March 10

๐ƒ๐ž๐ฌ๐ข๐ซ๐ž | ๐Š๐ฎ๐ญ๐ข๐ฌ๐ก

Episode - 5

Ko'zlarimni ochishga kuchim yetmayapti. Go'yoki dunyo ko'zlarim ustida turgandek o'zimga kelishni istamayman. Ammo bu ahmoqlik ekanligidan xabarim bor. Qulog'im ostida havotirli tovushlar yangrayapti. Ammo men negadir charchagandekman. Yuragimdagi og'riq go'yo butun tanam bo'ylab yurayotgandek. Kipriklarim bir birini quchib olgan kabi ko'zimni ochishimga yo'l qo'ymayapti. Tanamni deyarli his etmayapman. Xiyonat meni bunchalik sindiradi deb o'ylamagandim. Maromida ketayotgan hayotimni izdan chiqargan sevgini esa hattoki tilimga olishga nafratlaman. - Mella

Yorug'ligi maromida bo'lgan xonaning markaziga o'rnatilgan yotoqda yotgan qiz deyarli qimir etmasdi. Kipriklari pirpirasada o'ziga kelishni istamasdi. Shifoxona palatasidagi dorilar hidi hozir qizning uyg'onishiga va notinchlanishiga undamoqda. Kipriklaridagi namlik aralash ko'zini ocharkan boshida ko'zi oldida hira tasvir paydo bo'ldi. Keyinchalik tiniqlashgan ko'z nuri bilan atrofga boqarkan kravati yonida uxlab qolgan Nirega ko'zi tushdi. Mella biroz notinchlangancha harakatlanishga urunarkan Nire ham uyg'onishga ulgurdi.

- Mella o'zinga keldingmi? - Nire tezda uyg'onarkan ko'zini ishqab Mellani qo'lidan tutdi

- H..haa menga nima bo'ldi. - Mella sekin boshini balandroq joylashtirgancha Nirega qaradi.

- Bog'da Jimin va Sevgilisini ko'rib shu axvolga tushding.

- Jirkanchlar - Mella asabiy boshini ushlagancha tili orasida so'kindi

- Ularni unut. Bu axvolga tushishinga arzimaydi. Osha ablah Jimin - Nire ham asabiy ohangda dedi

- Haa bu yerdan chiqib olishim bilan birinchi qiladigan ishim o'sha ablahni hayotimdan o'chirish - Mella ham chuqur ho'rsingancha nafratli ohangda dedi.

- Yaxshiyamki Jungkook bor ekan bo'lmasa ertalabgacha yetib kelmasding - Nire keyingi gaplarni kulib aytgancha o'rnidan turarkan Mella kechagi voqealarni sintez qila boshladi.

- Jungkook. U bilan qochganimiz Jimin sevgilisi yoo hudoyim amakim. Amakim meni bu yerdaligimni biladimi? - Mella deyarli hammasini eslagancha qichqirib savol berdi.

- Yo'q faqatgina oyimning habari bor.- Nire tinchlantirgancha idishga suv to'ldirib Mellaga uzatdi - Buvingni qanchalik yomon ekanligini va dadang buni bilsa seni o'ldirishini hisobga olsak aytmadik.

- Huff hudoga shukur - Mella chuqur nafas olgancha suvni ho'pladi.

- Boshqa o'zingni yo'qotma - Nire ogohlantirgancha qo'lini niqtadi.

- Bunday vaziyatdan hatto o'zim ham jirkanyapman. - Mella peshonasini ushlagancha dedi.

- Lekin Jungkook rostdan kelishgan yigit ekan qo'lida huddi malikalardek turganding uni havotirini ko'rib men hayron qoldim - Nire tirjaygancha dedi.

- Bas qilsangchi shu sevgini deb hozir shu axvoldaman. - Mella Nire ni turtib qo'ydi.

- Mayli buyog'i vaqtga havola anavi Jimindan uzoq tursang bo'ldi.

- Yaqinlashishiga ham yo'l qo'ymayman. - Mella ko'zini Niredan uzgancha boshqa tarafga qaradi.

.

**

Shifoxona zalidagi atmosfera yoz bo'lgani uchun issiq ammo muzdek kafellardan chiqayotgan namlik havoni sovutishga hizmat qilmoqda. Zal bo'ylab Qatar terilgan o'tirg'ichlar kutish uchun mo'ljallangan edi. Shu o'tirg'ichni egallagancha kutayotgan ikki yigit ichkaridan kimdir chiqishini kutishmoqda. Jungkook deyarli asabiy ikki qo'lini siqqancha o'tirsa Taehyung Jungkook ning asabiylik sababini hozir anglolmayapti.

- Unga hechnima qilmaydi Jungkook balki asabiylashishni bas qilarsan - Taehyung endi sabr qilolmay gap ochdi.

- Meni Jiminning ablahligi asabiylashtiryapti. Qiz ahir uni deb shu axvolga tushdi. Ammo u hatto uni axvoli bilan qiziqib bir marta telefon ham qilmadi. - Jungkook endi asabiy ohangda gapirishni boshladi.

- Jiminni bolalikdan taniysanku ahir u pul va obro' turgan joyida hatto o'z oilasidan voz kechadi.

- Bu pul yoki obro' emas nafs masalasi Taehyung - Jungkook qoshini chimirgancha bir nuqtaga tikildi.

- Nima bo'lsa ham endi Mellani Jimindan uzoq tutish kerak bo'lmasa axvol og'irlashadi. - Taehyung tanasini o'tirg'ichga tashlagancha dedi.

- Havotir olma buni o'zim kafolatlayman. - Jungkook tasdiqlagan ko'yi qo'rqinchli nigohlari bilan Taehyung ga qaradi.

- Sen nega Mella uchun bunchalik qayg'uryapsan yoki...

- Yo'q yo'q bu sevgi emas. Hamma narsani sevgiga burma. Qizning axvoliga qisman men ham tushdim - Jungkook rad etgancha Bosh silkidi.

- Qanaqasiga Nima Fantom ning qizi asl basharasini ochdimi? - Taehyung end jiddiyroq turib dedi.

- Ha uni ismini ham aytishni istamaydigan darajada nafratlanaman undan.

- Bu yaxshi chunki u senga mos emasdi. Onangni shuncha qiynalgani yetar unga Pauna degan balo ortiqcha - Taehyung endi maslahat berishni boshladi.

- Ha endi u hayotimda yo'q. Bo'ydoqman - Jungkook lab chetida kulimsirab gapirdi.

- Shunaqa degin do'stim - Taehyung ham unga jilmaygancha yelkasiga qoqib qo'ydi.

Bu vaqtda esa Nire palatadan chiqdi.

- Nire Mella yaxshimi? - Jungkook Nirening yoniga borgancha so'radi.

- Ha yaxshi yoniga kirishingizni xohlayapti keyin unga javob berisharkan ketardik - Nire ichkariga ishora qildi.

- Yaxshi men oldiga kiray - Jungkook eshikdan ichkarilab ketdi.

Nire esa biroz chuqur nafas olgancha Taehyung tomon yurarkan Taehyung Nire ga qaragancha o'rnidan turib qizni bag'riga bosdi. Sochlari orasiga yuzini ko'mgancha bo'yniga labini bosarkan chuqur bo'sa oldi. Nire esa o'zidan bo'yi ancha uzun bo'lgan yigit uchun oyoq uchida turgancha bo'ynidan qo'lini o'tkazdi. Namlangan yoshlari Taehyung ning bo'yniga tomarkan yigit qizni quchog'idan chiqarib yuziga boqdi.

- Nire nozik gulim mening nega yig'layapsan - Taehyung qizning ko'zidagi yoshni artgancha dedi.

- Mella. - qiz yig'i aralash arang dedi - kecha uni yoqotib qo'yaman deb juda qo'rqdim Taehyung - Nire endi birdan ko'zidagi shashqator yoshlarni qo'yib yubordi.

- Hoy kichkintoy tinchlan. Mella kuchli qiz bizni hech qachon tashlab ketmaydi. - Taehyung Nireni bag'riga qayta kiritdi va sochlaridan siladi.

- Taehyung men dadam bizni tashlab ketganlaridan keyin o'rganib qolgan insonlarim mendan ketib qolishidan yoki yo'qolib qolishidan judayam qo'rqaman. - Nire hiqillagancha dedi.

- Senga vada beraman. Men hech Qachon seni tashlab ketmayman. Umrbod yoningdaman. Endi esa yig'lama gulim - Taehyung Nirening yoshlarini artgancha yelkasidan quchib shu yerga o'tirg'izdi.

.

**

Yorug' shifoxona palatasiga kirgan yigit endigina kasallik yotog'idan turgancha sochlarini ortga tashlayotgan qizni ko'rdi.

- Hali tuzalganingizni doktorlar aytmadi. - Jungkook o'rnidan tez turgan Mellaga qarab qoshlarini chimirdi.

- Men esa kasalligimni his qilmayapman. - Mella ortiga o'girilgancha Jungkook ga qararkan jilmayib dedi.

- Dam olishingiz kerak Mella shifokor tayinladi - Jungkook Mellaga yaqinroq qadam tashladi.

- Istamayman shunchaki uyga ketgim kelyapti - Mella esa biroz yoshbolacha ohangda Jungkook ga tikildi.

- Uyda dam olishga vada bering - Jungkook o'zidan bo'yi ancha kichkina qizga qo'lini niqtab dedi.

- Vada beraman. Haa aytmoqchidek meni o'sha yerda tashlab ketmaganingiz uchun rahmat - Mella yigitga jilmayib qo'ydi.

- Sizni qanday o'sha yerda tashlab ketardim. - Jungkook qizga tikildi.

- Ahir tashlab ketishdiku ba'zi birlar - Mella ensa qotirgancha ko'z yoshlarini yashirdi.

- Uni unuting. Hayolingizda bunday iflos odamlar aylanishini istamayman. - Jungkook qizga tomon yana bir qadam tashladi.

- Do'stingiz haqida bunday gapirmasligingizni Istardim. - qiz Jungkook dan uzoqlashdi.

- U menga do'st deb kim aytdi? - bir qoshini ko'targancha savol berdi Mella

- Tushunmadim. Ahir yaqinsizku - Mella biroz esankirab qoldi.

- Mella buni tarixi uzun sizga keyinroq aytib beraman. Hozir bu narsalar bilan boshingizni og'ritmoqchi emasman. - Jungkook gapni burishga urundi.

- Keyinroq - Mella shu so'zga urg'u berdi - biz yana uchrashamizmi? - keyingi nigoh savol Ila qadaldi.

- Men begona bo'lishimizni istamasdim - Jungkook ohangida g'alati tuyg'u sezildi.

- Uyga ketishim kerak menimcha uchrashuvni esa o'ylab ko'raman.

- Men javobingizni intiqlik bilan kutaman. - Jungkook ohirgi so'zlarni aytgancha qizga chuqur tikildi.

- Ko'rishguncha - Mella shu gapni aytgancha palatadan tashqariga chiqdi.

Ichkarida qolgan Jungkook esa hursandligidan deyarli qichqirib yubordi.

.

Time skip โžก๏ธ

Keng uyning eshiklari ochilarkan ichkariga kirgan ikki qiz biroz charchoqdan uff tortishdi. Qo'rg'onning kattalik darajasi hashamatiga mosligi tufayli katta zinalardan ikkinchi qavatga ko'tarilish uchun o'rnatilgan edi. Qizlar zina tomon yurisharkan mehmonxonadan chiqqan ayol qizlarni e'tiborini o'ziga qaratdi.

- Keldingizmi? Nireyim yaxshimisan - Mellaning onasi Nire bilan quchoqlashib dedi.

- Yaxshiman xolajon o'zingiz salomatmisiz - Nire ham uzoq vaqtdan beri sog'ingan xolasini bag'riga bosib jilmaydi.

- Haa menda hammasi yaxshi bugun men ham oyingni yoniga bormoqchi edim

- Uydalar bemalol borsangiz bo'ladi - Nire jilmayib dedi.

- Hop qizim. Sizlar yuqoriga chiqib biroz dam olinglar. - Mellaning oyisi qizlarni yonidan uzoqlashdi.

- Oyim rostdan bilmas ekanlar - Mella zinadan chiqish barobarida Nirega pichirladi.

- Aytmadik dedimku. Faqatgina oyim xabardorlar agar xolam bilsa hammasi tamom ikkimiz ham tamom bo'lamiz - Nire Ham Zinadan chiqarkan Mellaga dedi.

- Eshik yopildi. Menimcha oyim ketdi - Mella pastdagi eshikning yopilgan tovushini eshitgancha Nirega dedi.

- Haa menimcha ham - Nire birdan telefoniga kelgan xabardan yuzi yorishib ketdi.

- Nega tirjayyapsan - Nirega yaqin kelib telefoniga qaradi.

- Ouv bizni moviy ko'z shaxzodamiz xabar yozdilarmi? - Mella Nireni turtgancha kulib qoyarkan Nireni yuzi qizarishni boshladi.

- U bilan judayam baxtliman. - Nire gapni davom ettirdi.

- Buni bilardim. Shuning uchun ham unga seni ishondim.

- Rahmat egizim. Seni yaxshi ko'raman. - Nire hursand bo'lgancha Mellani quchdi.

- Men ham seni yaxshi ko'raman. Borlig'im - Mella ham Nireni quchgancha dedi - Ketdik endi biroz dam olaylik.

- Yuraqol - Nire bilan Birga xonaga kirishdi.

.

**

Tun. Soat 00:45

Uyqusizlikdan qiynalayotgan qiz o'zini har tarafga tashlarkan ohiri yotoqda joylasha olmay o'rnidan turdi. Uzun sochlari ochiq yelkasini yoparkan. Ustiga yengil halatini tashlagancha balkonga chiqdi. Toza havodan nafas olishga urunarkan baribir imkon yo'qdek edi. Yuragidagi og'riq va alam qorishib daxshatli hislarni uyg'otayotgandi. O'zini qadrsiz his qildi. Ko'zlarini chirt yumib osmonga tikildi. Bir necha daqiqa shunday turgan qiz ohiri ko'zlarini pastdagi mashina tovushlarini eshitgandan so'ng ochdi. Pastdagi qora Porsche dan tushgan Jiminni ko'rgan Mella tezda ustki tungi kiyimiga ham qaramay tashqariga chiqdi. Xonasidan tashqarilaganini ham biladiki Jiminni ko'rdi. Jimin ham Mellaga qarab joyida to'xtab qoldi. Qizning kalta shoyi matodan tikilgan tungi kiyimi va uning etagidan ko'rinib turgan oppoq sonlari Jiminni hayolini bir on tartibdan chiqarib yubordi.

- Nega bu vaqtgacha uxlamading - yigit ko'zlarini olib qochgancha qizga savol berdi.

- Bugun Sen jim turasan. Savolni endi men beraman. Sen esa faqat javob berasan - Mella o'zida qatiy turib dedi.

- Seni eshityapman. - Jimin sovuq ifodada dedi.

- Nega menga bunday qilding - Mella arang ichidan gaplarni chiqardi.

- Mella men. Seni sevib qola olaman deb O'ylagandim ammo...

- Nima ammo? Nima ammo Jimin. Nega o'yin qilding nega meni ishonchimni sindirding - Mella endi ko'zidagi yoshlarni tutib tura olmadi

- Mella bas qil. Bo'lib o'tganlarni unut. Endi esa xonanga kir - Jimin qizni chetlab o'taman deganda Mella uni ortidan turib dedi.

- O'zi to'g'ri aytishgan ekan. Yetim qo'zi asrasang og'zi burning moy qilar yetim bola asrasang og'zi burning qon qilar deb. - Mella tili orasida shivirladi ammo buni Jimin eshitdi.

- Ha. Men shunday insonman. Ota tarbiyasini ko'rmagan. Onasini foxishaligini biladigan. Akasining xotinini oilasi hisobiga kun ko'radigan hatto qizlardan pul o'ndiradigan insonman. Men seni aslida hech qachon sevmaganman. Shunchaki senga uylansam. Otangning shuncha boyliklari yakkayu yagona qiziga qolishini bilardim. Ammo seni injiqliginga chidolmadim. Chidamayman ham men Demina ni sevaman. Sendek qizni sevib qolmasdim ham - Jimin g'azab va alam aralash gapirarkan Mella deyarli ichida sinib bo'lgandi.

- Jirkanchsan. Razilsan. Ablah non ko'rsan - Mella ko'z yosh orasida Arang dedi.

- Haa. Chunki bu menman. Park Jiminman. Mendan sevgi kutma Li Mella akamni oilangiz shuncha ho'rlaganiga qaramay men yana senga mehr ko'rsatishimni kutmassan.

- Sen yetimvachchada mehr tuyg'usi oz bo'lsa ham bor ekan shunisiga hursandman. Bilasanmi endi afsusda emasman. Xato qildim deb qo'rqmayman. Chunki Sen tugadi deganingda men aybni o'zimdan izlagandim. Endi tushundim hammasi to'g'ri ketyapti. Hayotimdan chiqqaning yaxshi ekan

- Hohlasang yana hayotinga kiraman. - Jimin Mellaga yaqin kelgancha kalta etagdan ko'rinib turgan sonlarni siladi. - Meni har kecha qondir yana seni deyman. - Endi Jimin yuziga kelib tushgan tarsakidan Melladan uzoqlashdi.

- Sen borib o'sha Demina ga bu taklifingni ber. Kim bilsin balki u qiz bola ham emasdir. Lekin senga mos - Mella g'azab bilan shu gaplarni aytgancha yugurib xonasiga kirib ketarkan Jimin yuzini ushlagancha o'zi qorong'u zalda qoldi.

Time skip โžก๏ธ

Tun. Qorong'u xonani oy shulasi yoritmoqda hayot maromida ketarkan Iyul oyi ham boshlanishga ulgurgandi. Har bir tunda bo'lgani kabi bu tunda ham balkon eshiklarini ochiq holda qo'ygancha o'zi ichkaridan balkonga tushayotgan oy shulasiga tikilgan erkak viskini ho'plashda davom etdi. Xonasidagi eshikning ochilib ichkariga kirgan insonning ovozi ham Fantomni diqqatini chalg'itmadi. Ichkariga kirgan qariya Fantomning qarshisiga kelib joylasharkan Fantom nigoh qiri bilan unga qaradi.

- Men kelmasam o'zing borishni hohlamaysan chog'i - Erkakning vishillagan ovozi xona bo'ylab yangradi.

- Ishim ko'p - qisqa javob va stakandagi alkogolni ho'pladi.

- O'g'rivachchalaring keltirgan foydani 50% tugul hatto bir fozini ham ko'rmadim - erkak chaynalishda davom etdi. - Jiyanimni bekorga bu ishga qo'shganim yo'q undan foyda chiqmayapti

- Usiz ham jiyaning Sen bilan yashamayapti asl yuzingni ko'rgan - Fantom o'tkir nigohini Qarshisidagi erkakga qadadi.

- Kelishuvchi - davom etdi erkak.

- Katta ish boshlaganman. Mo'maygina daromad keladi. Agar hal bo'lsa teng yarmi senga - Fantom lab chetiga jilmaygancha tanasini charm kresloga tashladi.

- Balki faolroq bo'larsan Fantom. Chunki men kutishni yoqtirmayman. Agar o'yin qilsang seni o'ylab ham o'tirmay yo'q qilaman. Mol u davlat yo'lida hatto akamni qurbon qilganman. Sen men uchun bir zararkunandasan - Erkak sekin o'rnida qo'zg'algancha Fantomni yelkasiga urib xonadan chiqib ketdi.

- Qaniydi keyingi nishonim aynan sen ekanliging haqida bilganingda edi. Katta Jeon - Fantom mazxaromuz jilmaygancha xona bo'ylab shivirladi.

5 - qism tugadi.
Author: Li Mella