi.
- Dada hammasini hal qilaman. Faqatgina o'sha sudya bilan..
- Hal qiladigan inson xato qilmaydi Seokjin. - o'g'lining gapini bo'lgancha kuchliroq ifodada dedi Janob Kim - Shu kungacha hech bir ishni mensiz eplay olmading. Buni qanday eplamoqchisan.
- O'sha tannoz oyimchani ko'ndirsam buyog'i silliq kechadi dada hammasini xal qilaman. - Seokjin pushaymonroq ifodada ammo mag'rur dedi.
- Agar hal qilolmasang kompaniyadagi aksiyalaring va o'rning muzlatiladi. - Janob Kim nigohlarini o'g'liga qaratgancha dedi. - Nafaqat o'rning balki kartalaring shaxsiy mashina yaxta. Dala hovli. Chet elga viza hattoki ustingdagi kiyim ham muzlatiladi Seokjin. Men obro'yim yo'lida hech kimni ayab o'tirmayman.
- Hal qilaman dada. - Seokjin biroz sovuq ter bosgancha otasiga mag'rur turib dedi.
- Sendan natija kutaman. - o'gini chetlab o'tgancha zalni tark etdi Kim Boksun
Keng va ajoyib bo'lgan do'konga kirgan yosh juftlikni bu yerdagi oppoq liboslarni ko'rib ko'zlari qamashdi. Har yoqqa ilingan va manikurlarga kiydirilgan bejirim liboslar insonni aqldan ozdirar darajada maftunkor edi. Minsu bir on ichkariga oralarkan liboslarga qarab ko'zlari alamdan qizardi. Keyinchalik esa yelkasida begona qo'llarni his etarkan ozgina seskandi.
- Shuni chiroyli deb o'ylaysanmi? - Sehun qizning yelkasidan tutgancha unga mehrli savol berdi.
- Menimcha bu yerda xunuk libosning o'zi yo'q tanlov qilishim qiyint bo'ladi. - Minsu Sehunga bildirmaslikka uringancha uning qo'llaridan chiqib oldi.
- Ha to'g'ri aytasan ammo men xotinimni Seouldagi eng yaxshi kelin ko'ylak do'koniga olib kelishni istadim. - Sehun ham sekinlik bilan qizga ergashdi.
- Yaxshi qilibsan Sehun. Endi esa menga yordamlash tanlashda uquvsizman. - Minsu sekin yurgancha bir libosga ko'z tashlarkan Unga qarab qoldi.
- Menimcha sudya xonimga manabu libos mos keladi. - tanish ovoz yangraganini sezgan Minsu tezda ortiga o'girilarkan hayron ifodada dedi.
- Sen. Bu yerda - Minsu odatiy hayron ifodada savol berdi.
- Bu yer bizga tegishli fuqarolar haqida to'liq malumot bilmaysan shekili - Seokjin Minsuga qarab turgancha dedi.
- Kim Seokjin ozodlik gashtini suryapsan shekili - Sehunning kesatiqli ohangi yangradi.
- Men bu ozodlik gashtini o'lgunimcha tuyaman. Agar sen nafaqa gashtini tuyishni istayotgan bo'lsang yordam berishim mumkin komissar Oh - Seokjin xotirjam turgancha dedi.
- Kettik Minsu - Minsuning qo'lidan jahl bilan qisgan Sehunning harakatidan Minsu ingrab yubordi.
Buni ko'rgan Seokjin negadir g'alati axvolga keldi.
- Sehun mening ham seninh ham ishlaring ko'p menimcha ortiqcha cho'zmay shu ko'ylakni kiyib ko'ray va bu uchrashuv tugasin. - Minsu biroz avval Seokjin tanlagan ko'ylakka ishora qildi.
- Bu do'kondan kelin libosi kiyishingni istamayman. - Sehun qizning qarorini maqullamadi.
- Men esa boshqa do'kondan olishni istamayman. Shuni kiyaman va tamom ketamiz. Okey - ohirgi qarorni aytgach Seokjinga qaragan bo'ldi Minsu
- Qizlar shu ko'ylakni oling va xonimga yordamlashing. Janob Oh biz esa siz bilan qaxva ichamiz. - unga telbalarcha tikilib turgan Sehunga qaragancha dedi Seokjin - Qo'rqmang yaxshi mehmon kutaman.
.
Issiq qaxva bilan birga bir birini yegudek qarab o'tirgan ikki yigit tinimsiz. Qarashlarni to'xtatishmas edi. Seokjinda nafrat bo'lsa Sehunda undan ikki barobar kuchli nafrat bor edi.
- To'yni qaysi sanaga belgiladingiz. - Seokjin odatiy savol berdi.
- 7 - dekabr. Havotir olma taklifnomalar soni cheklangan. - Sehun yana kesatiq bilan dedi.
- Ha mayli usiz ham bo'lmaydigan narsalarga bormayman. - Seokjin kulgancha javob qaytardi - Endigini oila qurmoqchi bo'lganlarga maslahat berishadiku mendan ham senga bitta maslahat. Xotiningni oldinroq o'zingniki qil to'y kunini kutma. - qatiy nigohi bilan qarab gapirarkan bu gapdan Sehunning mushti tuguldi. Ayni damda Seokjinga musht tush urish uchun shaylangan qo'li Seokjinning chap yuziga tegdi.
- Ablah meni xotinim haqida gapirishga senga kim qo'yibdi yaramas.
Mushtalshuv daxshatli tus olish arafasida ekan do'konga endigina kelgan Taehyung buni ko'rib yugurib borgancha Sehunni Seokjinning ustidan oldi.
- Janob nimalar qilyapsiz. O'zingizni bosib oling - Ikkisini ajratishga urinarkan Minsu ham bu payt tayyor holatga kelgandi kelin ko'ylakda yugurib kelgancha hayron qolarkan yerda burnini qonini qo'liga artgancha arang turayotgan Seokjinga qaradi.
- Endi Sen qamalasan komissar Oh - Seokjin yuziga telbalarcha tabassum yugurarkan politsiya serenalari yangray boshladi.
.
Politsiya mahkamasining kutish yo'lagida kutayotgan Minsu va Taehyung sabrsizlangancha o'tirisharkan Minsu Taehyung ga endi e'tibor berishni boshlagandi.
- Sen uni ukasimisan. - Minsu o'zini bosgancha dedi.
- Ha biror muommo bormi? - Taehyung ham asabiylikdan dedi.
- Dahyedan uzoq tur. Tamom. - Minsu gapni yakunlamoqchi bo'ldi.
- Agar muommo akam bo'lsa buni badalini menga to'lata olmaysiz adolatsizlik bo'ladi. - Taehyung mavzuni davom ettirdi.
- Bunga daxli yo'q. Men seni xohlamayapman. Bori shu akang bilan esa ishim yo'q - Minsu ohirgi gapni aytgan dek o'rnidan turarkan shu payt eshik ochilib Seokjin mahkama ichidan chiqib keldi.
- Sudya xonim qayergadir ketyapsizmi? Ha adashmasam eringizga ovqat qilish uchun uyga ketyapsiz.
- Bas qil. Sehun qani - Minsu g'azab bilan qarshisida turgan yigitga dedi.
- Uni 15 sutka unutasan. - Seokjin qizning yuziga yaqin turarkan lablariga tikildi.
- Ablah. Ming lanat bo'lsin senga nima istaysan bizdan o'zi - Minsu yana jahl qildi.
- Sendan ishdan voz kechishingni eringdan esa qasos olishni istagandim. - Seokjin odatiy hotirjam davom etdi.
- Men ishimdan voz kechmayman bu ishni ohirigacha olib boraman. Bilib qo'y. Sehun esa 15sutkadan so'ng seni jazoyingni beradi. - Minsu asabiy qichqirgancha ketmoqchi bo'lib ortiga o'girildi.
Rostdan ham mahkamadan tashqariga chiqqan qiz mashinasi tomon yurdi. Uning ortidan chiqqan Seokjin ham qizning ortidan harakatlandi. Minsu mashinasining ruliga o'tirarkan Seokjin qatiy qizning ortidan borgancha mashina ichiga gavdasini kirgazib qizning lablariga xamla qildi. Seokjinning lablari orasida qolib ketgan Minsu kuchsizlikdan yigitning ko'ksiga musht urdi. Atrofdagi muhbirlar esa manzarani tezda suratga olishga tushishdi. Bir necha daqiqa va kislorod yetishmay qolgani sababli uzilgan bo'sadan hansirab qolgan Minsuni terlagan sochlarini qulog'i ortiga taragan Seokjin qizning qulog'iga yaqin egilib shivirladi.
- Birinchi bo'sang meniki anorcham. Alvon tomchilari ichra chiqadigan bokiralik qoningni ham men birinchi ko'raman menga ishon - Seokjin qatiy gapirgancha qizning bo'yin qismini tishlari orasiga olib so'ra boshladi.
- Meni qo'yib yubor. Muhbirlar suratga olishyapti ahir. Mendan nari tur.
Bir necha daqiqa davom etgan terini o'ynash jarayonidan so'ng Seokjin Minsuga mag'rur qaragancha mashinadan gavdasini chiqardi. Minsu esa mashinani qanday tez o'y oldirib mahkama yonidan g'oyib bo'lganini bilmay qoldi.