February 7

๐ƒ๐ž๐ฌ๐ข๐ซ๐ž | ๐Š๐ฎ๐ญ๐ข๐ฌ๐ก

Episode - 1

Erta tong. Hali quyosh endi yer yuzini yoritmoqda. 28 - may sanasini soat taxminan 5:50 larni ko'rsatmoqda iliq bahor havosi keng xonani tutishga ulgurgan edi. Xona o'rtasida joylashgan moviy rangli choyshablar bilan o'ralgan aylana yotoqda uyqusizlik va chuqur o'ylov ta'sirida yotgan qiz uyg'onayotgandi. Birozgina xotirasida g'alati voqealar va o'ylar bo'lgani tufayli g'alati tush ham uni uyg'onishiga turtki bo'lgandi go'yo. Notinchlangancha katta derazasi tomonga boshini burib olgan qiz sekin ko'zlarini ochdi. Katta derazadan kirib turgan iliq bahor havosi qizning xonasidagi pardalarni chuqur tebratdi. Bir pas uyqudan hushyor tortish maqsadida hayol surib qolgan qiz hayolida kechagi qilgan ishini jonlantirarkan birdan ko'zlarini katta katta qilib telefonini qidira boshladi. Yumshoq yostiq tagidagi telefonni qo'liga olgancha kechagina ochgan instagram sahifasiga kirarkan unga xabar yozilgan yangi akkauntni ko'rdi. Tahminlari to'g'ri chiqqanini hisobga olsak bu qiz o'ylagan yigit edi. Qiz na hursand bo'lishni va na hafa bo'lishni bilmadi. Tez onda qo'llarini harakatga keltirgancha xabarga javob yozdi. Qayta telefonni o'chirarkan joyiga joylashib ko'rpasini ustiga tortdi. Derazadan tashqaridagi havoni biroz kuzatarkan hali quyosh chiqmagani bois qayta uyquga ketdi.

Mella

- Mella uyg'onsangchi quyosh chiqib ketdi. Tur endi - pardalarni ikki yonga ochgancha uyqudagi qizni uyg'otdi.

- Hmmm...turyapman oyi - arang ko'zlarini ochayotgan qiz derazadan tushayotgan quyosh nuridan yuzini burishtirdi.

- Kechasi bilan telefon titkilab chiqishning oqibati shu. O'zi aslida o'smir yoshdagi qizlarga telefon berishni o'zi hato - Oyisi qizining tepasiga kelgancha dedi.

- Men eng mukammal tarzda bu yoshdan o'taman deb sizga vada berganim esimda - Mella yarim ochiq ko'zlarida oyisiga qarab jilmaydi.

- Turaqol bugun xolang va Nire Avstraliyadan qaytishadi. Ularni kutib olish uchun tayyorgarlik ko'rishimiz kerak - Oyisi eshik tomon yurgancha dedi.

- Yo hudoyim Nire umuman esimdan chiqibdi. Lanati - Mella tezda ko'zini ocharkan chiqib ketgan onasiga qaramay yuvinish xonasi tomon otlandi.

**

Katta oyna yoniga kelgan qiz yuziga yengil pardoz qilgancha o'ziga mos kiyimlarni kiydi. Uzun sochini ikki yonga tashlagancha tararkan sumkasiga kerakli narsalarni solib pastka tomon odimladi. Zinalardan pastlagan qiz doimgidek o'ziga yoqmaydigan oilasining dasturxon atrofida yig'ilganini ko'rdi. Ammo ular orasida u ko'ngil berishga ulgurgan inson borligi Mellaga o'sha dasturxonga o'tirishga kuch topardi. Dasturxon boshida o'tirgan buvisi o'ng tarafida joylashgan stullarda katta kelinoyisi uning yonidagi kelinoyisining zaxar qizi va erkatoy o'g'li qizining eri va ukasi ham o'tirgandi. Aynan yoqimsiz burchak o'sha large edi. Ammo birgina o'sha amakivachchasining erini ukasi ya'ni Jimin Mellaga dasturxonga o'tirishga bahona va sabab edi. Chap tarafda o'zi yaxshi ko'radigan kichik kelinoyisi ammasi va oyisi joylashgan ekan Mella majburan borib onasining yonidagi stolga joylashdi.

- Hammaga hayrli tong - Mella salomlashgan bo'ldi.

- Qachon o'z vaqtida dasturxonda bo'lishga o'rganasan - buvisining sovuq ohangi hammaning nigohini Mellaga qarashga majbur qildi.

- Kechiring buvijon darslarim ko'payib ketgandi. - Mella uzur so'ragan bo'ldi.

- Mella bugun meni sen bilan qiladigan ishlarim bor - Misun yani o'sha Mella yoqtirmaydigan amakivachchasi Mellaga qarab dedi

- Bugun bandman. - Mella odatiy rad etarkan diqqatini tarelkasiga qaratdi.

- Nima ish qilasan - Misun endi savol berishga o'tdi.

- Xolam va uning qizi Avstraliyadan qaytyapti ularni kutib olishga boraman. Va bugun ular bilan qolaman. - Mella ovqatlanishda davom etarkan o'zidan yoshi katta opa sifatida ko'radigan Misunga gapirgan bo'ldi.

- Mening ishim muhimroq. Xolang va qizi kutib turadi. - Misun Mellani etiborsiz qoldirgandek dedi.

- Men uchun xolam va qizi birinchi o'rinda - Mella asabiy sanchqini idishga qadagan bo'ldi - boshqa gapingiz bo'lmasa men aeroportga borishim kerak hademay qo'nishadi. Buvijon men ketdim - o'rnidan qo'zg'algancha Misunga istehzoli jilmaydi.

- Mella to'xta - Buvisi to'xtatgan bo'ldi - Jimin o'g'lim agar nonushta qilib bo'lgan bo'lsang Mellani aeroportga olib borib kel.

- Hop bo'ladi Buvijon - Jimin ham huddi shu onlarni kutgandek tezda o'rnidan turdi.

- Mella xabar berishni unutma - Jimin ham qizi bilan borayotgani bois notinchlangan Mellaning onasi qiziga qarab dedi.

Javob o'rniga Mella Bosh silkirkan Jimin bilan birga uydan chiqishdi.

Misun

.

Jimin

.

Mella

Time skipโฉ

Dayerli keng avtomobil yo'lida harakatlanayotgan qora Porsche bugun tirbandliksiz yurmoqda Oradagi sukunat ikki insonni noqulay vaziyatga solmoqda edi. Jimin ora orada orqa oynadan Mellaga qarab qo'yarkan qiz buni etiborga olmaslikka harakat qilardi. Bundan Jiminni g'azabi qo'zib oyog'i ostiga bosim berdi.

- Tezlikni tushur qo'rqishimni bilib turib bunday qilma - Mella ohirida chidolmay dedi.

- Vaqtimiz zix tezroq borishimiz kerak ahir. Sen men bilan bir joyda bo'lishni yoqtirmaysanku - Jimin Mellaga atayin qilib gazni kuchliroq bosdi.

- Lanati Jimin o'ylab ko'raman dedim qolaversa bu gapni unut jahl ustida aytganman bu gapni - Mella endi yigit bilan oyna orqali nigohini birlashtirdi.

- Qancha o'ylaysan Mella qancha. Meni qiynab yuborganingni his qilmayapsanmi? - Jimin asabiy rulni siqdi.

- Gap mening hayotim haqida ketyapti. O'ylashim kerak Jimin endi esa mashinani sekinlat iltimos qo'rqishni boshlayapman.

- Menga ishonmaysan shundaymi? - Jimin oyog'i ostidagi bosimni sekinlatdi.

- Ishonchimni oqlaydigan ish qilmading hali - Mella tashqaridan ko'z uzmay dedi

- Yaxshi - Jimin ortiq hech nima demadi.

Bir necha soniyada aeroport yoniga yetib kelgan qora porsche dan tushgan uzun sochli Mella Jiminga ketaverishini aytib ichkariga otilib kirib ketdi.

Time skip โฉ

Mashinaning baloni ovozi butun boshli maydonni tutib ketarkan. Qora porsche atrofga tutun tarqatgancha to'xtadi. Keng aylana maydonda uch kishining avtomashinasi joylashgan ekan. Jimin mashinadan tushishini yana ikki yigit kuzatib turishdi. Mashinani qulflagancha do'stlar tomon yaqinlasharkan keng tabassum qilgancha yigitlardan biri bilan kalla urushtirib ko'rishdi. Ikkinchisi bilan ham shu yo'sinda ko'risharkan. Keyinchalik qora kiyimli do'stini yoniga mashinasiga suyangancha turib oldi.

- Asablaring biroz taranga o'xshaydi. - Taehyung Jiminning tirishgan peshonasiga qarab dedi.

- Ha o'zing bilasanku - Jimin qisqa jilmaygancha boshini yerga qaratdi.

- Hali ham rad etyaptimi? - Taehyung savol berishni davom etdi.

- Ishonishni istamayapti

- To'g'ri qiladi. Men bo'lsam ham ishonmasdim. - Taehyung qo'llarini ko'ksiga chalishtirdi.

- Do'stmisan yoki dushman. - Jimin endi Taehyung ga qaragancha dedi.

- Albatta do'stingman. - Taehyung kulgancha Jiminni bo'ynidan qo'lini o'tkazib oldi. - Hozir buni o'ylamay tur - takidlagan bo'ldi Taehyung.

- Balki suhbatingizga meni ham qo'sharsiz - ikkisini kuzatib turgan Jungkook sekin kulgancha dedi.

- Yo'q meni sevgan qizim haqida Sen bilishing shart emas - Jimin ters javob qilgancha Jungkook ni jerkigan bo'ldi.

- Seni sevgan qizing bilan meni nima ishim bor. O'zimni sevgilim bor bo'lsa - Jungkook ensa qotirgancha Jiminga dedi.

- Ishing bo'lmasin ham - Jimin yana ters javob qildi.

- Bas qiling. - Taehyung urushni oldini olgan bo'ldi - Jimin oshirib yuboryapsan. Hozir boshliq keladi. Ungacha o'zingizni tutib turing.

- Yaxshi - Jungkook tasdiqlagancha mashinasi yoniga borib qayta suyandi.

Soniya o'tmasdan ikkita katta mashina kelarkan ichidan qora kiyimli zobitdek yigitlar tushishdi. Ortidan tushgan o'rta yoshlardagi erkak qop qora kiyimda edi. Yonidagi ikki zobit erkakga hamrohlik qilarkan yigitlar bu erkak bir qatorga tizilib kutib olishdi. Mafialar olamida qirol bo'lgan Yoon Hyunjon mafia olamida esa Fantom laqabi bilan mashhur bu inson uchun hozir Jimin Taehyung va Jungkook ishchilardek edi. Ularning asosiy vazifasi o'g'rilik edi. Hozir ham qandaydir jinoiy ishni ruhsatini olish uchun bu yerga yig'ilishgandi.

- Hayrli kun janob Fantom - sevgan qizining otasi bo'lgan bu shaxsga birinchi hurmat bildirgan bo'ldi Jungkook

- Tilyog'lamachi - Jimin tili orasida shivirlab ensa qotirgan bo'ldi.

- Kun hayrli bo'lishi sizlarga bog'liq. - Erkak ko'zoynagini yechgancha yigitlarga boshdan oyoq qaradi.

- Hammasi hamirdan qil sug'urgandek o'tadi Fantom havotir olmang - Taehyung takidlagan bo'ldi.

- Menga katta gap emas katta natija kerak - Fantom yana qatiylikni saqlagan bo'ldi - Kechqurun 23:00gacha dorilar va pullar qo'limda bo'lsin. Usiz ham bu ishda ancha cho'zildingiz.

- Bajariladi janob Fantom xavotir olmang - Jungkook o'ziga ishongancha dedi.

- Sizlar bilan kechqurun uchrashamiz - ohirgi gapni aytgan Fantom ko'zoynagini qayta taqqancha mashinasi tomon yurdi. Mashinaga o'tirarkan eshigini yopib qo'ygan zobit mashina rulini egallagancha ikki mashina ham aylana doirani tark etdi.

- Eshitganingizdek bugun eplashimiz shart - Taehyung takidlagan bo'ldi.

Fantom ( Yoon Hyunjon)
Jungkook

.

Jungkook

.

Taehyung

Time skip โฉ

Vokzal. Koreya. Seoul.

Katta aeroport eshiklaridan bir talay chamadonlar bilan birga chiqqan ikki qiz va bir ayol tashqaridagi sariq rangli koreya taksisiga joylashishdi. Ikki qiz orqa o'rindiqqa ayol esa old o'rindiqqa joylashisharkan manzil aytgancha haydovchiga yurishini aytishdi. Orqada tinimsiz kulgancha suhbat qurayotgan qizlarga ayol etibor bermagancha tinimsiz telefon suhbatlari bilan band edi.

- Yaramas mensiz sochingni bo'yatdingmi? Nega meni kutmading - Nire Mellani sochidan tortib qo'ygancha dedi.

- Hoy sen borganimda sochimizni bir xil qilib bo'yatamiz deding keyin esa oradan 1 yil o'tib kelding. Meni g'azabim kelib bo'yatishga qaror qildim. - Mella ham mag'rur kulgancha Nirega tomon bo'yalgan soch tutamini tashlab qo'ydi.

- Ablah egizaksan shuni bilasanmi? - Nire yana ensa qotirdi.

- Albatta bilaman. - Mella ayyorona ko'z qisib qo'ydi.

- Ammo sochimiz uzunligi bir ku doim bir xil bo'lganmiz - Nire yana davom etdi.

- Yess bir xil - Mella tasdiqlagan bo'ldi.- Havotir olma tez kunlarda sochingni ham bo'yatamiz.

- Havotirda emasman. Sochniku qo'y. Hali ham yolg'izmisan - Nire Mellani turtgancha sekinroq gapirdi.

- Ha o'smir yoshni yaxshi va yolg'iz o'tkazishga oyimga vada berganman. - Mella gavdasini mashinaga tashlagancha Nirega qaradi.

- Menimcha aynan shu yoshda munosabat qurish kerak bo'lmasa odamovi bo'lib qolasan. - Nire keng jilmayib dedi.

- Hoy hoy hoy. Xonimamizni hayotida kimdir bormi deyman. - Mella tirjaygancha Nireni chimchib qo'ydi.

- Tishsh uyga yetib borsak aytaman. Bugun men bilan qolasan to'g'rimi? - Nire Bosh barmog'ini labiga qo'ygancha old o'rindiqdagi oyisiga qarab qo'ydi.

- Ha bugun Sen bilan ertaga tushgacha uyda bo'lishimni oyim tayinladi - Mella horg'in ifodada dedi.

- Nega bir necha kun men bilan bo'l.

- Ertaga tushda dadam va amakilarim safardan qaytishadi. But vaqtda esa uyda bo'lishim kerak.

- Qachon uyingizga mehmonga boray - Nire jilmaygancha dedi.

- Istagan vaqting uyimiz eshiklari sizlar uchun doimo ochiq.

- Yaxshi - Nire jilmaygancha koreya ko'chalarini tomosha qilib ketishga qaror qildi.

Nire

**

Tun. Soat 21:35lar chamasi. Allaqachon joylashib ulgurishgan uylarining ikkinchi qavatidagi Nirening xonasida Mella va Nire katta yotoq ustiga bir pochka pista chips va coca coladan ikki bakalashkaga qo'ygancha ikkisi ham tungi pijama kiyib olib joylashishdi.

- Ho'sh - Mella Nirega gapir degan manoda qaradi.

- Nima ho'sh - Nire tushunqiramay dedi.

- Hayotingizda paydo bo'lgan o'sha inson kim ekan. - Mella Nirega kulgancha dedi.

- Koreyadan. U bilan topishganimizga yaqinda bir yil bo'ladi. Uni qattiq sevaman - Nire keng tabassum bilan gapirarkan baxtliligi har bir so'zidan aniq edi.

- Shoshma sen 3 yildan beri Avstraliyada eding u esa Koreyadan deyapsan bir biringizni qanday topdingiz - Mella esankirab qoldi.

- Instagram sahifamga birinchi bo'lib yozdi. Boshida do'st boldik keyin esa sevgi boshlandi - Nire yana mamnun gapirdi.

- Bundaylarga ishonib bo'lmaydi. Menga sahifasini ko'rsat

- Bir daqiqa - Nire telefonini olgancha sevgilim nomi ostida saqlangan sahifaga kirdi. - Mana Han Jisung

- Han mi? Sen Han bilan bir yildan beri sevishyapsanmi? Bo'lishi mumkin emas. Bu bu Han rostdan Han ku - Mella deyarli daxshatga tushgan holda gapirdi.

- Nima nima Hanga nima qilibdi tinchlikmi? - Nire ham hayron qolarkan Mellani harakatidan hayron qoldi.

- Ochig'i nima deyishni ham bilmayman. Yaxshisi o'zinga ko'rsatganim maqul - Mella o'zining ijtimoiy sahifasiga kirarkan og'iz burun o'pishgan sevishganlar rasmini storisga qo'yilganini Nirega ko'rsatdi.

Nire bu narsani ko'rarkan deyarli muzlab qoldi.

Nire

.

.

.

1- qism tugadi.