January 3

OBLIVION

Episode - 2

Oblivion | Author: Li Mella

Katta va bahaybat ko'rinishga ega bo'lgan atrofi qora temirdan berkitilgan deyarli dalalardagi mevalarni g'amlab qo'yadigan omborga o'xshaydigan bino yonida to'xtagan yigit. Negadir qo'rquvdan nafasi ichiga tushishiga va peshonasidan sovuq ter chiqishiga sababchi bo'ldi. Haejun biroz asabiylasharkan jiringlagan telefonining ovozidan biroz titroq bosdi. Biroz asabiylashgan yigit telefonning yashil tugmasini bosarkan javob bergan bo'ldi go'yo.

- Tashqaridan manzarani kuzatish senga yoqib qoldi shekili. - Yigitning dag'al ovozi yangrarkan qanday dir ohanglarida qattiylik bor edi - Ichkariga kirarsan balki. Ishimizni bitirgandan so'ng manzarani to'yib tomosha qilarding.

- Meni kuzatyapsizmi? - Haejun atrofiga qaradi.

- Yo'q. Lekin axmoq emasman. Gapni cho'zmay ichkariga kir. Qo'rqma joningni olmayman. - Jungkookning ovozi bu safar kinoyali chiqdi.

- Yaxshi - qisqa javob bergancha go'shakni o'chirgan Haejun chuqur nafas olgancha ichkariga tomon qadam bosdi.

**

Yarim soatcha vannaxonada o'tirgan qiz sekin eshikni ochgancha atrofga alangladi. Hech Kim yo'q biroz avvalgi yotoq ustida bo'lgan ishlar tufayli yotoq choyshabi ozgina betartib axvolda edi holos. Haejun dan esa na darak va na iz qolgandi.

- Demak chiqmasligimni bilib ketib qolgan - Mella sekin vannaxonadan chiqdi.

- Endi mendan hafa bo'ladimi? - qiz havotir Ila o'ziga o'zi gapirdi - Yo'q unga qo'ng'iroq bo'lgabdiku o'sha qo'ng'iroq muhim edi menimcha - Mella biroz avvalgi voqealarni hayolidan o'tkazgancha tahmin qildi.

- Yaxshisi qo'ng'iroq qilaman. - qiz yotoq chetidagi noutbook yonida turgan telefonini qo'liga olarkan kutilmagan qo'ng'iroq bo'ldi. Telefon ustida " Jireen kaputarim" Nomi ostida saqlangan raqamdan kelayotgan qo'ng'iroqni Mella tezlik bilan ko'tardi.

- Eshitaman kaputarim. - Mella charchoq ifodasida yotog'iga yotdi.

- Nimalar bilan bandsan - Jireen ham yotog'i ustida yotgancha shiftga tikildi.

- Biroz avval Haejun ketdi. - Mella pastki labini tishlagancha dedi.

- Aysh Mella yarashganingizga hali bir oy ham bo'lmadi bunday qilma iltimos sendan. - Jireen asabiy ohangda dedi.

- Vaqt nimani hal qiladi muhimi bir birimizni sevamiz. - Mella yana mavzuni silliqlashga urundi.

- Sevgini o'zi yetmaydi Mella. Buni o'zing ham yaxshi bilasan.

- Unda nima qil deysan. Undan hech qachon kecholmayapman.

- Ammo o'zingni ham topshirolmayapsan shundaymi? - Jireen savolli ohangda dedi.

- Ha. Afsuski ha. Jin ursin ha. - Mella asabiy boshini yostiqqa urdi.

- Chunki unga o'zingni topshirsang vaziyat yanayam chigallashadi. Dadang qaytib kelsa seni o'zi hohlagan birorta biznesmen o'rtog'ini o'g'liga berib yuboradi.

- Bu achchiq haqiqat. Xohlasam ham xohlamasam ham qabul qilishim kerak. - Mella pushaymon ifodasida dedi. - Hech bo'lmasa onasi tuzalguncha yonida turay.

- Mayli o'zing bilasan.Shunchaki qiynalishingni istamayman. - Jireen taslim bo'ldi. - Ertaga seni bir zo'r joyga taklif qilmoqchiman. Yo'q deyish yo'q bahonalar qabul qilinmaydi.

- Qayerligini bilsam bo'ladimi? - Mella savol berdi.

- Dadamning Ot fermasiga yangi otlar kelibdi. Bir sinovdan o'tkizmaymizmi?

- Aysh Jireen so'ngi olti oy ichida ot minganimni eslay olmayman.

- Chunki fermaga otlar kelmayotgandi. Va endi yangilari kelibdi. Bormasak bo'lmaydi. - Jireen hursand ifodada dedi.

- Albatta boramiz. Faqat mening mashinamda. - Mella taklif berdi.

- Ouy yaxshi yaxshi. Birga borsak bo'lgani - Jireen rozi bo'ldi.

- Hop unda xayrli tun kaputarim uchib ketmasdan shirin tushlar ko'r - Mella shirin xayrlashuv qildi.

- Sen ham oqqushcham yaxshi dam ertagacha - Jireen go'shakni qo'ydi.

Mella bir on hursand bo'larkan ertangi kun uchun qulay kiyimini tayyorlab qo'yish maqsadida garderobiga yugurib kirib ketdi.

Time skip ⏩

Kent va sovuq atmosferaga ega bo'lgan omborxonaga kirgan yigit bir on ichkarida bir nechta qora kiyimli zobitlar va qarshisidagi kalondimoq boyvachchalar uchun moslangan charm matodan tayyorlangan keng divanda o'tirgan ikki kelishgan yigitga ko'zi tushdi. Keyinchalik qadamlarini tezlatgan ko'yi ularga yaqinlasharkan Jungkook ko'zi bilan ishora qilib o'tirishga buyurgan bo'ldi.

- Bizni uzoq kuttirding basketbolchi Kang - Kesatgan bo'ldi Jungkook

- Buning uchun kechirim so'rayman. - Haejun bu ikki boyvachchaning yonida hech qanday inson ekanligini tushungancha jim qoldi.

- Yo'q Haejun. Bu hayotda hech kimdan uzur so'rama. Aslida uzr so'ratishga o'rgan - Jimin qarshisida qo'rquv aralash o'tirgan yigitga tahlikali nigohlar bilan tikildi.

- Maqsadga o'taman. Har holda ayollardek kichik gaplar bizga kerakmas - Jungkook qo'lidagi sigarasini ohirgi tutamini yerga uloqtirarkan Haejunga tikildi.

- Ikki qulog'im sizda Janob Jeon - Haejun shaharning eng boyvachcha biznesmeni va shuningdek jinoyat dunyosining qirolini yakkayu yolg'iz o'g'li Jungkook ni ancha yaxshi tanigancha hurmat qilishdan naryog'iga o'tmadi.

- Onang betob deb eshitdim. Boquvchingiz ya'ni otang yo'qligidan ham xabarim bor.

- Shunday janob ammo buni bu yerga chaqirishingizga nima a'loqasi bor.

- Jim va eshit - qo'shimcha qildi Jimin.

Haejun tasdiq o'rniga bosh qimirlatarkan nigohlarini yana Jungkook ga tikdi.

- Ochig'i bir ish bor senga oyiga 10 000 $ miqdorda daromad topasan. Bu menimcha onangni operatsiyasi uchun ham bemalol yetadi.- Jungkook gapni qisqa qildi.

- Nima ish ekanligini bilsam bo'ladimi? - Haejun hayron ifodada so'radi.

- Deyarli oddiy ish. Basketbol jamoasiga sardorlik qilasan - Jungkook tushuntirgan bo'ldi.

- Janob sizni mazaxlamoqchi emasmanu lekin oddiy basketbol jamoasiga sardorlik qilishdan bunchalik katta mablag' topish imkonsiz. - Kulib yuborishdan o'zini arang tiygan Haejun Jungkook ga dedi.

- Bu Sen mahallangda o'ynagdigan basketbol emas illegal game tushundingni bolakay - Haejunga o'qraygancha dedi Jimin.

- Agar o'yinda g'alaba qozona olmasang joning bilan badal to'laysan. - Jungkook qo'shimcha qildi.

- Men.. Men nima... Men nima deyishni bilmayman. Bunday xavfli ziddiyatli dunyoga bunchalik tez kirolmayman. - Haejun ikkilandi.

- Menimcha seni o'ylashga vaqting yo'q onang so'ngi hafta ichida operatsiya qilinmasa... Davomini aytishni istamayman. - Jungkook chuqur nigohlar bilan gapirgancha gavdanini charm divan ustiga tashladi.

.

.

**

Keng omborxonada yolg'iz qolgan ikki yigit sigara tutatgancha suhbatlashisharkan go'yoki bir ishni bitirgandek xursand edi.

- Agar bu haftadagi o'yin biz kutgandek yakunlansa bitta ziyofat sendan Jungkook - Jimin sigaret tutunini tutatgancha dedi.

- Xoxlasang bir hafta davomida ziyofat qilaman. - Jungkook ham mag'rur kulgancha dedi.

- Yigitcha judayam sodda va qo'rqoq ekan. Tayini qanday ekan yaʼni o'tmishi - Jimin savol bergan bo'ldi.

- Qiziqmadim. Basketbolda tajribali bo'lgani uchun unga bu taklifni berdim. Ham oilasi judayam og'ir vaziyatda ekan. - Jungkook javob bergan bo'ldi.

- Ha mayli. Muhimi tajribali ekan. - Jimin hotirjam tortgandek bo'ldi. - Tur ketmaymizmi? Yoki bu kecha shu yerda tunamoqchimisan. - Jimin ustki kastyumini oldini yopgancha sovuqqotgan bo'ldi.

- Tae kelsin. Keyin ketamiz. - Jungkook xotirjamlikni ko'rsatdi.

- Ha uni kutyapmizmi? - Jimin qulayroq joylashgan bo'ldi.

- Ha ertaga janob Cui ot fermasiga yangi otlar keltirayotgan ekan. Bir ot choptirmaymizmi? - Jungkook taklif bergan bo'ldi.

- Bir oyoqni chigalini yozarkanmizda. - Jimin ham irjaygancha dedi.

- Ha. Tae keldi - Jungkook omborxonaga kirgan yigitga qarab dedi.

- U ham boradimi? - so'radi Jimin.

- Menimcha yo'q chunki xotini va bo'lajak farzandini deb bizdan uzoqlashdi. - Jungkook inkor ifodasida kuldi.

Tim skip ⏩

Ko'm ko'k rangli tiniq osmon va musaffo bahor havosi insonning bahri dilini ochishi turgan gap. Shunday iliq havoda tog'li o'lkaga sayrga chiqqan ikki qiz. El Camino rusumli mashinaning tepa qismini ochgancha bahra olib ketishardi. Biroz bo'lsada shamol esayotganini hisobga olsak hammasi benuqson edi. Qizil rangdagi mashina rulini qo'liga olgan Mella ora orada qarshisidagi qizga qarab suhbatlashib ketardi.

- Jireen bilasanmi Dadangni fermasida oq rangdagi katta tulpor bor edi? - Mella savol ila yuzlandi.

- Ha esimda uni judayam yaxshi ko'rarding. - Jireen ham javob ila jilmaydi.

- O'shani ko'rish istagi menda hozir kuchli - Qiz hayajon ila gapirdi.

- Menimcha haliyam joyida bo'lsa kerak - Jireen ham unga jilmayib dedi.

- Bunga umid qilyapman. - Mella ham rulga qaragancha jilmaydi.

- Yaqinlashib qoldikmi? - Jireen so'radi.

- Ha deyarli keldik - Mella ham mashina muyilishga burarkan ular katta ot fermasi yaqinida paydo bo'lishdi.

Jireen

.

Mella

**

Ichkaridagi katta markaziy qismda tinimsiz hurkiyotgan otlar hozir shiddatga to'la edi. To'siqlar ichida joylashganlari esa markaziy qismda yugurishga tayyorlanayotgan otlarga qarab tovush chiqarib qo'yishardi. Ot minish uchun mo'ljallangan qismda Jungkook va Jimin bir biriga qarata harakatlar qilarkan ikkisi ham hursand edi. Yog'och to'siq bilan o'ralgan markaziy qism esa ancha keng va otlar yugurganda yerdagi tuproq yuqoriga ko'tarilishga muvaffaq bo'layotgandi.

- Hoy Jungkook otning rangi meni o'ziga jalb qildi. Balki almasharmiz yugurishi ham menikiga nisbatan ancha chaqqon - Jimin otning egarini tortgancha Jungkook ga dedi.

- Bekorlarni aytibsiz janob Park hamma yaxshi narsalar sizga bo'lavermaydi. - Jungkook otni to'xtatishni istamay dedi.

- Hoy bunchalik ablah bo'lma - Jimin nolish qila boshladi.

- Menimcha bizda mehmonlar bor - Jungkook Jiminga etibor bermagancha kirish darvozasi yonida to'xtagan qizil El Caminoga ishora qildi.

- Markus - Jimin shu yerdagi ot boquvchini chaqirdi. - Yana mehmoningiz bormi?

- Janob bu mehmon emas bu janob Cui Jon Rue ning qizi yonidagisi esa dugonasini janob Li Damon ning qizi - ot boquvchisi qizlarga qaragancha ikki yigitga ularni tanishtirgan bo'ldi.

- Ahir bu o'shaku - Jimin Jireenni ko'rarkan qoshlarini chimirgancha dedi - To'xta janob Jon Rue ning qizi qaysi biri? - Jimin yana aniqlashtirish uchun savol berdi.

- Anavi kabboylar shlyapasida kelayotgan sochlari tilla rangli qiz - Qo'li bilan ko'rsatgan bo'ldi markus.

Jimin Jireen ga tikilib turarkan deyarli oti bilan ovora bo'lgan Jungkook negadir otning harakatlariga tushunmadi. U qizlarga e'tibor bermaslikni istagandi ammo ot bunga to'sqinlik qilgancha o'zini darvoza taraf ko'rinadigan tomonga buraverdi.

- Hoy jonivor senga nima bo'ldi yoki qizlarga qiziquvchanliging bormi? - Jungkook otni silagancha darvoza tarafga qararkan mashinadan tushayotgan o'sha ikki kun avval kasalxonada yuzini ko'ra olmagan ammo belidan uzun sochlariga qaragan qizni ko'rdi. Mashinasini qulflagan qiz o'girilarkan endi Jungkook ga uning yuzi anniq ko'rindi. - Shoshma. Sen menga uni topib berding qoyil senga tulpor - Jungkook nogohon jilmayarkan sababini aniqlay olmay otni kulgancha siladi.

Jungkook

.

Jimin

- Markus bular kim - Jireen markusga savol bergancha yuzlandi.

- Otlarni ko'rgani kelishibdi. - Markus odatiy javob bergancha Jirenni yonidagi Mellaga qarab dedi. - Salom Li xonim.

- Menga salom demaysanmi - Ikkisiga qarab dedi Jireen

- Xonim imkon bermayapsizku ? - Mella va Markus kulisharkan Markus dedi.

- Kulgini bas qiling - Jireen ham jilmayib - Bor Markus bizga ikkita ot tayyorla bugun bir poyga o'ynaymiz shekili - Yigitlarga qaragancha pichirladi Jireen

- Ot bilanmi? - unga hamohang javob qildi Mella

- Ha anavisini qara huddi menga o'xshab kabboy shlyapasida - Jungkook ga ishora qilib dedi.

- Ha kelishgan yigit ekan senga mos - Mella ham otni o'ynatayotgan Jungkook ga qarab dedi.

- Voy anavi qiyshiq bashara ham shu yerdami? - Jungkook ni yonidagi otda o'tirgan Jiminga qarab baqirib yubordi Jireen.

- Hoy Jireen baqirmasangchi u eshitdi - Mella qizni tinchlantirmoqchi bo'ldi.

- Sen sen bu yerda nima qilayapsan - Jireen asabiy to'siqni yoniga kelgancha Jimin ga qarab dedi.

- Bu taqdir hazilimi? - Jimin ham asabiy dedi - Men ham senga shu savolni bermoqchi edim toki bu yer dadangniki ekanligini bilmagunimcha

- Otdan tushginda yoqol bu yerdan senga o'xshagan o'ziga bino qo'yganlarni joyi emas bu yer okey. - Jireen shunchalik qattiq ohangda gapirarkan qo'lini Jiminga niqtab gapirdi.

- Kechirasizu Cui xonim..

- Jireen .. Meni ismim bilan chaqir. - Jireen Jiminni gapini bo'lgancha qo'shimcha qildi.

- Yaxshi Cui Jireenk Rue meni ikki qulog'ing bilan eshit erkatoy xonimcha doim xam sen istagan narsa bo'lavermaydi. Xohlasam bu ot fermasini shu turishida sotib olaman. - Jimin ham jahl qildi

- Kim senga uni sotarkan. Qaysidir boyvachchaning erkatoy o'g'li - Jireen ham qo'lini ko'ksiga bog'lagancha dedi.

- Kichkintoy xonim meni asabiylashtirishni bas qil. - Jimin yana asabiy ohangda dedi.

- Men senga nimadir qildimmi? O'zing xira pashshadek atrofimda aylanib yuribsan - Jireen ham baqirishni davom ettirdi.

- Hii. Nima sen haqiratlash va laqab qo'yish bo'yicha orden sohibasimisan? Meni uchratganingdan beri laqab qo'yasan boshida yuzimni qiyshiq deding endi esa meni pashshaga o'xshatyapsan - Jimin ko'zlari kattalashgancha asabiy baqirdi.

- Kechirasanu laqab yaqin insonlarga qo'yiladi. Qandaydir begonalarga emas. Yuzingni qiyshiq deganimga kelsak men yolg'on aytmadim. - Jireen odatiy holatini saqlab qolgancha kulimsirab Jiminni nazarpisand qilmadi.

Ikkisi janjaldan to'xtamas ekan Ularni kuzatib turgan Mellaga tikilayotgan Jungkook tavakkal qilgancha qizning yoniga bordi.

- Dugonangiz gapda ancha qolishmas ekan - Jungkook sekin qizning yoniga kelgancha jilmayib dedi.

- Do'stingiz ham qolishmaydi - Jungkook ni uzun bo'yiga bir qarab qo'ygan Mella yana nigohini ularga qaratdi.

- Menimcha ularni janjali oshib ketyapti - Jungkook biroz o'rtaga cho'kkan sukunatga yakun yasamoqchi bo'ldi.

- Ha. Ammo Jireen bu janjalni to'xtatishga asos bo'ladigan narsa ko'rsatmasangiz buni to'xtatmaydi. Ya'ni bas qil kabi so'zlar ta'sir qilmaydi - Mella ham qo'lini ko'ksiga bog'lagancha dedi.

- Unda Men bir narsa o'yladim - Jungkook topgan ko'yi lab chetida jilmaydi.

- Nima ekan?

- Ot poygasi uyushtiramiz yutqizgan kechki ovqatni to'laydi. - Jungkook Mellaga tushuntirgan ko'yi qizning qarshisiga turib oldi.

- Yaxshi fikr ularga ham aytaylik. - Mella ikki janjalkashni ko'rsatib dedi.

- Menga qo'yib bering - Jungkook ortiga o'girilgancha xushtak chaldi. Jireen va Jimin diqqatini Jungkook ga qaratarkan Jungkook ham ularga va Mellaga qaragancha dedi.

- Do'stlar urushishni bas qiling ot poygasi uyushtiramiz va yutqazgan inson kechirim so'raydi va kechki tushlik haqqini to'laydi.

- Mmm.Kechirim so'raladigan bo'lsa men roziman. - Jireen o'ylangancha rozi bo'ldi.

- Men ham roziman. Cui xonimga yengilmoqchi emasman. - Jimin ham rozi bo'ldi.

- Aa. Sizning ismingiz - Jungkook orqasida turgan qizga qarab qosh uchurarkan ot poygasi baxona uning ismini bilmoqchi edi.

- Mella - bildirgan bo'ldi qiz

- Rozimisiz.

- Menimcha bunday taklifga yo'q deya olmayman. - Mella yigitga qisqa jilmayib dedi.

- Unda do'stlar boshladik otlarni egarlaymiz kettik Jimin otimizni egarlaylik yur do'stim - Jiminni yelkasidan tutgancha uzoqlasharkan Mellaga qarab qo'ydi.

- Jireen bo'ldi tinchlan qani yur otlarni egarlaylik bu qiziq bo'ladi - Mella ham Jungkook ni ketganini ko'rib asabiylashib turgan dugonasini u yerdan uzoqlashtirdi.

.

Time skip | Seuol. Uy

Deyarli kichik hajmdagi yog'och eshik ochilishi natijasida ichkariga kirgan yigit uyga bir nazar tashladi. Chiroqlar o'chiq. Uy kichkina ammo qadimgi rusumdagi isitgich yoniqligi hisobidan issiq edi. Yigit bir chuqur nafas olgancha qo'lidagi mahsus paketlarni olib kichik uyga moslab qurilgan kichik oshxonaga kirdi. Tor oshxonaga o'rnatilgan biroz eskirgan oshxona tokchasiga qo'ydi. Keyinchalik shu yerdagi stulga joylasharkan qo'liga telefonini olgancha o'ziga kerakli kontaktni qidira boshladi. Ohirida topilgan raqamga jo'natilgan chaqiruvdan so'ng operatorning ovozi yangrarkan yigitning qoshlari asabiy yig'ildi.

- Qayerdasan Mella nega qo'ng'iroqlarimga javob bermayapsan.

Bir kunda 13 marta qo'ng'iroq qilishi bo'lsada kun bo'yi qizning telefoni o'chiqligi yigitni asabiylashtira boshladi. Chuqur nafas olgancha o'rnidan turarkan ust kiymini yechgancha ovqat tayyorlashga tushib ketdi. Muzlatgich ni ocharkan deyarli juda siyrak joylashgan mahsulotlar orasidan ikkita tuxum va o'ramga joylangan mahsus ramyon makaronini oldi. Keyinchalik gaz pechini yoqqancha pishirishni boshlab yubordi.

**

Bir necha daqiqalardan so'ng tayyor bo'lgan ramyonlarni idishiga solgancha oshxonadan chiqqan Haejun onasining xonasini eshigini sekin ochdi. Ayol allaqachon uxlab ulgurgan. Tun ham kirgani bois. Haejun hafsalasi pir bo'lgancha ikki kishi uchun mo'ljallangan ovqat solingan patnisni shu yerdagi stol chetiga joylagancha onasining bir kishilik kravati chetiga joylashdi. Kravat yonidagi javoncha ustidagi dorilarga qararkan birida bitta ikkinchisa ikkita ba'zisi esa tugagan dori qog'ozlarga qaradi. Haejun biroz asabiylashishni boshlarkan. Bu ishda yutishi shartligini miyyasiga uqtirishni boshladi. Onasining peshonasidan mayin o'pich qoldirgancha xonadan chiqdi. O'zi uchun mo'ljallangan xonaga kirarkan biroz eski bo'lsada az qotayotgan kravatiga tanasini otdi. Yana qayta qo'liga telefonini olgan yigit sevgilisi bilan yana bog'lanmoqchi bo'ldi. Ammo yana javobsiz qolgan qo'ng'iroq yigitning butkul asabiylashishiga sababchi bo'ldi.

- Huf. Nega og'ir axvolimda yonimda emassan. Hozir shunchaki seni quchoqlab hammasini unutishni istayman - Haejun o'ziga o'zi gapirarkan ko'zlarini yumdi.

Haejun

Time skip ⏩

Deyarli kech tushgan. Mayin shabada bahor havosi bo'lgani uchun yoqimli tuyulmoqda. Koreyani mashhur shahar deya olsak uni tomosha qilish uchun Jeju tog'lariga chiqish kerak edi. Deyarli ot fermasidan uncha uzoq bo'lmagan yerdagi ovqatlanish uchun qurilgan bu joyga kirgan to'rtlik hozir tashqi tarafdagi balkonda moslangan joyda kechlik qilishmoqda. Ot minish o'yini yakuniga yetgan qizlar ham yigitlar ham biroz charchashgan Jungkook ning yordami bilan esa biroz kulguli suhbatlar qurishmoqda.

- Yo'q yo'q. Siz judayam ajoyib hazilkash ekansiz - Jireen og'zi keng ochilgancha kularkan

- Unchalik emas shunchaki gap kelganda gapirib qo'yaman ichimda qolmasin deyman - Jungkook ham jilmaygancha suhbatni davom ettirdi

- Gapirib bo'lib keyin o'ylaydiganlardan man deng - Jireen gapni davom ettirarkan sanchqi orqali kichik go'sht bo'lagini og'ziga soldi.

- Yo'q aslida umuman o'ylamayman. O'ylash Jiminga xos narsa menga emas. - Jungkook Jiminga nazar tashlab qo'ygancha ovqatlanishda davom etdi.

- Nima demoqchisan ? - Jimin biroz asabiy roq ohangda dedi.

- Hechnima do'stim shunchaki suhbat qurayapmiz. - Jungkook Jiminga ko'z qisib qo'ygancha yana ovqatga diqqatini qaratdi.

- Meni mazur tutinglar hozir kelaman. - deyarli ertalabdan beri notinchlanib aloqa qidirayotgan Mella o'rnidan turgancha qo'l yuvish xonasi tomon yurdi.

Uning ortidan qarab qolgan Jungkook hozirgi sukunatda Jireen va Jiminni yolg'iz qoldirishi kerakligini va hozir yuragi buyurayotgan ishni qilishni istadi.

- Hozir qaytaman sizlar davom etib turinglar - Jungkook ham sekin o'rnidan turgancha Jiminni yelkasiga qoqib ovqatdan ko'zini uzmayotgan Jireenga ishora qildi.

Jireen

.

Jungkook

- Lanati asab tolalarim hozir uzilib ketadi. Qanday qilib uni ogohlantirmay bu yerga keldima. Aloqa ham yo'q - Mella asabiylashgancha qo'l yuvish xonasidan aloqa izlay boshladi.

- Bu menga yordam bo'lishi mumkin - Mella qadam tashlagancha qo'l yuvish xonasiga joylangan kichik deraza oldiga bordi. Shu yerdagi chiqindi quttini ag'dargancha ustiga chiqarkan deraza ortidan aloqa izlagan bo'ldi go'yo

- Jin ursin ishlasangchi - Mella asabiy telefonini qimirlatarkan oyog'i ostidagi chiqindi quttisi ham qimirlab qizning muvozanatsiz tanasini qayotganini his qilgancha qichqirmoqchi bo'larkan birdan tanasi qandaydir katta qo'llar ichiga o'ralganini his qildi.

- Hoy kichkina qo'rqoq ko'zingni och - Jungkook ning mayin ovozini eshitgan Mella qo'rqqanidan yumib olgan ko'zlarini ochdi.

- Siz

- Nega derazadan tashqariga qarab intilyapsan.

- Men

Qiz qaltiragancha ohangini yoqotib qo'yarkan Jungkook Mellani yerga tushurish niyati yo'q edi.

- Men savol berdim hali ham jim turmoqchimisan - Jungkook bu gal manipulyativ ohangini ishga soldi

- Aloqa izladim. Ammo natijasini ko'rib turibsiz - Mella endi tipirchilashni boshlab yubordi.

Jungkook qizni yerga tushirarkan. Mellaga yuzlanib dedi.

- Xabar bermoqchi bo'layotgan insoning kimligini bilsam bo'ladimi?

"Nega meni senlayapti. Nima o'zini bir kun ichida yaqin insonimdek tasavvur qilyaptimi? Boshqa narsani bilmaymanu bolaligimdan menga qanday salom berishsa shunday javob qaytarishni yaxshi ko'raman. Shunday ekan uni sizlash niyatim yo'q. Va hozir uning yordamini ham rad eta olmayman. Haejunga xabar berishim kerak. Ammo Haejunni shaxsini unga oshkor qila olmayman sevgilim borligi haqida iloji boricha kam inson bilgani ma'qul yaxshisi yolg'on ishlataman. " - Mella o'ylanib qolgancha ohiri yigitga javob qildi.

- Uyimdagi xizmatkor ayolni ogohlantirishim kerak. Mitti kuchukchamga qaraganmi yoki yo'q bu haqida so'rashim va bilishim kerak. - Mella javob qilgan bo'ldi.

- Yaxshi unda mening telefonimdan foydalan - Jungkook osongina telefonini qizning qo'liga tutqizarkan Mella hayron bo'lgancha telefonni oldi.

- Paroli qanday - Mella hali telefonda parol bor yoki yo'qligini tekshirmay dedi .

- Ochib ko'rchi balki toparsan - Yigit qitmirlikni davom ettirarkan Mellani kuzatdi.

- Shunchaki paroli yo'q deyish qiyinmi? - Mella asabiy telefonga kerakli raqamni terarkan Jungkook dan biroz uzoqlashdi. Ammo javob kelmagach bir necha bor urinish natijasida hech qanday javob ololmagach havfasalasi pir bo'lib telefonni yana egasiga olib kelib berdi.

- Rahmat - Mella odatiy tashakkur bildirgancha ketmoqchi bo'larkan bir savolni bermasa bo'lmasdi - Mening raqamimda aloqa yo'q. Siz ning raqamingiz qaysi tarmoqda unda aloqa hatto Jeju tog'larida ham ishlayapti.

- Ko'nikishni boshla qizaloq Jeon Jungkook syurpriz larga boy odam - Jungkook shu gapni aytgancha Mellaga tomon qadam tashlay boshladi.

- Ya'ni - qiz bir qadam ortga tashlarkan deyarli sovuq devorni his qildi.

- Syurprizlar aytiladimi ? - Jungkook endi nafasini ham qizning nafasi bilan birlashtiradigan darajada yaqinlashdi.

- Men ketishim kerak - Mella yigitning hamlasini sezgancha tipirchilashni boshladi.

- Bugun qo'yib yuboraman. Ammo qayta uchrashishimizni istayman. - qizning uzun sochlariga yuzini ko'mgancha chuqur hidlagan Jungkook uzun sochlarga tikildi. Bir vaqtning ichida qizning lablari va bo'yin qismini tishlari orasida ezishni hohlasada hozirgi qilgan kichik bir xatosi ham qizdan ayrilib qolishi yoki Mellaning Jungkook dan nafratlanishi mumkin degan hayol yigitni to'xtatdi.

Jungkook

.

.

2- qism tugadi.