π ~ πΏππ§π π‘ππ¬ ~ π
~ Agar dunyo mendan teskari bo'lsa sen dunyoga qarshi chiqib yonimda turmas ekansan nega sevding meni?
Tong nafasi keng xonani quchishga ulgurgan. Yotoqdagi vanilla ifori esa butun uyni tutib olgan. Xona keng va yoruq. O'rtada joylashgan katta yotoqda ikki tana bir birini bag'riga olgancha uyquda edi. Hech qanday g'amlar va dunyo tashvishlarisiz. Dunyoning muommolari hozir ularga qiziq emas edi. Quyosh bugun Chiqishni reja qilmagan ammo bulutlar orasidan ko'rinish berayotgani tufayli tashqarida tong otgani belgilari bor edi. Ichkaridagi iliqlikda Seokjinning quchog'ida yotgan qiz uyg'onish hissini tuya boshladi. Minsu qimirlagancha bezotalanarkan Seokjin ham bag'ridan chiqishga urinayotgan qizning bezotaligi tasirida uyg'ondi.
- Hoy qimirlashni bas qil - Seokjin Minsuni qattiqroq bag'riga olgancha ko'zini qayta yumdi.
- Ahir allaqachon tong otdi. - Minsu yana tipirchiladi.
- Men peshingacha uxlayman. - Seokjin g'inshingancha dedi.
- Men ishga ketishim kerak - Minsu yana bahona qilgan bo'ldi.
- Bugun dam olish kuni - Seokjin bildirgan bo'ldi.
- Sehun kelib qolsachi - Minsu yana dedi.
- O'zim jonini olaman. - Seokjin yana javob bergan bo'ldi.
- Agar odam o'ldirsang seni himoya qilolmayman Jin - Minsu biroz g'inshinarkan Seokjinga tomon o'girildi.
- Men sen uchun tog'larni talqon qilaman. Qamoqxona devorlari nima bo'libdi. - Seokjin qizning lablaridan kichik bo'sa olgan bo'ldi.
- Bunday qilma. Jinoyatchi bo'lma bunday insonni sevolmayman. - Minsu ko'zlari qizara boshladi.
- Sen rostdan ham tuppa tuzuk aktrisa ekansan. Kechaga mening qarshimda kuchli va qatiyatli sudya eding endi esa yig'loqi va erkatoy qizaloqqa aylanibsan - Seokjin hazl aralash xonani to'ldirib kuldi.
- Yaramas - Seokjinni ko'ksidan itargancha zarda bilan yuvinish xonasiga kirib ketdi Minsu
Seokjin uning ortidan kulgancha qarab qolarkan yana boshini yostiqqa ko'mdi.
Time skip | Politsiya mahkamasi
Deyarli shovqinli zalda asabiylik va taranglik avj olgan. Politsiya xodimlari uyoqdan buyoqqa yugurarkan bugungi ishlar har kungidan ham qaynagan va ko'p edi. Sehunning qichqiriq ovozlari butun mahkamani tutgan edi. Hayolotni tartiblash tugul hayol surishni o'zi xavfli bo'lgan bir paytda Sehun ning yordamchisi yani kotibasi hayol surish bilan band edi.
- Menga qaxva keltir keyin o'zing ham tushlik qilib ol Sena - Sehun hayolidan chalg'imagan qizga dedi - Sena - eshitmaganini payqab takrorladi Sehun - Sena senga gapiryapman - Ohirida biroz baland ovozda qichqirdi.
- Ha eshitaman janob - shoshgandan jiringlamagan telefonni qulog'iga qo'yarkan Qarshisidagi insonga dabdirab qaradi Sena
- Telefon - Sehun Senani qulog'ida aslida jiringlamagan va qo'ng'iroq bo'lmagan telefonga qaradi.
- Bir daqiqa gaplashib olay janob - Sena yolg'ondan o'zini gaplashayotgandek tutdi.
- Sena telefon kelmaganini bilaman. Soatga qara tushlik vaqti bo'ldi. Yaxshisi o'rningdan tur biroz ovqatlanib ol balki shunda ishga masulyatliroq bo'larsan - Mehribonlik orasida chaqib oldi Sehun.
- Uff lanati. Buncha hayol surasana Sena - Sena asabiy o'zini lanatlagancha peshonasiga urarkan eshikka qarab ketayotgan Sehunga qaradi.
- Balki tezlasharsan Sena - qayta baqirdi Sehun
- Ketyapman - dovdiragancha sumkasini olib Sehunning ortidan yugurdi Sena
Shinam kafeda fast Fud uchun mo'ljallangan katta burchak tashkil etilgan. Shirin qaxva hamrohidagi burgerlar hidi esa hozir tomoqni qitiqlamoqda. To'g'ri odatda burger bilan cola yoki fanta ichgan maqulroq lekin oziqlanuvchi shunday retsep bergani boyis hozir stol ustida issiq qaxva bug'lari va gamburger ichidagi mahsulotlar hamohang ishtahani qitiqlamoqda.
- Yana qancha vaqt hijolat tortib o'tirmoqchisan. Ovqatlanishni boshlashing mumkin - Sehun Xijolatlanayotgan Senaga qararkan burgerini ochgancha bir bo'lak tishladi.
- Janob. Bilasizmi sizdan birnima so'ramoqchiman. - Sena gamburgerni o'rama qog'ozdan ochgancha Sehunga qaradi.
- So'ra - Sehun odatiy ovqatlanishda davom etdi.
- 3 yildan beri yordamchingizman lekin birinchi marta men bilan birga tushlik qilyapsiz.
- Nima tushlik qilishimni hohlamaysanmi? - og'zini qog'oz sochiqqa artgancha qaxvasidan ho'pladi.
- Yo'q. Bunday demoqchi emasdim. Men shunchaki... - o'ylanib dovdirab qoldi Sena
- Nima Sen shunchaki - Sehun tushunarsiz bosh chayqadi.
- Ahamiyatsiz - Sena ham ovqatlanishda davom etdi.
Sehun/pov: Senani his tuyg'ulari bilan o'ynashish xato shunday ekan unga bor gapni va rejamni tushuntiraman. Eng tog'ri yo'l shu. Ah Minsu Minsu Sen meni sevib qolishing uchun nimalar qilishimga to'g'ri kelyotganiga bir qara
- Sena bilasanmi? Senga aytishim kerak bo'lgan yani menga yordam berishing kerak bo'lgan mavzu bor - Sehun ochiqroq dedi.
- Aynan manashu narsa yani nimadir borligini bilgandim. Eshitaman janob gapiring - Sena ham og'zini qog'oz sochiqqa artgan bo'ldi.
- Xabaring bor So Minsu bilan unashtirilganman. Ammo. Ammo bizning oramizda sevgi yo'q. U uchun harakatlarim befoyda ketyapti. Yana muommo shundaki uning yonida bittasi o'ralashib yuribdi va o'sha kimsani sevib qoldimikin degan qo'rquv bor menda. - Sehun biroz jiddiy ohangda dedi.
- Adashmasam o'sha shaxs Kim Seokjin shundaymi? - Sena ham topgandek dedi.
- Ha huddi shunday adashmading. U ablah Minsuga biror nima qilmasin deya katta qo'rquvdaman. - Sehun ham suhbatni davom ettirdi.
- Men nima qilishimni istaysiz? - Sena ochiqlashishga urindi.
Sehun Senaga chuqur tikilgancha rejasini hayolida gavdalantirib ayyorona jilmaydi.
Havo bugun biroz iliq. Quyosh aksini ko'rsatmagan bo'lsa ham bulutlar orasidan mo'ralamoqda. Bunday havoda sayr qilish judayam maroqli ayniqsa yoningizda juftingiz bo'lsa. Havoning iliq taftiga anchagina moslashib olgan Taehyung va Dahye hozir dunyodan uzoqlashishgan edi. Qo'l ushlashgancha istirohat bog'ining yo'lagidan yurisharkan. Deyarli charchoq ham sezilmasdi. Istihot bog'idagi qator atraksionlar o'z vazifasini o'tamoqda. Qator bo'lib joylashgan kichik rastalarda esa turli xil shirinliku oziq ovqatlar to'lib yotibdi. Masofa oralig'i teng taqsimlangan skameykalardan biriga Taehyung va Dahye joylashisharkan Dahyeda ozroq qo'rquv bor edi.
- Bo'ldi odamlarga qarashni bas qilsangchi ahir men yoningdamanku - Taehyung havotirlangan nigohlari bilan atrofni kuzatayotgan sevgilisiga norozi ohangda dedi.
- Men sen bilan sevishganlar sifatida uchrashmadim Tae shunchaki gapingni ayt va men ketaman. - Dahye sovuqlikni davom ettirdi.
- Lekin biz Seouldagi eng katta sevishganlar bog'idamiz. Shunday ekan biz sevishganlarmiz - Taehyung rad etgan bo'ldi.
- Menga joyning ahamiyati yo'q. Oramizda hammasi tugagan. - Dahye ohirida arang nafas olgancha dedi.
- Shu gapinga o'zing ishonasanmi? - Taehyung qizning ikki yelkasidan tutgancha o'ziga qaratdi.
- Tae iltimos - Dahye ko'zini olib qochishga urundi.
- Qo'lingdan tutdim. Qo'yib yubormayman. Senga aytmoqchi bo'lgan gapim shuki Dadam va akam bilan birgalikda uyingizga boramiz. Kelinoyim ham bizga hamrohlik qiladi. Onam yo'qligi bois amakimning xotini bilan birga boramiz. - Taehyung Dahyeni erkin qo'ygancha gaplarini manoli va takid bilan aytdi.
- Nega uyimizga kelasiz. Tushunolmayapman sabab bormi? - Dahye deyarli garangsirab qoldi.
- Borganimizda bilasan. Mayli men ketdim muhim majlisim bor edi. - Taehyung tezda o'rnidan turdi.
- Tae ustimdan kulishni bas qil sendan sabab so'radim - Dahye endi orqasigayam qaramay ketayotgan Taehyung ning ortidan baqirdi. - Lanati yaramas seni sevgan kunimga ming lanat - Dahye telbalarcha baqirarkan asabiy o'rindiqqa qayta o'tirdi.
Necha kundan beri huvullab yotgan kompaniya bugun ishchilar bilan to'lgan va ish qaynab yotgandi. Xodimlar maroq bilan ishlamoqda. Chandler va g'uborlar tozalangan. Negadir qandaydir marosim bo'layotgani kabi o'rtaga uzun qizil gilam tashlangan. Atrofda unchalik bachkana emas lekin o'ziga xos tarzda sharlar ilingan edi. Bir nechta paqildoqlar ham eshikdan kimdir kirishini ikki kotiba qo'lida kutmoqda edi. Eshik yonida Kim Seokjinning mashinasi ko'rinishi bilan hamma ishchilar bir tizimga yig'ilishdi va yuzlarida tabassum ila Seokjinni eshikdan kirishini zar paqildoqlar bilan qarshi olishdi.
- Hush kelibsiz janob Kim - hodimlarning hush ovozi butun kompaniyani tutib ketdi.
- Hoy hoy bu nima axvol sizlarga nima bo'ldi. Bu nima axvol maynavozchilik - Eshikdan kirishi bilan otilgan paqildoq ovozidan hayratda qolgan Seokjin xotirjamlikni saqlashga urinib o'zini jiddiy tutdi.
- Janob ahir kompaniyamiz o'z obro'sini qayta tikladi. Buni nishonlash kerak.
- Shubxangiz bormidi Sohe xonim - O'zidan ancha katta yoshda bo'lgan marketing boshlig'iga dedi Seokjin
- Janob ahir bu shunchaki siz va kompaniyamiz uchun hursandchilik tabrigi - Seokjinning kotibasi ham qo'shimcha qildi.
- Yaxshi sizlarga 30daqiqa hamma yerni yig'ishtirib ishga qayting. Usiz ham anchadan beri ishlar yig'ilib qolgan - Seokjin qatiy gapirarkan mamnunlik bilan liftga kirib ketdi.
Ish qizg'in pallada davom etarkan. Keng kompaniya hovlisi yoniga to'xtagan sariq rangli taksidan tushgan qiz Kompaniyaga boshdan oyoq qaragancha ko'zoynagini yechdi. Shamol betartib qilgan sochlarini tartiblarkan. Telefonidan Polytex kompaniyasi boshlig'i Kim Seokjinga iqtidorli yordamchi kerakligi to'g'risidagi e'longa qayta ko'z yugurtirdi. Telefonni o'chirgancha kirish eshigi tomon baland poshnalarini harakatlantirarkan aylana eshikdan kirishga muvaffaq bo'ldi. Kutib oluvchilar bo'limiga yuzlanarkan kotiba qiz mamnun jilmayib u qizga dedi.
- Polytex kompaniyasiga xush kelibsiz xonim sizga qanday yordam bera olaman.
- Hayrli kun. Men Min Sena man. Kompanyangizga e'lon bo'yicha kelgandim. - Sena ham mayin jilmayib telefonini ochgancha ijtimoiy tarmoqdagi e'lonni kotiba qizga ko'rsatdi.
- Sizni tushundim. Bir daqiqa kutib tura olasizmi? Yuqoriga xabar berishim kerak - kotiba qiz qo'liga uyaliy telefonni olgancha qulog'iga tutdi.
- Ha albatta bemalol - Sena kotiba qizdan nigohini olgancha o'ta tartibli kompaniyani nigohi bilan o'rganib chiqdi.
- Xonim ikkinchi qavatga ko'tarilib o'nga yurasiz.- kotiba qiz telefonni o'chirgancha Senaga yuzlandi.
- Hop rahmat kattakon - Sena mamnun tazim qilgancha lift tomon yurdi.
Ikkinchi qavatga ko'tarilgancha o'nga yurgan Sena kattaroq xona yonida turgan jozibali qizga duch kelarkan hayron qizga tikildi.
- Direktirni xonasi shumi? - Sena deyarli majlislar xonasiga o'xshaydigan xonaga ishora qilib dedi.
- Yo'q. Bu yerda siz o'z anketangizni to'ldirasiz. Biz siz bergan malumotlarga qarab siz bilan bog'lanamiz. - Eshik yonidagi qiz odatiy ohangda dedi.
- Men Kim Seokjinni shaxsan o'zi bilan uchrashaman deb o'ylagandim - Sena deyarli tushunqiramay dedi.
- Bu yer katta kompaniya sotuv markazi emas boshliqni ham bo'sh vaqtlari hozircha yo'q.
- Yaxshi. - ichkariga ensa qotirgancha kirdi Sena - Menga anketa qog'ozini berasizmi? - ichkaridagi qizdan bo'sh anteka qog'ozini olgancha joyiga joylashdi Sena
Polytex kompaniyasining tashqarisiga chiqqan Sena asabiy sochini ortga tararkan tinmay jiringlayotgan telefoniga chuqur nafas olgancha javob berdi.
- Reja siz o'ylagandek silliq kechadi deb o'ylamayman - Asabiylikni oshirdi Sena
- Qanday muommo bor - Sehunning havotirli ohangi yangradi.
- Kim Seokjinni shaxsan o'zi bilan uchrasha olmadim. Shunchaki anketa to'ldirdim. Omadim kelsa u meni ishga oladi. Lekin ishga kirish foizim 0.1 ga teng - Sena yana asabiy ohangda taksi to'xtatdi.
- Sen uyinga boraver. Va telefoninga qarab yur. Ikki kun ichida sen bilan o'zlari bog'lanishadi.- Sehun yana qatiy turib dedi.
- Bunday deb o'ylamayman. Chunki ichkarida mendan ancha yaxshi nomzodlar bor edi. - Sena taksiga o'tirarkan telefonni qattiq siqdi.
- Uyog'i meni ishim. Shunchaki kut - Sehun telefonni qo'ydi.
- Lanati nega bunchalik o'ziga ishonyapti. Nega bunga hop dedim o'zi yuraginga quloq solishni bas qil Sena Sehunni sevishdan to'xta - Sena asabiy telefonini sumkasiga solarkan o'ziga o'zi gapirdi.
Sehun soniyalar ichida Sohe xonim nomi ostida saqlangan raqamga chaqiruv jo'natarkan telefonni qulog'iga tutdi.
- Uddaladingiz degan umiddaman qadrli ammajonim - Sehun mamnun jilmaydi.
- Havotir olma Jiyan qadrli opaginamning o'g'lidan qasos olish imkonini qo'ldan boy bermayman. - Sohe xonim anketalar to'ldirilgan hujjat jildini yopgancha joyiga joylarkan bildirmasdan xonadan chiqib telefonda gaplashishni davom ettirdi.
- Bu yordamingizni unutib qo'ymayman ammajon - Sehun tilyog'kamalik qildi.
- Akamga salom ayt. - Sohe xonim ensa qotirgancha go'shakni qo'ydi.