February 15

𝐃𝐞𝐬𝐢𝐫𝐞 | 𝐊𝐮𝐭𝐢𝐬𝐡

Episode - 4

Bir haftadan so'ng....

Deyarli maromida ketmayotgan munosabatlar allaqachon dars ketishga ulgurayotgandi. Hammasi so'ngi nuqtaga kelayotgani qandaydir aniq bo'layotgandi. Xonasining dars qilish uchun mo'ljallangan burchagida o'tirgan qiz telefonidagi sevgilim nomi ostida saqlangan raqamga deyarli 18 qo'ng'iroqni yuborayotgandi. Ammo javob yo'q. O'rniga operator kuylamoqda. Uf tortgancha asabiyligi ortayotgan qiz Jiminning tubdan o'zgarib qolganiga hayron edi. Kechadan beri yig'lab chiqqani uchun ko'zi maromidan ortiq shishgan. O'rnidan turgancha boshini ishqab yotog'iga tomon borarkan telefonini yotoq chetiga uloqtirgancha o'zi ham uyquga ketdi.

**

Tun | soat: 22:30

Aynan manashu maxalga yetib kelinganda telefonning tinimsiz jiringlashi natinasida uyg'ongan qiz tezda qo'liga telefonini olgancha sevgilim nomi ostida saqlangan raqamdan kelayotgan qo'ng'iroqni ko'tarishga shaylandi.

- Alo - qizning titroq aralash ovozi yigitga yomon ekanligidan darak berishga ulgurdi.

- Mella yaxshimisan. - Jiminning ovozini eshitgach Mella deyarli ko'zidagi qator yoshlarni qo'yib yubordi.

- Mella meni eshityapsanmi? - Jimin qayta so'rashga tushdi.

- Agar hozir gapirmasang telefonni o'chiraman. - Jimin ohirgi gapi bilan nafasi bo'g'ziga kelayotgan qizni zo'rlagan bo'ldi .

- Yo'q. Axvolim yaxshi emas. Yomonman. - Mella ohirida ichidagi dardni ko'z yosh bilan chiqardi.

- Bilasanmi Mella sen bilan aynan shu masalada gaplashmoqchi edim - Jiminning ikkilangan ovozini eshitgan qiz endi rostdan tamom bo'layotgandi.

- Meni tashlab ketmoqchimisan? - Qizning umidsiz ovozi yangradi.

- Shunday qilsak ikkimizga ham yaxshi bo'ladi.

- Ahir menga shunday qiyinchilik bilan erishib endi qo'l siltab ketmoqchimisan?

- Mella men yaxshi inson emasman. Men hech qachon yaxshi inson bo'lmaganman. Yaxshisi meni qora ro'yxatga qo'shib qo'y va boshqa meni izlama.

- Sen Esingni yedingmi? Nega bunday bo'lyapti. Hayotingda boshqasi bormi? - Mella ning ovozi deyarli qichqiriqdek yangradi.

- Hayotimda hech kim yo'q lekin sen ham bo'lishingni istamayman. Huddi oldingidek aka singil bo'lib qolaylik - Jimin chuqur nafas olgancha bemalol gapirayotgani Mellani fig'onini falakka chiqardi.

- Men sen bilan hech qanday aka singil bo'lishni ham seni ko'rishni ham istamayman. Boshqa bu nuqtaga qaytma. Hayr. - Mella ohirgi gapni aytgancha Jimin bilan aloqani tugatdi.

Lekin qiz deyarli o'lar axvolga kelgandi.

.

.

.

Time skip ⏩

Qorong'u va shovqinli klub ichida o'tirgan odatiy ikklik bugun ham spirtli ichimliklar va sigara tutuniga g'arq bo'lishgan. Jimin asabiy telefonini stolga uloqtirarkan Taehyung unga hayron qarab turdi.

- Nega bunday qildingu ? Yana nega achchiq qilyapsan. - Taehyung Jiminga qaragancha sigara tutatdi.

- Otasining erkatoy qizi bilmadim bularning nozi karashmalariga qancha chidayman. - Jimin deyarli ikkinchi qiyofasini ocha boshladi.

- Demina qaytyapti shundaymi? - Taehyung qo'shimcha qildi.

- Men Deminadan voz kecholmas ekanman. Uni qattiq sevib qolganman. - Jimin gapini tugatarkan stakandagi Vinodan ho'pladi.

- Senga buni aytmoqchi emasman lekin aytishim kerak. Mella yaxshi qiz. Hozirgi zamonda bunday qizlarni topish qiyint

- Unda o'zing sevisha qol.

- Meni hayotimda hozircha Dani bor. U bilanman. - Taehyung sigarani tutatishda davom etdi.

- Ammo uni sevmaysan. Hatto qutilish uchun Mellaning xolavachchasi Nire dan yordam so'rading - Jimin gapga qo'shimcha qildi.

- Lan'ati shu Danini deb meni hozir Nire bilan oram yaxshi emas. - Taehyung asabiylashgacha so'kindi.

Flashback ⬅

Deyarli asabiyligi ortayotgan yigit qo'liga telefonini olgancha qandaydir mavzuni muhokama qilmoqda. Hozirgi vaziyatda qandaydir muhim narsasini yo'qotadigandek harakat qilarkan yozishga ulgurmasligini sezib Nire nomi ostida saqlangan ijtimoiy sahifaga ovozli xabar tashlashga qaror qildi.

- Dani meni asabiylashtirma hayotingdagi yigitlardan xiyonatlaringdan to'yganman. Nire mening yaqinim u bilan ham oramni yomon qilma - Taehyung jiddiy ohangda gapirgancha ovozli xabarni yubordi.

- Men sizni sevaman ahir boshqasi qiziq emas. Lekin siz boshqa qizlar bilan xabarlashib yurishni mendan ustun qo'yayapsiz - Dani va Taehyung shu shaklda Nire ning ijtimoiy sahifasida tortishishga tushishdi.

- Senga o'z sahifamni ulab berganimga pushaymon qilma. Nire ning yonida meni sharmanda qilyapsan.

- Menga bu qizning bir chaqalik ahamiyati yo'q. Nega siz bilan xabarlashadi.

- Ishing bo'lmasin tushunyapsanmi ishing bo'lmasin. Sen borib o'sha hayotingdagi o'ynashlaring bilan janjallash meni tinch qo'y iltimos sendan.

- Menga siz keraksiz. Menga sizdan boshqasi qiziq emas.

- Mendan boshqasi qiziq emas lekin deyarli kechalari uyda bo'lmaysan. Qaysidir burchaklarda kim bilsin nimalar qilib yurasan.

- Bu qizning yonida meni sharmanda qilma degandingiz lekin o'zingiz sharmanda qilyapsiz.

- Hullas ikkingiz nima qilsangiz qiling meni esa tinch qo'ying. Taehyung sizga maslahatim sevgilingizni qo'yib yubormang. Endi esa meni emas o'zingizni sahifangizda bu suhbatni davom ettiring - Nire ohirgi nuqtani qo'ygancha telefonni o'chirib uxlashga qaror qildi.

- Yo toba. Bularni na sevishgan va na juftlik deb bo'lmaydi. Bola qizni sevmaydi. Qiz esa telbalarcha sevadi. Kulguli vaziyat - Nire o'ziga o'zi gapirgancha ko'rpasini ustiga yopdi.

Comeback

.

.

Taehyung klubda o'tirgancha bo'lib o'tgan voqeani hayolida gavdalantirarkan. Endi Nirega xatto xabar yozishga ham botina olmayotgandi. Ammo Nirega nisbatan o'zida qandaydir iliqlik borligini tushinib yetish ham Taehyung ga og'ir tuyulayotgandi. Hozir Taehyung ning yagona najoti Dani dan qutulish edi.

- Tae telefoninga xabar kelibdi. - Jimin yonib o'chgan telefonga ishora qilgan bo'ldi.

- Hozir - Taehyung telefonini olgancha Dani ning eski yigitidan kelgan bir nechta videolarni ochdi.

Videoda kiyimsiz qizning qilayotgan ishlarini ko'rgan Taehyung deyarli shok holatga keldi. U rostdan ham shu qizni sevganmi? Yigit hozirgi vaziyatda na hursand bo'la olardi va na hafa shunchaki bir necha daqiqalik muzlash yigit ning tanasini chuqur to'xtatib qo'ydi.

- Qanday xabar ekan. Yo hudoyim Dani ku - Telefonni olgancha qaragan Jimin deyarli qo'rqib ketdi.

19 yoshdagi Taehyung va 17 yoshdagi Jimin uchun bu hodisa deyarli daxshatli edi. Chunki ular sigara tutatib spirtli ichimlik ichishsa ham hali jinsiy aloqa qilishmagan va bunday narsalarni ko'rishmagandi.

- Tae endi nima qilasan? - Jimin yana so'radi.

- Bilmayman. Menimcha Dani bilan davom etolmayman. Uni bu darajada deb o'ylamagandim. - Taehyung diqqatini jamlashga urinib dedi.

- Unda hoziroq bu qizdan qutul. - Jimin ham takidlagancha telefonni Taehyung ni yoniga otdi.

- Shunday qilaman. Ertaga shu ish bilan shug'ullanaman. Bu haqida onam bilmasidan hammasini tugatish kerak

- Menimcha ham - Jimin Bosh chayqab tasdiqladi.

Time skip⏩

.

.

.

Kunning yarmiga yetib kelingan. Quyosh charaqlagancha yer yuzini yoritmoqda. Insonlar yozning issiq kunlarida ba'zilari sayr qilishga yana ba'zilari muhim ish bilan ko'chaga chiqishgan. Seoulning shinam kafelarining birida o'tirgan yigit sevgan qizi kelishini soniya sanab kutmoqda. Ikkita tarelkada desert va capucino buyurtma berishga ulgurgan shunchaki ko'zlari o'zining juftini qidirmoqda. Nihoyat Kafe eshigi ochilgancha ichkariga kirgan qiz Jungkook ni ko'rarkan Yoqimsiz insonni ko'rgandek ensa qotirib Jungkook tomon yurdi. Stoldan turgan Jungkook Pauna bilan ko'rishish uchun yaqinlashganda qizdan o'ziga nisbatan sovuqlik sezdi.

- Nega chaqirding - Pauna odatiy so'radi.

- Yaxshiligingdan hursandman men ham yaxshiman. - Jungkook kesatgan bo'ldi.

- Jungkook. Vaqtim zix tezroq gapir - Pauna endi e'tiborsizlikka o'tdi.

- Nega yana mendan qochayapsan?

- Men senga olib ber deb tashlagan narsalarimga ham bir hafta bo'ldi. Ammo sendan darak yo'q

- Biroz ishlarim yurishmay qoldi. Amakim bizni uyidan haydadi. Endi onam va ukalarim..

- Jungkook. - yigitning gapini bo'ldi qiz - Yaxshisi hammasini tugataylik. Men seni bu muommoli va muhtoj hayotinga ko'na olmayman.

- Pauna yonimda tursang hammasini birga uddalaymiz.

- Nimalar deyapsan. Men sen bilan birga ishlashimni kutmayotgandursan hoynahoy - Qiz istehzoli kulib dedi.

- Pauna ahir sevgimiz. Munosabatlarimiz. Bunday tashlab ketolmaymiz. - Jungkook deyarli Ichidagi olovni boshqarishga urundi.

- Bilasanmi? Mening talablarimni bajara olmaydigan inson yonida bir daqiqa ham qolishni istamaydigan harakterim bor.

- Shunchalik beyurakmisan.

- Bingo. Topding huddi shundayman. Pul va mansab turgan yerda hatto o'z otamni ham sotib ketaman.

- Oyim aytgandilar. Ona tarbiyasini olmagan qizdan umr yo'ldosh kutma deb.

- Hoh ishon hoh ishonma bu gaplarni aytayotgan birinchisi emassan. Men esa eshitayotgan birinchisi emasman.

- Qaytib ko'zimga ko'rinma yo'limdan ham chiqma seni sevgan kunimga ming lanat bo'lsin.

- Tilinga erk berma. O'zing kimsanu kim bilan tenglashding.

- Iflos.

- Hayotimdan ketayotganingdan hursandman sevgilim - o'rnidan turib ketgan yigitga nim tabassum qilgancha capucino ni ho'pladi.

.

Time skip⏩

.

Mella deyarli hayol surgancha xonasining balkonida o'tirarkan. Darvozadan kirgan qora Porsche ga ko'zi tushdi. Bir on chuqur o'yga tolgan qiz birdan hushyor tortdi. Telefonini olgancha bloklangan raqamdan kelgan qo'ng'iroqqa qararkan deyarli ko'zlari kattalashdi. Bu Jimin edi. Mella yuragi tez urib ko'zlari yoshlandi. Hayolida Jimin undan kechirim so'ramoqchi ekanini gavdalantirgancha qayta qo'ng'iroq qildi.

- Eshitaman. - qo'ng'iroqqa javob berilganini bilgan Mella gap boshladi.

- Meni ko'ryapsanmi? - Jimin mashinadan tusharkan yuqori qavatdan ularni kuzatib turgan qiz ga qaradi.

- Ko'rinmas odam emassan seni ko'ryapman. - Mella Jiminga yuqori qavatdan qarab turgancha telefonga dedi.

- Pastki qavatga tush Taehyung ni senda gapi bor ekan. - Jimin telefonni Mellani javobini kutmasdan yakunlarkan Taehyung bilan birga uyga kirdi.

Mella bu narsadan hayron qolarkan. Ichidagi olov alanga berib yondi. Yuragidagi hislar huddiki bir soniyada kulga aylangandek edi. Asabiylashgancha balkondan iichkariga kirarkan. Xonasidan tashqariga chiqdi.

- Nimani kutyapman. U baribir qaytmaydi? - Mella shu gapni o'ziga o'zi aytgancha zinalardan pastladi.

- Hush kelibsiz - Mella mehmonxonaga kirgancha Jiminga e'tibor bermay Taehyung ga qarab jilmaydi.

- Hush ko'rdik Mella yaxshimisiz - Taehyung ham Mellaga hamohang javob qildi.

- Ha yaxshiman Taehyung aka o'zingizchi o'zingiz ham yaxshimisiz - Mella jilmaygancha qarshi divanga joylashdi.

- Ha yaxshiman. Mella bilasizmi siz bilan Nire masalasida gaplashmoqchi edim - Taehyung qo'lini birlashtirgancha Mellaga dedi.

- Nire bilan munosabat o'rnata olmaysiz chunki hayotingizda Dani bor.

- Men shuni Nirega tushuntirishim kerak qayta yozishga esa yuzim Chidamayapti. Hammasini ko'rishib unga aytishim kerak.

- Dani bilan orangiz uzildimi? To'g'risi hozir sizga tushunmayapman. - Mella tushunqiramay Taehyung ga dedi.

- Dani qanday qiz ekanligini hatto tasavvur ham qila olmaysiz. Men siz va Nire ni uzoq qidirdim. - Taehyung Mellaga qaragancha biroz noqulay ohangda dedi.

- Unda siz raqamimni yozib oling chunki bu safar oramizda uchinchi inson bo'lishini istamayman. - Mella Jiminga imo qilgancha gapirarkan Hatto Jiminni yuzigayam qaramadi.

- Mella bilasizmi? Jimin rostdan ahmoq sizdek qizni tashlab ketdi. Ammo menga raqamingiz rostdan kerak Nire uchun - Taehyung Jimin borligini bilgancha gapirarkan Jimin ikkisiga hayron qaradi.

- Senga ham qoyil qolmadim Taehyung. Orangizdagi suhbatga halaqit bermay men ketdim. - Jimin o'rnidan turgancha yuqori qavatga ko'tarildi.

- Unga e'tibor bermang - Taehyung deyarli yoshdan ko'zi qizarishga ulgurgan qizga dedi.

- Harakat qilaman. Lekin menga shuni ayting Nire ni rostdan sevasizmi? Uni baxtli qila olasizmi? Ko'zidan yosh oqizmaysizmi? - Mella ko'zidan oqqan yoshni artgancha Taehyung ga qaradi.

- Uni dunyodagi eng baxtli qizga aylantiraman. Agar u menga xiyonat qilmay bir umr yonimda bo'lsa - Taehyung qatiy qaragancha fikrini ma'lum qildi.

- Hop u bilan qanday uchrashmoqchisiz? Rejangizni bormi ? - so'ragan bo'ldi Mella

- Ertaga uni men aytgan joyga olib boring uyog'i mening ishim. -

- Qanday joy ya'ni chegara saqlashingizni istardim Taehyung aka

- Yo'q yo'q meni noto'g'ri tushundingiz. Istirohat bog'iga demoqchi edim.

- Unda siz bilan ertaga gaplashamiz.

- Hop Mella katta rahmat sizga.

- Hali rahmat aytadigan ish qilmadim - Mella qo'l siqqancha hayrlashgan boʻldi.

Taehyung ham qo'l siqqancha uyni tark etarkan Mella yuqori qavatga ya'ni o'z xonasiga ko'tarildi.

.

.

Time skip ⏩

.

.

.

Ikki haftadan so'ng....

28 - iyul sanasi Seouldagi xushmanzara istirohat bog'ida yurgan ikki qiz qo'liga ichimlik va popkorn olgancha suhbat qurib sayr qilishardi.

- Nega bu yerga keldik istirohat bog'iga odatda sevishganlar kelishardi - Yurgancha Mellaga savol berdi Nire

- Balki sen ham sevgilingni uchratarsan bugun - Mella kulguli nigohlari bilan Nire ga qaradi.

- Bu nima deganing undan ko'ra Jiminni chaqir balki yarashib olarsizlar - Nire Mellani turtgancha dedi.

- Yo'q. Men uni istamayman. Meni deb kurashish o'rniga qo'l siltashni afzal bildi.

- Undayam arzirli sabab bordir. O'zini senga munosib ko'rmagandir

- Bilmadim. U haqida gaplashmaylik yaxshisi.

- Yaxshi - Nire atrofga alangladi. - Voy Mella Jiminni eslayotgandik qara ana o'zi - Nire oldindan kelayotgan uch yigitga ishora qilib dedi.

- Aslida men emas sen kutgan inson kelmoqda - Mella Jiminga e'tibor ham bermaskan Jimin va Jungkookni o'rtasida kelayotgan Taehyung ga ishora qildi.

- Mella ahmoq bo'lma u bilan nima bo'lganini aytdimku - Nire ensa qotirgancha bir Mellaga bir u tomon kelayotgan Taehyung ga qaradi.

- Unisini o'zingiz kelishib olasiz - Mella ko'z qisgancha Niredan nari ketdi.

- Yo hudoyim lan'ati Mella to'xta - Nire Mellaning oldiga borishga urunarkan Taehyung uni to'xtatib qoldi.

- Nire gaplashib olaylik - Taehyung muloyim nigohlari bilan so'radi.

- Nimani Dani nimi? Uni qanchalik sevishingiznimi? - Nire asabiy ohangda dedi.

- Yo'q ikkimizni gaplashmoqchiman - Taehyung odatiy dedi.

- Bizni - Nire hayron boqdi.

- Ha sen va meni. Kelajagimiz bugunimiz hammasini - Taehyung endi muhabbat to'la nigohlar bilan qizga boqdi.

- Danichi?

- Men u haqida hatto gaplashishniyam hohlamayman. Lekin mayli senga aytaman.

- Sizni eshityapman

- Yurib gaplashsakchi - Taehyung yo'lga imo qildi.

- Hop - Nire rozi bo'lgancha sekin qadam tashlay boshladi.

**

Istirohat bog'ining chetida joylashgan o'tirg'ichga joylashgan qiz Jiminga hatto e'tibor bermagan holda popkorndan yeyishda davom etdi. Uni kuzatib turgan Jungkook Jiminga qaragancha dedi.

- Sevgilingni yoniga bormaysanmi? - Jungkook Mellaga imo qildi.

- Mening bu dunyoda bitta sevgilim bor u ham bo'lsa Demina Mella esa shunchaki singlim - Jimin telefoniga qaragancha asabiy dedi.

- Nima qizni aldadingmi? Demina ni unutish uchun o'yin qildingmi Mella ni? - Jungkook deyarli g'azabdan qoshlarini peshonasiga yig'di.

- Nima ishing bor Jungkook bor biror yerda aylan men ketdim. Sevgilim keldi. - Jimin telefoniga qaragancha Jungkook dan uzoqlashdi

- Ablahliging hali ham bor ekanda - Jungkook Jiminni ortidan sokingancha Mellaga qaradi - Omadimni sinab ko'raymikin. Mayli tavakkal qilaman. - Jungkook o'ylangancha Mella ni yoniga borib o'tirdi.

- Salom. Yana uchrashdik. - Jungkook o'tirg'ichga suyangancha Mellaga qaradi.

- Ha sizni esladim. Hayrli kech - Salomlashgandek dedi Mella

- So'rashim noto'g'ri ammo
...- Jungkook o'ylanib dedi .

- Ha siz haq ekansiz. Jimin men o'ylagan inson emas ekan -Mella chuqur ho'rsingancha yerga tegmagan oyog'ini o'ynatdi.

- Hali hayoti oldinda menimcha siqilmayapsiz - Jungkook yerga qarab turgan qizga qaradi.

- Bilmadim. Hali o'zimni to'liq anglaganim yo'q - Mella boshini ko'targancha atrofga qararkan Istirohat bog'i eshigidan kirgan amakisi va uning oʻrtoqlariga qaradi.

- Yo hudoyim amakim - Mella kattalashgan ko'zi bilan amakisini Jungkook ga ko'rsatgan bo'ldi.

- Vahima qilmang. Biz yomon ish qilmadikku - Jungkook Mellani tinchlantirishga urundi.

- Esdan og'dingizmi? Endigina 16 yoshga to'lgan qizning istirohat bog'ida sizdek kelishgan yigit bilan o'tirishi odatiy hol emas amakim uchun. Agar ko'rib qolsalar nima qilaman ? - Mella havotirga tushdi.

- Tez yugurishni bilasizmi? - Jungkook so'ragan bo'ldi.

- Ha nima qildi.

- Unda kettik - Mellani ogohlantirmay istirohat bog'ining qorong'u burchagi tomon yugurib ketdi Jungkook.

**

Jungkook va Mella istirohat bog'i chekkasidagi eski kafening ortida yashirinib o'tirisharkan Jungkook haligacha qizning qo'lini qo'yib yubormagan edi. Mella amakisini kuzatsa Jungkook Mellani kuzatardi.

- Amakim ketdi menimcha - Mella endi nigohini Jungkook ga qaratarkan yigitning qora nigohlari qizni qurshab oldi.

- Ha menimcha ham ketdi - Jungkook o'zini chalg'itishga urundi.

- Endi biz ham...

Mella gapi og'zida chala qolarkan Jungkook ning ortidagi Jimin va Demina ning bir biri bilan og'iz burun o'pishayotganiga guvoh bo'larkan. Mella endi nega tashlab ketilganini angladi. Qizning ko'zidan Jimin tugataylik degan kunida ham oqmagan ko'z yoshlar tomchilarkan Mella ning tanasi o'ziga bo'ysunmadi. Umridagi ilk sevgisi bunchalik jirkanch axvolda bo'lishini bilganida edi. Aslo Jiminga imkon bermagan bo'lardi. Mella sekin o'rnidan turarkan qayerga qarayotganini payqagan Jungkook Mellaga qaragancha tinchlantirishga urinarkan Mella o'rnidan turib Jimin va Demina tomon ikki qadam tashlarkan ko'z oldi. Qorong'ulashgancha qulog'idagi chiyillagan tovush hisobidan hushini yoqotarkan Jungkook Mellani ushlagancha ko'tarib oldi.

4 - qism tugadi.
Author: Li Mella