April 20, 2025

๐“๐Ž๐—๐ˆ๐‚ ๐‹๐Ž๐•๐„

"๐˜–๐˜จ'๐˜ณ๐˜ช๐˜ฒ - ๐˜ฎ๐˜ฆ๐˜ฏ ๐˜ฏ๐˜ฆ๐˜จ๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช๐˜ณ ๐˜ฃ๐˜ถ ๐˜ด๐˜ฐ'๐˜ป๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ฌ๐˜ถ๐˜ฏ๐˜ฅ๐˜ข๐˜ญ๐˜ช๐˜ฌ ๐˜ฉ๐˜ข๐˜บ๐˜ฐ๐˜ต๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฏ๐˜จ ๐˜ฐ'๐˜ป๐˜จ๐˜ข๐˜ณ๐˜ฎ๐˜ข๐˜ด ๐˜ฃ๐˜ฐ'๐˜ญ๐˜ข๐˜จ๐˜ช๐˜จ๐˜ข ๐˜ข๐˜บ๐˜ญ๐˜ข๐˜ฏ๐˜ต๐˜ช๐˜ณ๐˜บ๐˜ข๐˜ฑ๐˜ฎ๐˜ข๐˜ฏ. ๐˜Š๐˜ฉ๐˜ถ๐˜ฏ๐˜ฌ๐˜ช ๐˜ฉ๐˜ข๐˜บ๐˜ฐ๐˜ต๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฅ๐˜ข ๐˜บ๐˜ฐ๐˜ญ๐˜จ'๐˜ช๐˜ป ๐˜ช๐˜ฏ๐˜ด๐˜ฐ๐˜ฏ๐˜ฎ๐˜ข๐˜ฏ. ๐˜–๐˜จ'๐˜ณ๐˜ช๐˜ฒ๐˜ญ๐˜ข๐˜ณ๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ฐ๐˜ญ๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช๐˜จ๐˜ข๐˜ฏ ๐˜ช๐˜ฏ๐˜ด๐˜ฐ๐˜ฏ๐˜ช๐˜ฎ๐˜ฏ๐˜ช ๐˜ฉ๐˜ข๐˜ญ๐˜ช ๐˜ถ๐˜ค๐˜ฉ๐˜ณ๐˜ข๐˜ต๐˜ฎ๐˜ข๐˜ฅ๐˜ช๐˜ฎ. "

1-epizod

Yangi kun. Inson hayoti uchun yana bir yangi sarlavha hisoblanadi. Bu sarlavhaning yana bir boshlanishi kechar ekan. Shahar markazidagi uyning ikkinchi qavatidagi derazasidan tashqari hayotga so'lg'in boqayotgan qizning derazadan kirayotgan sovuq shamoldan eti biroz junjukdi. Ko'zlarini chuqur nafas olgancha yumar ekan. Tashqi hayot va odamlarni biroz bo'lsada his qilmoqchi bo'ldi. Ammo yo'q. Bo'lmayapti. U yerda bo'lmay turib tashqi hayotni his qilolmayapti. Harakatlari yana zoye ketgancha ko'zlarini ochdi. Hafa yuz ifodasi hali beri o'zgarmagancha chuqur ho'rsindi. Va hona ichidagi sukunatni eshikning ochilish ovozi buzdi. Eshikdan kirgan inson kimligiga ham qiziqmagan qiz diqqatini hali ham derazadan olmagancha tashqaridan ko'z uzmadi.

- Yo hudoyim Ahri agar shamollasang bobom hammamizni kallamizni oladiku. - eshikdan kirib deraza ochiqligini ko'rgancha asabiylashib gapirdi Aristina. - Nega derazani ochib o'tiribsan.? - derazani yopgancha Ahriga tikildi Aristina.

- Bo'lmadi. - boshini inkor ifodasida qimirlatdi Ahri - His etolmadim. Tashqi olamni baribir his etolmadim onnie - yonidagi qizga mayuz ko'zlarini qaratgancha dedi Ahri

- Ahrish bu haqida Sen bilan gaplashdikku. - yonidagi o'zidan kichkina singlisidek bo'lib ulgurgan qizni quchog'iga olgancha - Bu seni xavfsizliging uchun. Bobom bularni senga yaxshi bo'lsin deb qilyapti.

- Lekin men.. Ha mayli baribir foydasiz. - qizning quchog'idan chiqqancha sekin derazadan tushdi Ahri

- Hamma pastga tushdi. Hozir bobom ham tushadi. Bobomdan keyin tushish mumkin emas bilasan shuning uchun seni ogohlantirgani keldim - Ahrini ortidan derazadan tushgancha dedi Aristina va qizni kelib ikki yelkasidan quchgancha - Bularni o'ylashni bas qil. Qani endi kettik. - Ahrini honadan olib chiqdi.

Uyning o'z hashamdorligiga hos qilib olingan katta dasturhon stoli. Uning ustidagi nonushta uchun tayyorlangan qator taomlar. Dasturhonda kamchilik bor yoki yo'qligini tekshirayotgan hizmatkorlar. Uyning har bir a'zosi dasturhondagi bugungi nonushta uchun pastdagi mehmonhonada o'tirishar ekan. Hali kimdir yoki qandaydir buyruq kutayotgandek nimanidir kutishayotgandi. Albatta. Bu uyda Katta janob Lin nonushtaga tushmas ekan hech kim nonushta dasturhoniga o'tirmaydi. Va hech Kim Janob Lindan keyin dasturhonga o'tirish huquqiga ega emas. Bu uyning qator qonunlariga ko'nib sirlarini yashirib tashqi olam uchun baxtli oila rolini bajarib kelayotgan qator aktyorlar hozir Katta janob Lin ni kutishmoqda.

- Bugun negadir dadam kechikyaptilar yoki borib habar olaymikin - otasidan havotir olgan o'g'il qiyofasida dedi Seojun

- Yonlarida janob Hanmin bor. Demak havotirga o'rin yo'q - Uni tinchlantirishga urindi hotini Minji.

- Aristina qayerda qoldi? - biroz behalovat bolgancha oyisi Minjidan so'radi Felix - Ahrini chaqirishga ketgandiku. Hali ham kelmadi.

- Sen otangdan o'tasan. Biroz sabr o'g'lim - og'liga mayin jilmayib dedi Minji honim

- Shu kunlarda opam va Ahriga alohida etibor qilyapsan. Yo'q adashdim faqatgina Ahriga e'tibor qilyapsan. Tinchlikmi Felix - Telefonini titkilagancha hotirjam gap tashladi qitmirlik ila Ezari.

- Senga hech kim gapirgani yo'q. Va Ahri meni singlimdek boshqa narsa yo'q. Bu ahmoq miyyangni bemani fikrlardan tozalab meni sizlashni o'rgansang bo'lardi. - hazlga ters javob qaytargancha qoshlarini chimirib telefon titib o'tirgan Ezariga qaradi Felix

- Nega seni sizlay? 5daqiqa katta bo'lganing uchunmi. - telefonidan ko'zini uzgancha manosiz nigohini O'zining to'g'risidagi egiz akasiga qaratdi Ezari.

- Shu taqdirga ming lanaat senday qizniyam menga singil qilib. Yoq mayli egizak qilib ham beradimiya. - asabiylikni yoqotmagan holda mazah qildi Felix.

- Bolalar bas qiling. - farzandlarini hazl orasidan boshlanayotgan urishini to'xtatdi Minji honim - ana Aristina va Ahri ham kelishyapti.

Ahri
Aristina

Nigohlarini Ahri tomon qaratgan Felix ning yuzidan boyagi holat yo'q bo'lib. Birdan Ifodasini o'zgartirgancha unga tikildi. Yoshligidan birga katta bo'lgan hatto mehrini singlisidan ham ko'proq berib yaxshi ko'rgan bu qizga Felixning yillar davomidagi tuyg'ulari kuchli sevgiga aylanib bo'lgandi. Endi bu hislarni anglash qolgandi. Ammo yo'q yurakdagi qator kurashlar tufayli u hali bu hislarni anglashga harakat qilmayapti.

- Hayrli tong yaxshilar. Biz keldik. - yuzidagi kulgu va hech qachon yoqolmaydigan energiyasi bilan biroz bo'lsada oilaga tabassum ulashishga urindi Aristina - Ho'sh nega hammangiz og'zingizga talqon solgandek jim o'tiribsiz. - dadasini yoniga kelib o'tirgancha hammaga nazar tashlab dedi

Ahri ham Ezarini yonidan joy olar ekan. Felixga bir nigoh tashladi.Felix Ahriga jilmayib ko'z siqib qo'ydi. Felixdan nigohini olib qochgan Ahri amakisi unga qarab turganini sezdi lekin u tomon qaramay Ezarini telefondagi o'yinini tomosha qilgancha jim turdi.Amakisi unga qarab gap boshladi.

- Ahri qizim bugun Sen bilan bir joyga boramiz. - qo'llarini qqovushtirib dedi Seojun

- Olib borasizmi? - Nigohlarida umid bilan amakisiga qaradi Ahri

- Ha qizim olib boramiz Felix va men birgalikda Sen ham borasan bobong ruhsat berdi. Avval Ezarini maktabga tashlaymiz keyin u yerdan to'g'ri qabristonga boramiz. - felixga bir qarab yana Ahriga dunyolarcha quvonch beradigan bu gaplarni aytdi Seojun

- Juda hursandman ularni juda sog'inganman va nihoyat bugun ular bilan suhbatlashaman. - hursandchiligi ichiga sig'may dedi Ahri

- Ha bunga haqqing bor. Bugun akam va kelinoyimni yoqotganimizga 15yil bo'libdi. Ularni ziyorat qilib kelamiz. Sen borsang yaxshi bo'ladi. Sengaham ularga ham. - chuqur ho'rsingancha dedi Seojun

- Borasizlarmi? Bobom qanday ruhsat berdi? - bunday vaziyat birinchi bor bo'layotganiga hayron soradi Aristina

- Ha Ahir Ahrini ham haqqi bor. Va dadamning aytishi bo'yicha akam tushlariga kiribdi. - bir nuqtaga tikilgancha dedi Seojun

- Dadam tushlariga kiribdimi? - biroz holg'in qiyofada so'radi Ahri

- Ha qizim - Bosh silkib - qani endi bugun biroz kayfiyatingni och hopmi - Ahriga jilmaydi Amakisi

- Sizlar kelguningizcha biz Aristina Sen bilan do'kon aylanamiz. - Minji honim qiziga qarab qosh qoqdi.

- Menga farqi yo'q. Oyi usiz ham bekorchiman. - divanga bor og'irligini tashlagancha dedi Aristina

- Ha istefodegi litenant - Opasini ustidan kuldi Felix.

- Hoy o'chir ovozingni - shu yerdagi yostiqni olib ukasiga otib yubordi Aristina. - qamalishni hohlayapsanmi.

- Baribir istefodasiz vakolatingiz yo'q qamolmaysiz - battar mazah qildi Felix

- Men istefoda emasman. Men hozir dam olyapman. Jinni qarilar istefoga chiqadi.

- Siz ham yosh emassizku yoshingiz 25ga qarab ketyapti lekin men hali ham na pochcha na jiyan ko'rdim. - g'inshingancha mazahladi Felix.

- Hozir seni o'ldiraman Felix. - Felixni quvib ketdi Aristina - Buyoqqa kel....ahmoq bola...- yugurgancha bobosini korib to'xtadi Aristina.

- Bobo hayrli tong.. - bobosiga tazim qilgancha dedi Aristina

- Ertalabdan yosh boladek shovqin qilyapsiz nega ukangni quvayapsan Aristina - qariya Lin nabiralarining bu harakati yoqqandek tanbeh bermadi, orqasida yashiringan Felixga qarab kuldi va dedi - Yana opangni asabiylashtirayapsanmi quloqsiz bola.

- Kechiring bobo - uyalgancha dedi Felix - boshqa takrorlanmaydi.

- Hayrli tong janob Han Min - Felix salomlashdi ikkinchi bobosidek bo'lib qolgan Janob Han Min bilan.

- Hayrli tong o'g'lim. - hush jilmaydi Janob Han Min

- Qani endi dasturhonga o'taylik - Janob Lin SooMun hassasini urib sekin dasturhon tomon yo'l oldi.

Qolganlar ham kerakli inson kelganini ko'rib dasturhonga o'tirishdi. Janob Lin SooMun to'ridagi bosh stulga joylashdi ammo o'tirmadi. Keyin o'ng tarafidagi stulga Janob Seojun va uning yonidan Minji honim Minji honimning yonidan esa Felix joylashdi. Ularning qarshisidagi tomonga esa bobosining chap tomonidan Aristina uning yoniga Ezari, Ezarining yoniga esa Ahri joylashdi. Janob Han Min har doimgidek janob Linning yonida turdi.

Felix
Ezari

- Hammangizga hayrli tong boshlangan kuningiz hayrli bo'lsin. Yoqimli ishtaha. - Janob Lin shu gapni aytgancha sekin yana hassasini urib dasturhon atrofidan ketdi. Bir on to'xtadi Ahriga qaradi va yuragi o'rtandi. Keyin yana yo'lida davom etdi. Han Min bo'lsam oila a'zolariga bir nima demoqchidek turdi va dedi.

- Bugun janobim nonushtani honasida qiladilar sizlarga yoqimli ishtaha. Janob Seojun bugun ehtiyot bo'linglar sizlar bilan yana ikkita mashinada odamlarimiz ham boradi.

- Yaxshi Han Min albatta havotir olmasinlar hammasi yaxshi bo'ladi. - Bosh silkigancha dedi Seojun

Ahri bu vaziyatga e'tibor berar ekan. Negadir hayron bo'lardi. Ichida ming hil savollar javobsiz aylanardi. "Nega bobom meni hammadan yashiradi? " "Ahir meni ham boshqalarni ko'rishga ular bilan suhbatlashishga haqqim borku? " " Tashqi olamni 17yoshga to'libmanki hali ko'rganim yo'q" "Nega bu taqdir meni peshonamga bitilgan ekan. "- Bu savollar Ahrini roppa rosa 15yildan beri qiynab keladi. Ammo javob yo'q. Qachon topishini esa hech kim bilmaydi.

Keyingi navbat nonushtaga qaratildi. Hamma nonushtani odatdagidek qilib bo'lib Seojun Felix Ezari va Ahri ketishga tayyorgarlik ko'rishdi.

Time skipโฉ

Qop qora o'rmon. Zulmatdagi bir hona kabi. Daraxtlarning shox- shabbalarini chetlab o'tgancha manzili noaniq ketayotgan yigit. Qo'llariga qaradi. Qon bu qon artishga urindi. Ammo yo'q. Ketmayapti. Keyin biroz nigohini yon atrofga ko'tarib qaradi. Holsizlangan tanasi. Betartib olayotgan nafas. Va qo'llaridagi qon. Bularning barchasi uni daxshatli qo'rquvga solayapti yana eng daxshatlisi nima u hozir zulmatda qorong'uda bu uni eng katta qo'rquvi. Negadir u umidsizlana boshladi qo'rquv o'rnini umidsizlik egalladi. Lekin birdan qop qorong'u o'rmonda nur ko'rindi. Yigit egilgan boshini ko'tarib o'sha nurga qaratdi. U nur ko'zini qamashtirsada unga umid uchqunlarini hadya etdi. Yigit o'rnidan turib o'sha nur tomon yura boshladi. Va yetib keldi ham. Yerda mayin uyquda yotgan bu qiz u shunchalik mayin uhlayaptiki yigit unga bir on termulib turdi. Qiz oppoq libosda huddiki farishtadek. Tanasida qandaydir kichik beg'uborlik yashiringan. Kichkina jussasi yigit ga hozir shunchalik hotirjamlik berayaptiki buni tasvirlab berish qiyint. Yigit nogohon yerga cho'kkaladi. Qizning yuzi tomon qo'lini olib bordi. Qizning lablariga termular ekan nogohon o'zidagi uyg'ongan bu ishtiyoqni yo'q qilishga ojiz edi. Ko'ksidagi bu olovni faqatgina bir bo'sa o'chira olardi holos. Yigit qizning yuziga qo'lini olib bordi. Yuziga qo'lini tekkizgandi hamki qizning tanasi kul kabi yo'q bo'la boshladi. Yigit bu narsadan aqldan ozadigan darajaga tushdi. Qiz deyarli kul bo'lib havoga sovurildi. Yigit esa sevgilisining yo'q bo'layotganini ko'rib huddiki joni uzilgandek bo'ldi.

- Yo'q.. YO'Q.. - biroz qattiq qichqiriq va ko'z ochilishi.

Ha bu tush edi. Deyarli bir yarim yildan beri bir hil tush ko'rib kelayotgan Jimin ko'zini ochgancha o'rnidan turdi. Yotog'i yonidagi soat 8:04 ni ko'rsatmoqda.Yarim kiyimsiz tanasida turar ekan divanga o'tirib oldi. Yonida yarim yalang'och yotgan qizga qarab biroz jahl qildi va shu yerdagi soat yonida turgan idishdagi suvdan stakanga quyib ho'pladi. Keyin yerda yotgan ko'ylagini olib kiygancha honadan chiqib ketdi. Ko'p qavatli uyning to'rtinchi qavatidan pastlar ekan kastyumini orqasiga ilgancha zina orqali pastga tushdi. Pastdagi mersedez rusumli mashinasini eshikdan chiqib ko'rar ekan cho'ntagidan pult chiqarib mashinani yoqdi. Keyin sekin borib kstyumini mashina oynasidan old o'rindiqqa tashlagancha o'zi ham haydovchi o'rindig'iga joylashdi. Mashinaga o'tirgandan so'ng boshini mashina suyang'ichiga suyagancha ko'zlarini yumdi. Chuqur nafas olgancha dedi

- Yana o'sha tush. Tushimmisan o'ngimmisan bilmayman ammo Seni ro'yo bo'lishingni hohlayman. Bir yarim yildan beri seni qidiraman. Ammo topolmayapman. Yoki yo'qmisan shunchaki tushmisan. Lekin nega meni tinch qo'ymayapsan. Sening kimligingni bilmayman. Ammo seni qanchalik olov bo'lib Sevishimni bilsang edi. Meni qanchalik zaharlayotganingni bilsang edi. Seni unutish uchun har kuni har hil qizlar bilan bo'layapman. Ammo yo'q befoyda. Har safar kuchliroq sevib qolyapman.Men seni baribir topaman va bir kuni seni o'zimniki qilaman. Sen faqat ro'yo bo'l tush bo'lma. - Jimin bu hayollarni o'tkazgancha ko'zlarini ochdi. Va yonida ovozsizligidan vizzillayotgan telefoniga qaradi.

- Eshitaman.. Yaxshi qo'rqoq.. Baribir inidan chiqibtida... Hozir boraman.. Manzilni qayer deding.. Qabriston nima borishga boshqa joy qurib qolibdimi? .. Hop yaxshi hozir boraman yigit larni yig' meni o'sha yerda kuting.

Jimin telefonni qo'ygancha mashinani o't oldirdi. Bir necha daqiqadan keyin mashinani balonini chuqur ovozi chiqqancha ko'p qavatli bino oldidan yo'q bo'ldi.

Jimin

Time skip โฉ

Hayotning zavqi shavqi bo'layotgan London shahrining aeroport yo'lakchasida o'z reysini kutib o'tirgan yigit sabrsizlarcha telefoniga qarab qo'yardi. Hali vaqt bor. Samolyot hali beri uchmaydi. Ammo yigitning sabr kosasi to'lmoqda tezroq bu shaharni tark etishni istaydi. Negadir vaqtni tezroq o'tkazish maqsadida qahva ichishni istadi. Shu yerdagi kichik do'kondan qahva olib ichish maqsadida o'rnidan turdi. Keng qop qora rangdagi paltolari yurganida hilpirar ekan do'kon yoniga borib mayin jilmaygancha dedi.

- Menga bitta kapuchino. Iloji bo'lsa shakari kam bo'lsin. - do'kon derazachasiga suyangancha dedi Taehyung.

Biroz daqiqalardan so'ng qo'liga qahvasini olgancha ortiga burilar ekan. Cho'ntagidan telefonini titgancha yo'lida davom etdi. Yo'lida ketar ekan birdan nimadir tanasiga urilgani. Va terisida biroz achishish hissidan g'azabli nigohini yonidagi unga urilgan qiz tomon qaratdi.

- Oy.. Kechiring.. Ko'rmay qolibman.. Men buni to'g'irlayman. - qiz afsus to'la nigohini yigit ga qaratib sumkasidan nam sochiq oldi va yigit ni kiyimiga qarab endi artaman deganda qo'lidagi boshqa bir begona qo'l tomonidan to'xtatilish hissini sezdi.

- Shart emas.. Bunchalik havotirga o'rin yo'q. - Taehyung Suminni qo'lidan ushlagancha o'ziga yopishtirdi. O'zini begona yigit ko'ksida sezgan Sumin tartibsiz nafas ila Taehyunga boqdi. Bu tund nigohlar bilan to'qnashgan qizning nigohlari negadir g'alati hislarga to'ldi.

- A.. Uzur.. Men shoshayotgandim. - Taehyungni baquvvat qo'llaridan chiqqan Sumin shoshgancha qadamlarini tezlatdi. Bu to'qnashuvdan hayajonga tusharkan ortiga qaradi. Hali ham undan ko'z uzmay qarayotgan tund nigohlar bilan yana to'qnasharkan to'g'riga qaragancha yo'lida davom etdi.

"Tartibsiz nafasing va boshliqsiz nigohing meni o'ziga bog'ladi go'yoki menga bir o'q otildi va men yaralandim. Ichimda Sen bilan bo'lish ishtiyoqi uyg'ondi."- yigit hayollarini biroz tartiblashga urinarkan aeroportning ovozi yangrab ketish vaqti bo'lganidan turtki berdi.


Samolyot o'rindig'iga borib joylashgan Taehyung boshini o'rindiqqa qo'yib ko'zlarini yumdi. Chuqur nafas ila yana hayolidan Sumin bilan bo'lgan 15-daqiqa avvalgi voqaeani esladi. Hayolida Suminning yotoqdagi ko'rinishini gavdalantirar ekan. Labining bir uchi kulimsiradi. Taehyungda uyg'otgan shaxvoniy hislarni endi faqatgina o'sha qizning o'zi so'ndiraoladi holos.

- Negaligini bilmaymanu qaytib uchrashishimizni yuragim sezayapti. O'sha shoshqaloq nigohing bilan yana to'qnashishni istardim. Ha mayli hozircha zahira omborimda turib tur chunki hali meni ishlarim ko'p vaqti kelganda seni o'zim topaman qizaloq.

Taehyung ning samolyoti biznes klassda hashamdorligida tengi yo'q bo'lgan joyda bo'lsa, Sumin ham huddi o'sha samolyotda faqat ekonom klassda edi. Ikki yurak bir birini sezyaptimi negadir Sumin ham Taehyung bilan bo'lgan voqealarni hayolidan o'tkazardi. Lekin hozir emas vaqti bor. Huddi Taehyung dek Sumindaham hayotiy rejalar ko'p shunday ekan hali beri sevgiga vaqt ajarata olmaydi. Vaqti kelganda ular bir birlarini topishadi.

- Menimcha kulish emas yig'lashing kerak. Aysh.. Shu zahotiyoq o'lib ketishni istayapman.. Peshonam sho'rligidan ikkinchi oilaning farzandi bo'lib tug'ulgan ekanman.. - Sumin shu gaplarni aytgancha telefonidan kimgadir habar yoza boshladi.

- Honim telefoningizni o'chirib qo'ying iltimos. - shu yerdagi stuardessa qizning ogohlantirishidag cho'chib unga qaradi Sumin.

- Aa.. Aha hop.. O'chiraman. - bosh silkigancha telefonidagi ishni yakunlab o'chirdi. Va u ham boshini o'rindiqqa suyab deraza orqali tashqi atmosferani tomosha qilib ketdi.

Taehyung
Sumin

Time skipโฉ

Sovuq shamollar esarkan. Kuzning sovuq to'lqinlarini his qilishga undardi. Ammo bu paytda ko'ngil ochadigan joyda bo'lish balki insonni kayfiyatini ko'tarar. Ammo qabriston yonida bo'lish insonni havo tufayli buzilgan kayfiyatini battar buzishga undaydi.

Ikki qabir yonma yon joylashtirilgan. Birida Lin Yosuk birida Lin Minhi ismlari bitilgan qabr yonida tik turgan qizning esa bu ismlarga qarab ko'zlari yoshlandi. Bir qatra yosh ko'zidan chiqib yerga dumalarkan nogohon titroq ila dedi.

- Men...Sizlarsiz yashayapman... Hayotim chiroyli havotir olmang bobom menga juda yaxshi qarayaptilar.. Meni shunchalik yaxshi ko'radilarki hatto uydan chiqarmay qo'riqlaydilar.. Nega yig'layapsan?.. Shuncha yillik uchrashuvimizni yig'i bilan o'tkazmoqchimisan demoqchimisiz... Bu ko'zyoshlar menga bo'ysunmayapti... Balki quvonchimdan yig'layotgandirman... Ammo... - bir on ko'zlarini yumdi. - Men sizlarni sog'indim... - endigi ko'zyoshlari sizib chiqib otila boshladi. Ahri ushlab turmadi. Aksincha qo'yib yubordi. Shunchaki yillar davomida to'planib kelgan sog'inch hissini hozir to'kib sochmoqchi holos

Ahrini yig'layotganini ko'rgan amakisi kelib uni ikki yelkasidan siqdi. Va mayin quchoqladi. Qiz tinimsiz hiqillab yig'lardi.

- Bo'ldi.. Qizim.. Yig'lama hammasi yaxshi bo'ladi... - qizni yupatgancha boshidan siladi.

- Amaki.. 16-yil ... Men ularni 16-yildan beri ko'rmayman... Men ularni yuzini unutayapman amaki... - amakisining quchog'iga battar kirarkan yig'lashda davom etdi.

- Bilaman.. Qizim bilaman... Lekin ular seni yig'layotganingni ko'rishmasin hopmi qani ko'z yoshingni art... - Ahrini bag'ridan chiqargancha ko'z yoshlarini qo'li bilan artdi. - Qani endi ular bilan hayrlash ketamiz hop..

- Hop.. - Bosh silkigancha dedi Ahri


Qabriston eshigi yonida turgan Yigit telefonidagi habarga qarab bir on asabiylashib dedi.

- Jin ursin.. Ming lan'at - asabiy mashina ustiga mushladi. Yigit

- A'lo... Qayerdan topibdi.. Faqat hozir emas.. Yonimda juda muhim inson bor uni hech kim ko'rishi mumkin emas... - Felix asabiylashgancha telefonda gaplashdi.

Bir necha daqiqa va Felixning boshi ortida qattiq narsa sezildi va chiqr etgan tovush yangradi. Ha bu to'pponcha va uni otishga tayyorlashyapti.

- Demak sichqon inidan chiqibti shundaymi? - yigitning sovuq ovozi yangradi.

- Faqat hozir emas Jimin. Bu yerda emas. Men seni o'zim topmoqchi edim.- Hozir bo'lishi mumkin bo'lgan voqealardan yuragi qinidan chiqay deyayotgan Felix qimirlamastan dedi.

- Men usiz ham maktab yoshidagi bolalar bilan o'yin o'ynamayman. Lekin Sen va sening o'sha do'sting negadir joningizdan to'ygan ko'rindingiz. - Felixni o'ziga qaratgancha dedi Jimin

- Bunday qilolmaysan. Bobom seni yo'q qiladi. - inkor ifodasida dedi Felix

- Tupurdim o'sha Lin Soomun ga - to'pponchani battar tiragancha dedi Jimin

Felixning mashinasi Ahri va otasi turgan joydan chetroqda joylashgani uchun Felix biroz hotirjam tortdi. Chunki nima bo'lgan taqdirda ham Ahrini hech Kim ko'rmasligi kerak. Jimin esa Agar shu vaziyatda o'sha tushidagi qizning ro'yo ekanligini ko'rsa keyin nimalar bo'lishini tasavvur qilish ham qiyint. Huddi tinch ketayotgan poyezdning halokatiga o'xshaydi.

- Jimin menga imkon ber. Ikki kun o'sha dorilar senda bo'ladi. Faqatgina ikki kun. - Felix Jiminni tinchlantirishga urindi

- 24-soat va dorilar o'z joyida to'liq bo'lsin aks holda manashu peshonanga o'qlarimni joylayman. - To'pponchani Felixga tiragancha oldi Jimin.

Jimin to'pponchasini orqa kamariga joylarkan yonidagi Felixning notinch nigohlarini kuzatdi. Va atrofga nazar tashladi. Jimin uzoqdan mashinaga chiqayotgan qizga ko'zi tushdi. Jiminning ko'ksida nimadir g'alayon qila boshladi. Olov bo'lib yonayotgan nigohi qizga qaratilar edi.

O'sha tushidagi sochlar. O'sha tushidagi kichik jussa. O'sha tushidagi mayin tana. Hammasi o'sha edi. Ammo faqatgina bir narsa uning ko'zlariga ko'rinmadi. Jimin qizning yuzini ko'ra olmadi. Shamol orqali biroz to'zg'igan sochlari va uning ortidan kelib yashirgan erkak tanasi uning yuzini ko'rishga imkon bermadi.

Ahri
Jimin

Ammo sevgan qalb uchun shuncha dalil isbot yetarli.

Felix Jimin Ahrini ko'rganini sezmay endi ketaman deb ortiga o'girilganida Jimin uni to'xtatdi. Bo'ynidan qo'llarini o'tkazgancha to'pponcha tirab dedi Jimin

- To'xta to'xta. Bugun nega qabristonga keldingiz?

- Nima?.. Senga nima - Felix havotir ila asabiy javob berdi.

- Men sendan so'rayapman. Hozir tepgini bosaman. - Jimin to'pponchani battar tiradi.

- Marhum amakim va hotinining qabrini ziyorat qilgani - Biroz tartibsiz qo'rquv aralash javob berdi Felix.

- Dadangni yonidagi qiz Kim edi Singlingmi.

- Buni senga aytmayman.

- Unda bugun o'lasan.

- Mayli o'ldir. Ammo aytmayman. U qiz bilan ishing bo'lmasin janob Park dorilaringni yetkazib beraman ammo u qiz haqida aytmayman. - Jimin Ahrini gapirayotganini bilgan Felix birdan jiddiylashdi.

- Yaxshi O'zing hohlading.. - Jimin bir qo'li bilan telefonini oldida dedi - O'q uzing katta qora mashinaga. - buyruq berildi va o'q ovozi yangradi.

Atrofni o'q ovozi qurshab oldi. Va shu on katta o'sha qora mashinaga o'q otila boshladi. Ammo albatta Janob Linning bunchalik qo'riqlaydigan nabirasi albatta o'q o'tmaydigan mashinada harakatlanar edi. Va mashinadan o'q o'tmadi. Ammo o'q ovozlari ham tugamadi.

- Amaki nima bo'layapti o'zi. - o'q tovushlaridan qo'rqan Ahri savol berdi.

- Mashinani hayda. Hech nima bo'lmayapti qo'rqma Qizim hammasi yaxshi. - haydovchiga buyruq bergancha Ahrini tinchlantirdi Seojun.

- Felixchi.? - yana savol berdi Ahri.

- Odamlarimiz shu yerda uni himoya qilishadi.

Nima bo'lgan taqdirda ham. Ahrini olib ketish kerak bo'lgan bu vaziyatda. Og'lini hayotini xavfga qo'yish hozir janob Seojun uchun qiyint edi. Ammo ketish kerak. Ilojsizlik.


Jiminning qurshovida turgan Felix birdan puxta zarba bilan Jiminni qorin qismiga urib uni qo'lidan chiqdi. Deyarli ikki qadam qolgan mashinasiga tezlik bilan o'tirarkan mashinani o't oldirdi. Va bu yerdan g'oyib boldi.

- Jin ursin seni.... Ming lanat baribir topaman.. - Baqirgancha dedi Jimin g'azab bilan.

Yo'lda ketarkan Felix zudlik bilan telefonini olgancha kerakli raqamga telefon qildi.

- Alo dada.. Yaxshimisizlar.. Ahri yaxshimi... Ha uyga boraylik tushuntirib beraman... Yaxshi...

Jimin qoldi yana qator savollar Bilan. Ammo yuragi anniq bilayaptiki bu o'sha qiz tushidagi o'sha uni qiynayotgan qiz anniq o'sha.

Felix

1-qism tugadi.
Author: Lin Ahri