From dusk Till dawn
Sovuq shifoxona zalida cho'kkan sukunat deyarli havoga mos edi. Muzdek marmarga o'tirib olgancha bir nuqtaga tikilgan yigitning qo'llaridagi sevgilisining qoni qotishga ulgurgandi. Jungkook birinchi marta o'zini ojiz his qilyapti. Negadir yuragida o'ta ham kuchli og'riq bor. Negadir urish maromidan chiqqan yuragi tartibsizlashmoqda. Yigitning alam ila yoshlangan ko'zlaridan tomchilar otilishga tayyor. Miyyasida ming bir savol aylangancha zalda qadam tovushlarini eshitib boshini sekin ko'tardi.
- Jungkook Mella qani. Unga nima bo'ldi. - Shoshilgancha nafasini rostlagan Yuna Jungkook ga yuzlandi.
- Ichkariga olib kirib ketishdi. - Jungkook zo'rg'a gapirdi.
- Nima bo'ldi o'zi - Yuna battar asabiylashdi.
- Men unga paxta qand olmoqchi edim. U yo'lning narigi tarafida edi. Nega yo'lga chiqqanini bilmayman birdan mashina ovozi eshitildi. Mella... Mella u hushsiz yotardi...- Jungkook keyin gapirolmay qoldi.
- Do'stim - Yongi Jungkook ni bag'riga bosgancha boshidan ushladi - Hammasi yaxshi bo'ladi Mellaga hechnima qilmaydi.
- Men usiz yasholmayman. Do'stim usiz yasholmayman. - Jungkook tutib turgan ko'zidagi yoshini qo'yib yubordi.
- Yo'q Mella kuchli u o'ziga keladi. Egizim kuchli bizni tashlab ketmaydi. - Jungkook ni axvolini ko'rgan Yuna asabiylashgancha o'zini tinchlantirishga urindi.
Chamasi yarim soatcha vaqt o'tarkan. Deyarli sukunat cho'mgan sovuq zalda hali ham operatsiya davom etayotgan edi shekili hamma yig'i bilan band edi. Yuna o'zini boshqarishga urinarkan Yoongi do'sti va sevgilisiga dalda berish bilan band edi. Yerga cho'kkalab o'tirib olgan Jungkook hamon qo'lidagi Mellaning qoniga tikilgancha ko'z yosh to'kardi. Yuna devorga suyangancha bir nuqtadan ko'zini uzmas ekan. Birdan hammasining qulog'iga chalingan poshna ovozi ularni diqqatini bo'lishga sababchi bo'ldi.
- Yuna - Qizini ko'rgancha shoshib kelayotgan Kim Xonim Yunani ismini aytdi.
- Oyi - Yuna ham onasini quchog'iga otilgancha ko'zidagi yoshlarni qo'yib yubordi. - Mella... - qolgan gapini yutib yuborgancha hiqilladi Yuna
- Hammasi yaxshi bo'ladi qizim. Mellaga hechnima qilmaydi. - Qizini quchog'idan chiqargancha ko'z yoshini artdi Hesun honim.
- Olib kirishganiga qancha bo'ldi. - Hesun honim bilan birga kelgan Go Yong Yongiga yuzlangancha undan so'radi.
- Bu odamni bu yerda nima ishi bor. - Yuna Janob Go Yongni ko'rarkan asabiy onasiga qarata hammaga eshitilarli qilib gapirdi.
- Men sizdan bu odamni bu yerda nima ishi bor deb so'radim. Vaziyatni tushuntiring demadim. - Yuna asabiy onasiga oshqirdi.
- O'zingni bos nega beodoblik qilyapsan - Hesun ham Yunaga jiddiy ohangda dedi - Yur sen bilan chetroqda gaplashib olamiz - qizini tirsagidan ushlagancha chetroqqa tortdi Hesun honim
- Sizni eshitmayman. - Yuna baqirgancha qo'lini siltab onasini qo'lidan halos qildi ortiga o'girilgancha Go Yongga tikilarkan u tomon qadam tashladi. - Sizni bu yerda nima ishingiz bor. Nega onamni atrofida o'ralashayapsiz. Hop meni tutingan akam bilan qizingiz turmush qurdi. Ammo bu degani siz meni onam bilan 24 soat birga bo'lasiz degani emas. - Yuna Go Yongga ko'zidagi g'azab bilan o'shqirdi.
- Yuna bas qil - Hesun honim baqirib yubordi.
- Bas Hesun. Endi haqiqatni yashira olmaymiz. - Go Yong o'z qizidan bu gaplarni eshitarkan chuqur ho'rsindi.
- Nima qanday...Qanday haqiqat. Siz nimalar deyapsiz. - Yuna esankiragancha bir onasiga bir janob Go Yongga qaradi.
- Yong hozir emas - Hesun honim uni to'xtatmoqchi bo'ldi.
- Ortiq yashirib yura olmaymiz. - Go Yong Hesun honimga bir qaragancha Yana qayta Yunaga tikildi.
- Gapiring. - Yuna sabrsizlandi.
- Qizim bizni kechir. Ochig'i meni kechir - Go Yong Bosh egzdi.
- Nega nima uchun sizni tushunmayapman. - Yuna battar asabiylashdi.
- Seni dadang o'lmagan qizim. Dadang haliyam tirik. Seni dadang men man qizim. - Go Yong ohirgi gaplarni aytarkan Yuna deyarli muzlab qolgandi.
Pov/Yuna: Endi nima? Meni otam tirik va u qarshimdami. Tanam deyarli yo'q bo'lib qoldandek tuyulyapti. Hechnimani sezmayapman. Qarshimdagi insondan shunchalik nafratlanyapmanki ayni vaqtning o'zida uni bag'riga otilishni ham istayman. Doim kuchli bo'lib kelganman Ammo hozir emas. Men charchadim. Bugungi voqeaning o'zi umrimning yarmini kesib tashlashga yetadi. Yarim jonim ichkarida hayot uchun kurashyapti. Men esimni taniganimdan beri o'ldi deb o'ylaydigan dadam esa hozir qarshimda turibdi. Bu hazil ha hazil bu taqdir hazili.
Yuna deyarli charchoq va stres tufayli yerga yiqildi. Uni qo'liga ushlab olgancha ko'targan dadasi esa esidan ayrilay deydigan darajada havotirga tushdi.
- Hamshira. Doktor. Kidding yordam bersin - Go Yong zalni to'ldirgancha qichqirarkan Hesun honim Ham Havotirdan yig'lay boshladi.
Bir necha soniyalarda kelgan hamshiralar Yunani aravachaga solgancha tez yordam bo'limiga olib ketdi.
Hushsiz yotgan qizning sochlari yuziga biroz tushgan qo'liga qilingan ukolning og'rig'i biroz achishish hissini anglatayapti. Qizning alahsiragancha aytayotgan gaplariga qaraganda u yomon tush ko'rayapti. Biroz ko'zlari yumuq holda qoshlari yig'ilarkan ohirida pichirlagan ovozi kuchli yangradi.
- Dada - Yuna qattiq qo'rquv bilan ko'zini ochdi.
- Qizim. Men shu yerdaman. Go'zal qizim kel o'zimga - Go Yong qo'rquvdan titrayotgan qizini bag'riga oldi.
- Dada qayerda edingiz. Shuncha payt qayerda edingiz. Siz siz qancha qiynalganimizni bilasizmi? - Yuna dadasini bag'riga yengil musht urgancha yig'ladi.
- Meni kechir qizim. Endi yoningizda bo'laman. Sizlarni hech qachon tashlab ketmayman. - Qizini bag'riga bosgancha sochlaridan silagan bo'ldi otasi.
Piqillab yig'layotgan Yuna birdan esiga nimadir urilganday sekin dadasini bag'ridan chiqdi.
- Mella unga nima bo'ldi. U yaxshimi?
- Ha u yaxshi hozir reanematsiyada o'ziga kelishi bilan palataga olisharkan Jungkook va Oying yoniga kirib chiqishdi.
- Men ham uni ko'rishim kerak - Birdan o'rnidan turaman degan qizni yer atrofida aylangancha yana qayta joyiga o'tirishga majbur qildi.
- Qizim. Palataga olishsa ko'rasan o'zingni axvoling og'ir hozir dam olganing yaxshi - Qizini yana qayta joyiga yotqizarkan ustidan choyshab yopgancha peshonasidan o'pib qo'ygan bo'ldi janob Go Yong.
- Men tashqariga chiqaman. Seni Yoongi ko'rishni istayotgandi. U yaxshi yigit ekan. - Go Yong qiziga ko'z qisgancha xonadan chiqarkan. Yuna unga hech qanday reaksiya bildirmadi.
Tashqari zalga chiqqan janob Go Yong eshik yonida turgan yigitga qaradi.
- Kirishing mumkin o'ziga keldi.
- Yaxshi - Yoongi tasdiqlagancha eshik tomon yurdi.
- Qizimni hafa qilma. - Tayinlagan bo'ldi Go Yong
- Men Yunani o'zimdan ham ko'p yaxshi ko'raman janob - Yongi tirsagidan ushlagan qarshisidagi erkakga tik qaragancha dedi.
- Men ham uni o'zimdan ham ko'proq yaxshi ko'raman. - Janob Go Yong Yongini qo'yib yubordi.
Ichkariga kirgan Yoongi kravatda kichkina bo'lib yotgan Sevgilisini ko'rishi bilan qadamini tezlatdi.
- Sevgilim - Yuna quchoqlamoqchi bo'lgandek qo'lini yozdi.
- Yunam. - Yoongi ham tezda qizni bag'riga bosgancha qattiq quchoqladi.
Ikkisi ham bir birini bag'riga singib ketarkan. Yoongi qizni quchog'idan biroz bo'shatgancha sochlarini qulog'i ostiga oldi. Lablariga mayinlik ila o'zini lablarini bosarkan. Shirin bo'sa oldi. Keyinchalik sevgilisiga kattalik qilgan kravatga joylashib olarkan qiz bilan bo'sani uzmadi. Ikkisi ham bir birini og'ushiga singib ketishga ulgurgan ekan. Bir birini mehr ila o'pishardi. Keyinchalik sekin bo'sani uzgan yigit qizni yuziga tikilgancha dedi.
- meni qo'rqitib yubording Yuna - Qizni bag'riga oldi.
- Yongi. Dadam... - keyingi gapini ayta olmagan qiz hiqillab yig'lab yubordi.
- Hammasi yaxshi. Endi yarimta oilangiz to'liq bo'ldi. - Qizni bag'riga olgancha sochlaridan siladi.
Kichik jussasiga ulangan moslamalar hali Yashayotganini bildirayotgan qiz o'ziga kelayotganini his etayotgandi. Qo'lini ushlagancha kravatga boshini qo'yib uxlab qolgan yigit qizni bir daqiqaga ham yolg'iz qoldirmagani Annie edi. Mella sekin ko'zini ocharkan allaqachon palataga olingan edi.
Qizning qimirlagan qo'lini sezgan Jungkook tezda uyg'ondi. Qarshisidagi kislorodga ulangan sevgilisiga qararkan uni ko'zlari ochilganini ko'rib yanayam hursand bo'lib ketdi.
- Mella yaxshimisan. - Jungkook qizni uyg'onganini ko'rib sochlaridan silagancha dedi.
- Jungkook menga nima bo'ldi - Mella arang gapirdi.
- Avtohalokat kichkintoy o'tib ketdi. Hammasi yaxshi men yoningdaman. - Jungkook qizni yoniga yanayam yaqinlashgancha peshonasidan o'pib qo'ydi.
- Sen ko'zlaring qizarib ketibdi. Ko'p yig'ladingmi? - Mella o'ziga yaqin turgan Jungkook ni yuziga qo'lini qaltiragancha yurgizarkan dedi.
- Bu uxlamaganimdan bo'lsa kerak. - Jungkook jilmaygancha yuzini silayotgan sevgilisiga qimir etmay qarab turdi.
- Unda bor uxlab ol. Charchaganing Anniq. - Mella sekin gapirarkan ovozi charchoq aralash chiqardi.
- Yoningdan ketish yo'q. Majburlab ham ketkazolmaysan meni. Bir safar ketganimda nimalar qildinga sen mittivoy - Jungkook qizning tanasidan ortib qolgan joyga joylashgancha Mellani bag'riga oldi.
- Sen jinnisan. - Mella biroz kuldi.
- Sen shu axvolga solding meni. Shu yerdan chiqishing bilan seni jazoga tortaman. Jarima to'laysiz Jeon xonim. - sevgilisini quchog'iga olgancha dedi Jungkook kulib.
- O'sha kuni qo'ng'iroq qilgan serjantga javob berdingmi?
- Mella ahh senga hechnimani aytib bo'lmaydiya o'sha serjant ni qo'ng'irog'ini yetkazish uchun tushgan axvolingni qara. - Jungkook asabiylashgancha dedi.
- Muhim qo'ng'iroq deb o'yladim. Ishingdan ayrilishingdan qo'rqdim. - Mella ham sekin Jungkook ga mo'ltillagancha dedi.
- Men esa sendan ayrilishdan qo'rqib bir kechada ham o'lib ham tirildim. - Jungkook qizni bag'riga olgancha qattiqroq quchdi. - Sendan lablaring shishib ketguncha bo'sa olishni istayman. Ammo kislorod moslamasi bunga xalaqit beryapti.
- Uyatsiz. - Mella yigitni ko'ksiga yengil urgancha quchog'iga battar kirib oldi.
Time skip | bir haftadan so'ng
Shinam uyning keng mehmonxona stoli bugun judayam ajoyib tarzda bezatilgan qo'lda tayyorlangan taomlar hidi tomoqni qitiqlamoqda. Deyarli kayfiyatsiz bo'lgan qiz divanga joylashgancha televizor pultini etiborsiz aylantirardi. Egizini kayfiyatsiz ekanligini ko'rgan qiz qo'lidagi idishlarni stolga joylab Mella ni yoniga o'tirdi.
- Mening go'zal egizagimni nega kayfiyati yo'q - Yuna kulgancha Melladan so'radi.
- Shunchaki zerikdim. - Mella yana pultni boshqargancha kanallarni yana tekshirdi.
- Jungkook shundaymi? Adashmadimmi? - Yuna Mellaga tikilgancha dedi.
- Ertalabdan beri mendan xabar olgani yo'q - Mella ohirida asabiy dedi.
- Yo'q nega men qilishim kerak. - Mella yana asabiy ohangda dedi.
- Yo hudoyim Sen qo'ng'iroq qilib Jungkook javob bermagan bo'lsa boshqa gap edi. Ishlari ko'pdir. Ahir u komissar bo'lsa.
- Baribir kun ham kech bo'layapti. Mendan hech bo'lmasa bir marta hol axvol so'rashi kerak edi.
- Aytyapmagku ish bilan banddir. - Yuna tushuntirishga urindi.
- Hech qaysi insonning been daqiqaga bo'lsa ham bo'sh vaqti bo'lmasligi mumkin emas. - Mella qaysarlik qildi.
- Qaysar senga tushuntirib bo'lmaydi. Mayli oyimga yordamlashay. - Yuna ohirida chuqur ho'rsingancha o'rnidan turdi.
- Nima uchun bunchalik tayyorgarlik ko'ryapsiz. Kim keladi o'zi - Mella hayron so'radi.
- Buyog'i syurpriz kelganda ko'rasan. - Yuna jilmaygancha Mellani yonini tark etarkan eshik jiringlab qoldi. - Ketyapman. - Yuna eshik tarafga yurgancha borib eshikni ochdi.
- Hush kelibsizlar - Yuna hursand bo'lgancha qarshisidagi ikki yigitni uyga kiritdi.
- Sevgilim. - Yuna Yongini quchib olarkan qisqa quchoqlashuv ila ko'rishishdi.
- Salom Yuna Mella uydami - Jungkook ham oyoq kiyimini yechgancha savol berdi.
- Ha ichkari mehmonxonada sendan hafa borib uni ovut. - Yuna kulgancha dedi.
- Ya bugun unga qo'ng'iroq qilish yodimdan ko'tarilibdiku - Jungkook asabiy peshonasini ushladi.
- Ha aynan shu uchun hafa - Yuna ham tasdiqlagan bo'ldi.
- Bugun mahkamada ishlar ko'payib ketdi. - Yongi qo'shimcha qilgan boldi.
- Charchadingmi sevgilim. - Yuna erkalagan ohangda so'radi.
- Seni ko'rib hammasini unutdim. - Yoongi Yunani o'ziga tortdi.
- Men Mellani yoniga boraqolay - Jungkook ichkariga tomon yurdi.
Ikki sevishgan yolg'iz qolarkan Yoongi abjirlik bilan Yunani lablarini egallab oldi. Qattiq ehtiros ila lablarini so'rib o'parkan qo'llari qizning belini mayin silay boshladi. Ehtirosga berilib ketgan Yuna Yoongini qo'llarini belida his etgancha hushyor tortib yigitni sekin o'zidan uzoqlashtirdi.
- Oyimga yordam bermaymizmi? - Yuna Yoongini qo'lidan ushlagancha ichkariga tortdi.
- Yaramas qiz. - Yoongi ham kulgancha unga ergashdi.
Keng xonaga kirgan yigit divanda yostiqni quchgancha o'tirgan sevgilisini ko'rarkan jilmayib qo'ydi. Shaxdam qadamlar bilan qizni yoniga borarkan Mella Jungkook ni ko'rib bir hursand bo'lay dediyu lekin bugungi e'tiborsizligi esiga tushib qovog'ini o'ygancha hech qanday reaksiya bildirmadi.
- Hayrli kun mittivoy. - Jungkook Mellani yoniga o'tirgancha qizning qovog'idan qor yog'ayotgan yuziga qaradi. - Mmm mening rapunzelim nega hafa shaxzodasini qasriga olib chiqish uchun sochlarini tashlamaydimi - Jungkook qitmirlik qilgancha qizning uzun sochlariga yuzini ko'mdi.
- Rapunzelni kayfiyati yo'q. - Televizordan ko'zini uzmagan qiz dedi.
- Nega. Mening rapunzelimni Kim hafa qildi. Men o'zim jonini olaman o'shani - Jungkook qizga yanayam yaqinlashgancha yanog'idan o'pib qo'ydi.
- Unda o'zingni joningni ol. - Mella asabiy yostiqni qo'ygancha joyidan turaman deganda Jungkook qizni tortib o'zining qo'yniga joylashtirib oldi.
- Bugun ishim ko'p edi. Kechqurun bu yerga kelishimni bilardim shuning uchun senga qo'ng'iroq qilmadim - Jungkook qizni yuzidan silagancha lablaridan qisqa bo'sa oldi.
- Demak kun bo'yi meni sog'inmagansan. Albatta mahkama to'la chiroyli komissar qizlar bo'lsa kerak - Mella yana asabiy ohangda dedi.
- Menga o'zimning rapunzelimdan boshqasi qiziq emas. Menga faqat manashu uzun sochli qaysar qiz kerak. - Jungkook bu safar qizning lablaridan chuqur bo'sa olgancha tili bilan og'iz bo'shlig'ini egalladi.
Eshik yonida turgan ikki qiz tinimsiz dadasiga savol berarkan Ularni orasidan Rosie tinmay gapirayotgani aniq edi. Minsoya onda sonda uning gapini maqullab qo'yarkan janob Go Yong savollarga og'ir bosiq javob berardi.
- Dada nega biz oilaviy o'zimizdan o'zimiz Hesun holalarnikiga keldik. - Rosie asabiy dedi.
- Qizim yana nechi marta aytay Gaplashib olishimiz kerak bo'lgan masala bor. - Go Yong qo'ng'iroqni chalgancha dedi.
- Baribir tushunarsiz vaziyat - Rosie gapida qatiy turib oldi.
- Buncha asabiylashmasang ahir shunchaki kechki ovqat deb tasavvur qil - Minsoya egizini ushlagancha dedi.
- Yaxshi. O'zing yaxshimisan. Kichkintoy va Tae yaxshimi? - Rosie pichirlagancha dedi.
- Ha yaxshimiz. Taehyung dadam bilan gaplashdi. To'yni ham tezlashtirmoqchi - Minsoya sekin pichirladi
- Oou buncha zo'r - Qizlar pichir pichir qilisharkan Jimin ularni jim tinglardi. Toki eshik ochilib Hesun honim qarshilariga chiqmaguncha.
- Hush kelibsizlar qani marhamat uyga kiring - mayin tabassum ila uyga taklif qilgan bo'ldi Hesun honim
Dasturxon atrofiga yig'ilgan oila a'zolari ovqatni ham yeb bo'lisharkan. Janob Go Yong og'zini artgancha tomoq qirib gap boshladi.
- Bolalar ochig'i bu yerga bekorga yig'ilmadik. Hesun va meni sizlarga aytishimiz kerak bo'lgan gapimiz bor. Ya'ni bilishingiz kerak bo'lgan haqiqat. Ochig'i bu gap Yuna Jungkook va Yoongi va Jiminga sir emas ular bu haqida bilishadi.
- Ho'sh dada qanday haqiqat ekan. - Rosie sabrsizlandi.
- Biroz jim tur Rosie gapirmoqchi bo'layaptilar gaplarini bo'lma - Minsoya Rosieni jim qildi.
- Bundan roppa rossa 15 yil avval mening ya'ni bizning mo'jazgina oilamiz bor edi. - Hesun honimning qo'lini siqdi Go Yong - Oyim men rafiqam va to'rt nafar egizak qizlarim birga ajoyib hayot kechirardik. Oyimning rafiqam bilan chiqisha olmasdan qilayotgan tinimsiz urushlaridan charchagan rafiqam va men ajrashishga qaror qildik. Bizda esa eng og'riqli jarayon paydo bo'ldi. Qizlar bizning shirin egizaklarimiz ularni nima qilish haqida bolalar qaysi birimizda qolsa yaxshi bo'lishi haqida ko'p o'yladik va ohirida bolalarni ikkitasi onasida ikkitasi otasida qoladi degan qarorga keldik. Biz yani Men Rosie va Minsoya Yaponiyada oyim bilan qoldik. Hesun Mella va Yuna esa koreyaga qaytib ketishdi. Biz uchrashmaymiz deb o'ylagandik ammo Jimin va Rosie ularning sof muhabbati tufayli yana uchrashdik va endi yolg'onsiz hayot boshlab hammasini to'g'irlashga Hesun ikkimiz qaror qildik
Atrofga sukunat cho'kdi deyarli Mella Rosie va Minsoya shokda qolgandi.
- Sizlar uchun shunchalik osson hammasini qaytadan boshlash shundaymi? - Mella asabiy dedi.
- Mella qizim. - Go Yong Mella tomon o'girildi.
- Qizim demang meni. Qizim demang haqqingiz yo'q. Meni sizga muhtojligimda yolg'iz qoldirib endi qaytishga haqqingiz yo'q. - Mella battar baqirdi.
- Mella bas qil - Hesun honim qizini tinchlantirishga urindi.
- Bas qilmayman. Siz men sinfdosh dugonalarim menga dadasi haqida gapirib meni alamimni keltirganda qayerda edingiz. Birov hafa qilgan paytda dadamga aytaman demasdan o'zim kurashgan vaqtimda qayerda edingiz. Shu ikki qizingiz bilan birga to'la to'kis hayotingizda bemalol yashayotganmidingiz. Sizdan nafratlanaman sizni hech qachon kechirmayman.
- Mella - Jungkook gapirmoqchi bo'lib og'iz juftlarkan.
- Aslo. Buni bila turib mendan yashirgan insonlar ham javob berishadi. Sen ham singiljon - Yunaga qaragancha asabiy o'rnidan turib yuqoriga xonasiga chiqib ketdi.
- Jim o'zim - Go Yong og'zini artgancha o'rnidan turdi.
- Demak siz bizni meni va minsoyani biz qabrda deb o'ylaydigan onasi ekansizda. - Rosie ko'zida yosh aralash dedi.
- Rosie qizim meni kechir - Hesun xonim aylanib o'tgancha Rosie va Minsoyani yomma yon o'tirgan stuliga cho'kkaladi.
- Bu ancha qiyint. Menga ko'p vaqt kerak bo'lgan edingiz Hesun xonim. - Rosie arang gapirarkan hiqillab yiglab yubordi.
- Oyijon. - Minsoya Rosieni quchgan Hesun honimni bag'riga otildi.
Ikkinchi qavatga ko'tarilgan erkak sekin o'ziga tanish eshikni ocharkan ichkariga yostig'ini quchib yig'layotgan qizini ko'rdi. Sekin kelib uni yoniga joylasharkan sekin gap boshladi
- Mella qizim meni kechir. Yaxshi ota bo'la olmadim. Senga kerakligimda yoningda bo'la olmadim. Yoshliging otasiz o'tishiga sababchi bo'ldim. Bu uchun meni kechir qizim. Lekin agar endi kelishingiz hayotimga kirishingiz nohaqlik desang mayli qizim bundan keyingi hayotingdayam meni hech qachon bo'lmagandek yashashda davom et seni qiynashni istamayman.
Mellani javob berishini biroz kutgan erkak endi o'rnidan turmaan deganda Mella gapirib qoldi.
- Dada. - Mella shu gapni aytgancha o'zini dadasini quchog'iga otdi. To'yib to'yib bag'riga bosgancha dedi - Meni endi hech qachon tashlab ketmang iltimos.
- Hech qachon ketmayman qizim. Endi yoningdaman qizalog'im - Go Yong ham qizini qattiq bag'riga oldi.
Atrof bahor havosiga burkangan qish fasli ham o'tib bahor kelishga ulgurgandi. Deyarli faslga mos qilib bezatilgan hashamatli uy bog'ida mehmonlar kelinni kelishini kutishmoqda. Atrofga gullarni ilayotgan Mella qo'liga o'zi uchun olgan gulini chuqur hidlarkan mayin tabassum qildi. Yonidagi aravachada yotgan kichik jiyaniga tikilgancha kularkan aravachani kelinni ko'rish uchun qulayroq joyga ko'chirdi.
- Senga bola judayamh yarasharkan kichkintoy - Mellani yoniga kelgan Jungkook sekin qizga yaqin egilgancha dedi.
- Mm shundaymi ? Menimcha ham haqsan sevgilim. Yongi judayam hayajondadir - Mella kichkintoyga tikilgancha dedi,
- Ha nega Yunani yonida emassan - Jungkook savolli nigohi bilan bir qizga bir kichkintoyga qarab dedi.
- Minsoya uning yonida men esa holalik vazifamni bajaryapman. Hozir chiqib qolishsa kerak - Mella kichkintoyga qarab jilmayib qo'ydi.
- Ha menimcha Yuna Tayor biz ham joyimizni egallaylik qani kettik sevgilim kettikmi kichkintoy - Jungkook bilan birga aravachani aylantirib kelin va kuyov ko'rinadigan joyga Rosie va oyisining yoniga olib kelib qo'ygancha Mella guvohlik o'rnini egalladi. Jungkook esa kuyovning guvohi edi. Uzun to'shalgan oppoq gilamdan otasini qo'lidan tutgancha yurib kelayotgan qizni yarim yo'lda Yoongi qo'lidan tutdi. Yuna ushlagancha yo'lida davom etarkan Nikoh mudirini yoniga olib keldi.
- Siz Go Yuna Min Yoongiga turmushga chiqishga rozimisiz
- Siz Min Yongi Go Yunani rafiqangiz qilishga rozimisiz
- Sizlar ham guvohlik berasizlarmi? - Jungkook va Malla ga yuzlanib
- Ha - ikkalasi ham jo'r ovozda dedi.
- Unda biringizdan bo'sa olishingiz mumkin.
Yoongi va Yuna bir biridan bo'sa olarkan Jungkook Mella ga yaqinlashgancha qulog'iga pichirladi.
- Keyingi to'y bizniki bo'ladi
- Aiysh Mella kutaverib tamom bo'ldimku qara Taehyung va Minsoya turmush qurishdi shirin farzandlari ham bor. Jimin va Rosie farzand ko'rish arafasida Oying va dadang ham bir oila Yuna va Yoongi ham birga bo'lishdi.
- Mening sevgilim yaqinda serjant lavozimiga ko'tarildi. Men esa Italiya universitetiga grand asosida o'qishga qabul qilindim demak biz ham baxtlimiz.
- Baribir seni o'zimniki qilaman kichkina rapunzel shu uzun sochlaringa istaganimcha yuzimni ko'mish uchun qo'limdan kelganini qilaman.
- Bir umr Sen bilan man usiz ham. Ammo orzularimizga qadamma qadam erishamiz sevgilim. Qorong'ulikdan yorug'likka birga chiqamiz - Mella Jungkook ning kaftiga qo'lini qo'yarkan Jungkook ham uning kaftini siqqancha jilmayib qo'ydi.
Mana fanfic ham o'z nihoyasiga yetdi e'tiboringiz uchun rahmat. Qalbingizdan joy ola oldi deb o'ylayman.