March 23

๐ƒ๐ž๐ฌ๐ข๐ซ๐ž | ๐Š๐ฎ๐ญ๐ข๐ฌ๐ก

Episode - 6

Tun. Soat millari 23:59 ni ko'rsatmoqda. Hali hamon ko'rpa tagida diqqinafas bo'lgancha telefon orqali xabarlashayotgan qiz hursandligidan qiqir - qiqir kulardi. Telefoniga kelgan ohirgi xabarda uzuk stikeri bor edi. Qiz bo'lsam yigitiga javoban uzukni endi rostdan taqishingiz kerak deb yozdi. Yigitning javobi bo'lsam tushunarli degan so'z ostida keldi. Keyinchalik qiz yana keng tabassum ila jilmaydi. Shu zaylda davom etgan suhbat soat 2:00 gacha cho'zildi ohirida esa hayrli tun tilagancha ikki juftlik ham telefonni o'chirishdi.

- Yo hudoyim biram baxtliman - Nire ko'rpani sekin ochgancha hursandligidan osmonga ucharkan. Biroz tabassum va ichidagi quvonch chiqqandan keyin yana joyiga joylashib uyquga ketdi.

**

Keng xonadagi katta yotoqda yotgan yigit telefonidan uzuk yetkazib beradigan va sotadigan turli xil ijtimoiy kanallarni titkilay boshladi. Ohirida topgan kanalidan bir bejirim uzukni tanladi. Tanlashgaku tanlab unga berilgan ohirgi savolda qotib qoldi. Uzuk o'lchami qancha bo'lsin. Taehyung endi Nina qilishga boshi qotdi. Rostdanam chalkash vaziyat.

- 19 bo'laqolsin - Taehyung tavakkal qildi.

- Hop janob buyurtma ertaga soat kechki 16:00da yetkazib beriladi.

- Tushunarli - Taehyung ohirgi jumlani yozgancha telefonni o'chirdi yonidagi telefonini ushlab uxlab qolgan yigitni bir turtdi.

- Yoo hudoyim nima Tae - Jungkook ko'zini ishqagancha Taehyung ga uyqusirab dedi.

- Ertaga Nirega uzuk bermoqchiman. - Taehyung keng tabassum qolgan change dedi.

- Hali turmush qurishga erta emasmi? - Jungkook hayron bo'lib ko'zini kattalatdi.

- Qanaqa turmush. Haliyam uyqudamisan - Taehyung endi Jungkook ni boshiga bir tushurdi.

- Nima unda. Ahir uzuk berilgandan keyin juftliklar turmush qurishadiku - Jungkook boshini ushlagancha Taehyung ga dedi.

- Yo'q. Men uni o'zimniki qilib belgilayman. - Taehyung irjaygancha Jungkook ga qaradi.

- Haa - Jungkook odatiy ohangda dedi.

- Sen ham ertaga uzukni berishga men bilan borasanmi? - Taehyung Jungkook ga taklif berdi

- Men orangizda qora mushuk bo'lib o'tiramanmi?

- Yo'q albatta. Bizni oramizda senga nima bor. Mellani ham chiqaramiz gaplashib olarding

- Rostdanmi? - Jungkook birdan ko'zini katta katta qilib Taehyung ga qaradi.

- Ha do'stim albatta rostdan. Menimcha Mella ko'p siqilib qoldi. Seni bilganim uchun taklif beryapman.

- Agar o'sha qiz menga rozi bo'lsa uni dunyodagi eng baxtli qizga aylantiraman.

- Ertaga rozi qilarsan. - Taehyung Jungkook ni yelkasiga urib qo'ydi.

- Qo'limdan kelganini qilaman.

- Endi uxlashda davom et men ham uxlayman. - Taehyung Jungkook ga hayrli tun tilagancha o'zi ham uyquga yotdi.

.

Time skip โžก๏ธ

Tong. Deyarli quyosh keng xonani yoritgan. Katta oppoq yotoq ustida turgan bejirim kofta va yubka hozir qaysidir tana ustida paydo bo'lish arafasida. Yoz fasli bo'lgani ayniqsa avgust bo'lgani bois allaqachon havo harorati issiq edi. Shu atmosferada boshiga sochiq o'ralgan ustida dush xalati bilan chiqib kelgan kichik bo'yli qiz sekin qadam tashlagancha o'zi uchun mo'ljallangan oyna yoniga o'tirdi. Kichik to'rtburchak shaklidagi sumkasini ochgancha pardoz buyumlarini oldi. Mella keyingi soniyada oynaga tikilarkan yig'i to'lgan ko'zlari tomchilarni chiqarishga tayyor edi. Qiz asabiy qo'liga yuz uchun kremni olgancha yuziga surdi. Keyingi soniyada sponch yordamida yuziga urib kremni tekislarkan ko'z yoshlar yuzi bo'ylab sizib chiqardi. Mella ko'z yoshini artgancha pardoz qilishda davom etdi. Ko'z yoshga aralashgan va alam ustida qilingan bo'lsa ham Melladagi pardoz ajoyib va nozik chiqdi. Keyingi soniyada sekin oynadan ko'rinib turgan yotoq ustidagi kiyimlarga nazar tashladi. Boshidagi sochiqni yechgancha soch quritgich yordamida sochini ham tartibga keltirdi. Uzun sochlari ko'ngildagidek tekis holga kelgandan so'ng qiz yotoq yoniga kelib kiyimlarga nazar tashladi. Shu soniyada jiringlagan telefoni qizni diqqatini bo'ldi. Mella telefonni olgancha qulog'iga tutarkan biroz ensa qotirdi.

- Eshitaman. Menimcha senga qaysi kafega borishni aytdim. Yaxshi 30 daqiqada o'sha yerda bo'l kutishni yoqtirmayman. - Mella ohirida qarshi tomon javobini kutmay telefonni qo'yib qo'ydi. Keyinchalik kiyinib tayyor bo'lgan qiz ko'chaga otlandi.

**

Shinamligi jihatdan judayam ajoyib bo'lgan Esferado kafesida bugun mijozlar kamroq edi. Negadir kafe bugun faoloyatsizdek kafeda ikkitagina mijoz bor edi. Ikki qiz bir biriga tikilgancha o'tirisharkan ular orasidagi sukutni ikkinchisi buzdi.

- To'g'risi o'smir yoshli qizaloq bilan ko'rishaman deb o'ylamagandim. - Demina biroz masxaromuz ohangda dedi.

- Sevimli sevgiling tufayli bungayam o'rganasan. - Mella undan ko'z uzmay mensimas ohangda dedi.

- Sevimlimish. Ko'nglimni ko'chasi. - Demina endi biroz kulib yubordi. - Ho'sh menda qanday ishing bor. Sevgilimning singlisi Li Mella

- Singlisi - Mella shu gapga urg'u bergancha kulib yubordi. - Menimcha Park Jimin yolg'on gapirishni va seni ishontirishni uddalabdi.

- Nima demoqchi bo'lyapsan? Ochiqroq gapir - Demina endi asabiylashishni boshladi.

- Hullas senga bitta savol beraman. Javobing esa aytadigan gapimni oydinlashtiradi. - Mella asabiylashayotgan Deminaga qarab zavq olgancha dedi.

- Ho'sh qanday savol ekan - Demina qosh chimirgancha dedi.

- Jimin bilan qancha vaqtdan beri sevishgansiz? - Mella ohirgi ohangni arang chiqardi.

- 4 oy balki 5 oydir .

- Menga aniq javob kerak.

- Hullas fevral oyida tanishdik va u bilan may oyigacha sevishib yurdik 3- may yani tug'ulgan sanasidan keyin ajraldik. Va ikki oy gaplashmadik - Demina o'zi bilmagan holda Mella ga vaziyatni aniq bayon qilib berdi.

- Tushunarli. U senga Mella singlim dedimi?

- Ha. Kelinoyimning singlisi mening ham singlim hisobida dedi.

- Demina menga ijtimoiy sahifangni ber. Senga yuboradigan narsalarim bor. Keyin Jiminga nima deyish o'zinga havola chunki mening ham g'ururim poymol bo'ldi. - Mella endi biroz jiddiylashdi.

- Mella meni asabiylashtiryapsan. Nima bo'lyapti o'zi? - Demina ijtimoiy sahifasini Mellaning telefoniga kiritgancha asabiy dedi.

- Tashlagan narsalarimni ko'rib hulosa qilib olarsan chunki mening vaqtim tugadi. Kelding mi jonim - Mella o'rnidan turgancha kafega kirib qizlarni yoniga kelgan Nire bilan quchoqlashib so'rashdi.

- Yaxshi. Men ketdim. - Demina ko'zini suzgancha kafedan chiqib ketdi.

- Seni bu bilan nima ishing bor. - Nire asabiy Deminaning joyiga joylasharkan Mellaga qarab dedi.

- Faqatgina men azoblanamanmi? Ular ham azoblansin. - Mella kafening katta deraza vazifasini o'tayotgan shisha devoridan tashqariga qaradi.

- To'g'ri yig'lab sixtashdan ko'ra qasos olish yoqimliroq - Nire Mellaga qaragancha irjayib dedi.

- Shunday Nireyim shunday. Qahva ichamizmi? - Mella Nirega taklif berdi.

- Albatta ikkita kapuchino bilan nishonlaylik. - Nire jilmaygancha rozilik berarkan Mella ofitsiant chaqirdi.

- Bizga ikkita kapuchino va mevali chiskeyk - Mella buyurtma bergan bo'ldi.

- Yo hudoyim Paunaku - Nire kafega endigini kirib bir yigit bilan joylashgan qizga qaragancha hayron qoldi.

- U kim. Yani Pauna kim? - Mella ortiga o'girilib haligi yigit bilan judayam hursand Pauna ga qaradi.

- Taehyung ni do'sti Jungkook borku seni qutqargan haloskor yigit o'shani sobiq sevgilisi Jungkook ni pulni deb tashlab ketgan bir haftaga qolmay yigit topib olibdi. Tuf bundaylarga. - Nire tushuntirgan ko'yi Paunani kuzatdi.

- Shunaqa degin. Jungkook bilan vaziyatimiz bir xil shekili - Mella biroz ho'rsingancha nafrat bilan Pauna ga qaradi.

- Ha minglab ehtimollar ichida bir biringizga duch keldingiz - Pauna tasdiqlagan ko'yi dedi.

- Qo'ysangchi hozir sevgiga tobim yo'q. O'zimni tiklolmayapman usiz ham - Mella kayfiyatsiz ifodada dedi.

- Hammasi ga vaqt davo. Aytgancha Mella bugun kechqurun Tae bilan uchrashaman. Sen ham yonimda bo'lishing kerak

- Jinnimisan. Menga nima bor orangizda hira pashshaga o'xshab o'tiramanmi?

- Aysh Mellashi biram jinnivoysan. Agar sen chiqmasang oyim yolg'iz o'zimni chiqarmaydi.

- Yaxshi yaxshi. Senga ham manfaat uchun kerakman.

- Mella asabimni buzma - Nire endi jiddiyroq turib dedi.

- Hazillashdim. Buyurtmamiz keldi. - Mella ofitsiant olib kelgan buyurtmalarga qaragancha dedi.

Demina

.

Time skip โžก๏ธ

Tun soat 22:30lar chamasi sokinlik darajasi o'ta yuqori ammo mashinalarning harakati biroz tovush chiqishiga sabab bo'layotgan ko'chada o'tirgan yigit va qiz negadir hozir jimlikni ustun ko'rishmoqda. Havo biroz shamol bilan sovuq atmosferani yaratmoqda. Birozgina titrayotgan qo'lini ushlagancha tinchlantirishga urunayotgan qiz qo'llari ustida begona qo'lni ko'rdi.

- Qarshi emassiz degan umiddaman. - Jungkook Mellaga jilmayib dedi.

- Aslida muhtoj edim. - Mella ham Jungkook ga hamohang jilmaygancha yerga tikildi.

- Ular judayam ajoyib juftlik uzuk esa menimcha ularni munosabatini tiklaydi. - Jungkook o'zlaridan ma'lum masofa narida turgan tinimsiz kulib suhbat qurayotgan Nire va Taehyung ga qarab dedi.

- Ha. Taehyung aka Nireyimni bunchalik baxtli qilishini bilmasdim. Aks holda ertaroq bu munosabatlar uchun harakat qilardim. - Mella ham ularga qarab jilmayib qo'ydi.

- Kech qolmadingiz. Hammasi o'z o'rnida - Jungkook Mellaga yaqinroq joylashdi.

- Ha. Ammo o'zim bilan bog'liq mavzuda adashdim. - Mella endi biroz hafa bo'lgancha yerga tikildi.

- Mella sizga birnimani aytishim kerak - Jungkook hafa bo'lgan qizni ko'rib ichidagilarni aytishga qaror qildi.

- Nimani? Qulog'im sizda.

- Mella bilasizmi? Sizning qo'llaringiz yana bir kuchliroq va iliqroq qo'llarga muhtoj bo'lsa mening qo'llarim manashu titraydigan ojiz qo'llarga muhtoj - Jungkook yurak yutib ichidagilarni aytdi.

- Bilaman. Siz yaqinda birinchi o'xshamagan munosabatdan dars ketdingiz. Ammo men hammasini o'z o'rniga tushuraman. Sizni Taehyung Nireni baxtli qilgandek baxtli qilaman. Faqat menga imkon bering - Jungkook deyarli qaltiroq aralash ammo hislarga to'lib gapirdi.

- Iloji yo'q - uzoq sukutdan so'ng Mella shu gapni aytgancha Jungkook ni qo'lidan qo'lini oldi.

- Nega? Muommo nima? - Jungkook hayron qolarkan Mellaga tikildi.

- Men sizning ham hayotingizda ikkinchiman. Va Pauna qaytsa mendan kechib uni tanlaysiz. Jimin ham aynan ikkinchi bo'lganim uchun mendan kechdi. - Mella shu gaplarni aytgancha o'rnidan turdi.

- Pauna haqida qayerdan bildingiz - Jungkook Mellaga qo'shilgancha o'rnidan turarkan Unga tikilib dedi.

- Hozir shuni ahamiyati bormi?

- Ha mayli nima bo'lsa ham miyyangizdagi ikkinchilik haqida o'ylarni hayolingizdan chiqaring. Men sizni baxtli qilaman. Siz rozi bo'lsangiz o'zgalar men uchun ahamiyatsiz bo'lib qoladi.

- O'zgalar emas aynan bir insondan qo'rqyapman. Chunki uni qanday sevganingizdan xabarim bor. Bunday sevgi esa ossonlikcha o'lmaydi. - Mella shu gaplarni aytgancha ortiga o'girilib ikki qadam tashlaganini biladiki bilagidan tutgan baquvvat qo'llarni his qildi.

- Mella. Hozir yuragimda aynan shu harflar taxlangan. Menga boshqalar qiziq emas. Sizni shunchaki qo'yib yuborishni istamayman. - Jungkook endi alamdan ko'zlari qizara boshladi.

- Do'stingiz bilan munosabatda bo'lgan qizni o'zingizga ravo ko'rasizmi?

- Mella men chora qidiryapman. Siz esa bahona ammo o'ylab ko'ring yonimda bo'lsangiz yoningizda qalqon bo'laman. Bir umr - Jungkook qizni ikki yelkasidan ohista ushlab yuziga yaqin egildi.

- Jungkook - Jiminning qichqirgan ovozi atrofni tutib ketarkan tezlik bilan kelib Jungkook ga musht tushirdi.

- Jimin bas qil - Mella qo'rqib ketgandan ularni ajratishga urunarkan Jimin Mellani itarib yubordi. Mella yerga uchib kelib tusharkan buni ko'rgan Jungkook Jiminga qarata g'azab bilan ikki mush tushurdi. Ularni jangini va shovqini eshitgan Nire va Taehyung yugurib kelarkan Taehyung ikki yigitni ajratishga tushdi Nire esa deyarli tamom bo'lgan holda yig'layotgan Mellani o'rnidan turgizib unga qaradi.

Jimin es hushini yo'qotgan holda Taehyung arang ajratishi bilan o'ziga kelarkan Jungkook ni kaltaklayman deb o'zi kaltak yedi. Keyin yon atrofiga qaragancha Mellani tinimsiz yig'lagancha qulog'ini ikki qo'li bilan yopib olganini ko'rdi. Jimin Mella tomon yurgancha uni Niredan ajratib olib bag'riga oldi.

- Men senga uni yoniga yaqinlashma deganmidim. Ablah qara u qanday axvolda - Nire battar qichqirdi.

- Nire iltimos - Jimin Mellani qattiqroq bag'riga bosarkan qulog'iga pichirladi. - Demina bilan ajraldim. Endi hursanddirsan. Ammo qo'rqma badalini to'laysan. - Jiminning pichirlashini eshitgan Mella endi rostdan stressga tushdi. Jiminni o'zidan itargancha qichqirib yubordi.

- Yoqol. Hayotimdan ket. Ming lanat bo'lsin senga ablah - Mella endi rostdan qichqirib ko'chani boshiga ko'tardi. Jiminni ko'ksiga ura ketgancha o'zidan uzoqlashtirdi.

Shu payt Taehyung ni yonida turgan Jungkook tomosha ko'rib tura olmasligini tushungancha Kelib Jiminni tinimsiz urayotgan Mellani bag'riga bosdi. Jimin o'qraygancha Jungkook ga qararkan asabiylik darajasi osha boshladi.

- Mella bo'ldi tinchlaning. Mella ketadi u ketadi. - Jungkook hiqillab yig'layotgan qizni sochidan silagancha iliq bag'rida ushlab turdi. - Yoqol - Jiminga qaragancha o'qraydi.

- Baxtli bo'lmaysiz. Yo'l qo'ymayman. Mella meniki senga bermayman - Jimin yana qichqirdi.

- O'chir ovozingni sen tagi pasga xolam hech qachon qizini bermaydi uqdingmi yoqol bu yerdan - Nire Jimindagi bor alamini ichidan chiqardi.

- Jimin iltimos ket qara hech kim seni hohlamayapti - Taehyung Kelib Jiminga o'zini arang bosgancha dedi.

- ishongim kelmaydi Sen hammi - Jimin endi Taehyung ga g'alati qarash qildi.

- Ket iltimos - Taehyung ohirgi gapini aytgancha Jiminni yelkasiga urib qo'ydi.

Jimin g'azab bilan yoqasini to'g'irlagancha ketib qolarkan Jungkook ni bag'rida Mella hali ham yig'lardi. Ablah Jiminning gaplari qizning qulog'ida hali ham tahdidli yangramoqdadek edi.

.

6- qism tugadi.
Author: Li Mella