February 12

๐ƒ๐ž๐ฌ๐ข๐ซ๐ž | ๐Š๐ฎ๐ญ๐ข๐ฌ๐ก

Episode - 3

Kechki soat millari kunduzgi soat millari bilan almashinadigan vaqtga yetib kelgan ekan. Qizlar Yozning birinchi kunini maroqli o'tkazib uyga qaytishdi. Mella xolasining uyida tunab qolishini onasiga aytgancha ogohlantirarkan Mella Nire va Nire ning ukasi Soejin uyga kirishdi. Xolasi uyda shirin kechlik tayyorlab qo'yganidan xabar topgan bolalar tezlik bilan qo'llarini yuvgancha dasturxon atrofiga joylashishdi. Ovqatlanish maroqli o'tgandan so'ng Mella va Nire xonalariga ko'tarisharkan kechki iliq vanna qabul qilgancha o'rinlariga joylashishdi. Mella qo'liga telefonini olgancha qaltirarkan Nire tinimsiz soatga qarardi.

- Nima derkin nima deb o'ylaysan? - Mella so'ragan bo'ldi.

- Roppa rosa 30 daqiqadan so'ng bilamiz - Nire soatga qaragancha fikrini bildirgan bo'ldi.

- Agar sevgi izhor qilsachi - Mella so'ragan bo'ldi.

- Unda kimligingni aytib uni qora ro'yxatga solasan - Nire hayajonli ifodada dedi.

- Menimcha vaziyat keyin jiddiylashadi - Mella boshini ushlagancha telefonga qaradi.

Telefonga kelgan xabardan qizlar uchib tushisharkan Jimin kimligini hali bilmagan qiziga ilk sevgi izhorini ijtimoiy sahifasi orqali qildi. Mella va Nire deyarli bu xabardan tushunarsiz axvolga kelishdi.

๐Ÿ’ฌ

Jimin : Men sizni yaxshi ko'rib qoldim. Muomilangiz onamni eslatdi menga.

Mella: Eslaysizmi biz birinchi yozishmamizni

Jimin: Ha albatta eslayman.

Mella: Yolg'onni yomon ko'raman degandizgiz

Jimin: Buni bizni mavzuyimizga nima aloqasi bor.

Mella: Men sizga yolg'on gapirdim. Men siz o'ylagan inson emasman.

Jimin: Unda kimsiz?

Mella: Bilmaganingiz maqul

Jimin: Hech bo'lmasa kimligingizni bilay shuni ayting.

Mella: Li Mella. Endi meni tinchgina qora ro'yxatga Sol va qaytib ko'zimga ko'rinma

Jimin: Mella nega menga boshidan aytmading?

Mella: Hali ham tushunib yetmadingmi bu sinov edi. Va Sen sinovdan o'ta olmading hayr

Jimin: Xonangda yo'qsan qayerdasan.

Mella: Xolamni uyidaman. Kelma

Jimin: Sendan so'ramayman. Uy ichigacha kirishimni istamasang tashqariga aytgan vaqtimda chiqasan.

Mella: Yo'q ertaga gaplashamiz kelma.

Jimin: Hozir gaplashamiz. Gap tamom

Jimin ohirgi gapni yuborgancha ijtimoiy faollikni o'chirib Taehyung ni mashinasiga joylashdi. Deyarli asabiy holda Taehyung ga Mellaning xolasini uy manzilini berdi.

**

Ko'chadagi iliq yoz havosi tungi shabada bilan yoqimli tarzda tanaga yoqmoqda. Ustidagi pijamasi bilan katta uyning darvozasi yonida turgan ikki qiz ulardan bir necha dyum naridagi masofada joylashgan mashinaga qarab yurishdi. Mella asabiylikdan boshini ushlarkan tezlik bilan mashina yoniga bordi. Mashina ichidan tushgan Taehyung ga qaragancha asabiy ohangda dedi.

- Qani u - so'radi Mella

- O'tir. Gaplashib olasizlar. - Taehyung mashinaga ishora qildi.

- Meni shu yerda kut - Mella shunday degancha mashinani orqa o'rindig'iga joylashdi.

- Hayrli kech - Mella mashinaga joylasharkan Taehyung Nirega qaragancha jilmayib dedi.

- Sizga ham - Nire odatiy ifodasini saqlab dedi.

- Sizni Syndrome klubida ko'rgandim. Ammo siz ko'rmagansiz - Taehyung mashinasiga suyangancha suhbatni davom ettirdi.

- 16 yoshdagi qizning klubga borishi g'alati albatta balki gapimga ishonmassiz ammo siz o'ylagan narsa uchun borganim yo'q - Nire ham Taehyung ni yoniga kelgancha mashinaga suyanarkan dedi.

- Yomon hayolga borganim yo'q. Ammo nega borganingiz rostdan qiziq.

- Sevgilimni xiyonat ustida qo'lga oldim.

- 16 yoshli qizning klubga borishi g'alati emas. Ammo sevgani borligi g'alati.

- Bor edi. Endi yo'q. O'smir yoshdagi xato edi deylik sevgi emas - Nire qisqa jilmayib dedi.

- Demak xiyonatdan keyin sevgi sevgi emas xato deyiladi deng - Taehyung chuqur nigohlarini Nirega tikdi.

- Ha boshqalarni bilmadimu lekin mening umrimdagi eng katta xatoyim sevish bo'ldi.

- Hali hayot oldinda. Sizni sevaman deydiganlar ko'p ammo uni his ettiradigan biri bo'ladi hayotingizda.

- Buyog'iga hammasini vaqt hal qilsin men emas - Nire chuqur nafas olgancha yigitning qahvarang ko'zlaridan ko'zini olib qochdi.

- Siqilish eng yoqimsiz tuyg'u - Taehyung qo'shimcha qilgancha sigara olib tutatdi.

- Hozir siqilish tufayli tamaki chekayotgan odam aytyaptimi shu gapni - Nire Taehyung ga kulgancha qaradi.

- Mm. Aqlli qiz ekansiz menimcha siqilmasligim kerak - Taehyung og'ziga olgancha endigina tutatayotgan sigarasini yerga tashladi.

.

.

**

Mashina ichidagi sukunatga yakun yasalishi kerak ekan Jimin asabiylik bilan tomoq qirib gap boshladi.

- Birga bo'lmasligimiz uchun qo'lingdan kelganini qilyapsan Mella Nega?

- Sen rostdan ahmoq bo'lib qolibsan. O'zingni oqlashga urinib aybni menga to'nkama.

- Meni hayotingdan chiqarish uchun kichik bir ehtimolni ham ko'zdan qochirmaysan.

- Nega men senga shunchalik muhim bo'lsam. Boshqa qizlarga qiziqyapsan.

- Mella senchalik hech kim muhim emas. Men bugungi javobingni qancha kutdim ahir - Jimin deyarli ko'zi qizargan holda dedi.

- Bunga ishonmayman. Bu gapga hatto o'zing ishonmaysan - Mella ham ko'ziga to'lgan yoshi bilan dedi.

- Bunday emas Mella jin ursin seni sevaman. Hozir seni yoqotishdan qanchalik qo'rqayotganimni hayolinga ham sig'dira olmaysan - Jimin asabiy mashina sdenasini urdi.

- Bas qil. Meni qo'rqityapsan. - Mella Jiminni baqirganidan qulog'ini berkitib oldi.

- Qo'rq. Huddi mendek qo'rq. Men qanchalik azoblanayotganimni his qilmayapsan. - Jimin battar baqirdi.

Mella qulog'idagi o'sha shovqin tufayli daxshatli axvolga tushgancha qulog'ini ushlab ko'zini yumib oldi. Tinimsiz titrayotgan kichik jussali qizni endigina payqagan Jimin Mellani tezda bag'riga oldi.

- Meni kechir. Mella meni kechir iltimos sendan mendan ketib qolaman dema iltimos - Jimin qizni bag'riga olgancha sochlaridan siladi.

- M..meni shunchalik sevasanmi? - Mella titroq aralash dedi.

- Tasavvur ham qilolmaysan mitticham - Jimin qizni yuzidan silagancha chuqur boqdi.

- Agar. Butun umr meni yo'qotishdan bugungidek qo'rqsang seni sevishga men ham roziman. - Mella ham yigitga tikilgancha roziligini aytdi.

- Seni sevaman. - Jimin qizni lablariga yaqin kelarkan Mella biroz notinchlandi. Jimin buni sezarkan Qizni yanog'iga qisqa o'pich qoldirdi.

.

Time skip โฉ

Qo'shimcha motorlar yoqilgani hisobiga qiziyotgan mashina rulida o'tirgan erkak mashinaning rulidan ko'zini uzmas. Qatiyati doimgidey. Jaxldorlik darajasi esa ortayotgani aniq edi. Mashina eshigining ochilgan ovozidan ham liq etmagan erkak old o'rindiqqa joylashgan yigitga hatto e'tibor bermadi.

- Fantom men bilan nega uchrashishni istaganingizni tushunmadim. Ochig'i - Jungkook ham biroz qo'rquv va hayajon aralash sukunatni buzdi.

- Jungkook bilasanmi? O'tgan tunda uyimga kimdir kiribdi. - Fantom bir nuqtaga tikilgancha dedi.

- Bunga kimning haddi sig'ibdi. - Jungkook deyarli nafasi ichiga tushgancha Fantomga qaradi.

- Hali bilmayman. - Jungkook tomon o'girilib - Lekin agar topsam. Miyyasiga qo'rg'oshin joylayman. - To'pponchasini chiqargancha Jungkook ga tahlikali qaradi.

- Mendan nima qilishimni xohlaysiz? - Jungkook ham biroz qattiy turgancha sezdirib qo'ymaslikka urindi.

- Kimligini bil va menga uni topib keltir. - Fantom endi nigohini Jungkook Dan olib qochdi.

- Uni nima qilasiz? O'ldirasizmi? - Jungkook deyarli peshonasidan sovuq ter oqib ketdi.

- O'zing nima deb o'ylaysan - Jungkook ga yaqin kelgancha - O'g'rining jazosi qanday. - tahlikali ovozda pichirladi.

- Meni kechiring - Fantomga tik boqqancha aybini tan oldi.

- Paunani yonida seni qaytib ko'rmasligimni aytgandim.

- Uni sevaman. Unga uylanmoqchiman. - Jungkook nafasini yutgancha ichidagi bor gapni aytdi.

- Kuldirma. Men hatto otasi yo'q bir betayinga yakkayu yagona qizimni bermayman. Qolaversa uni qanday insonligini bilib turib. - Fantom tahlikali kula boshladi.

- Otam yo'q. Ammo amakim doim otam o'rnini bosib kelgan. Siz xohlagan har bir narsani yaratib berishga kuchim yetadi. - Jungkook g'ururi toptalishiga qaramay Pauna uchun kurashishda davom etdi.

- Otangni o'z qo'llari bilan o'limga jo'natgan amaking haqida gapiryapsanmi?

- Nimalar deyapsiz? - Telbalarcha kulayotgan Fantomga qarab qatiy gapirdi.

- Borib amakingdan so'ra. - Fantom ohirgi gapini aytgancha mashina eshigini ko'rsatarkan Jungkook g'azab bilan mashinadan tushib ketdi.

.

**

Deyarli asabiyligi ortgan yigit eshikni zarb bilan ochgancha katta va keng uyga uyga kirib baqira boshladi. Tinimsiz qichqiriqlari tasirida uyg'ongan uydagi odamlar uyning har tarafidan chiqib kelisharkan tepa qavatdan tushgan katta yoshlardagi erkak va ayol yigitga yuzlanishdi.

- Amaki buyoqqa chiqing - Jungkook deyarli qizargan nigohlari bilan Amakisiga qaradi.

- Nimalar bo'lyapti Jungkook tinchlikmi? - Deyarli vahimali ohangda Dedi amakisi.

- Dadamni o'lishini bilarmidingiz - Jungkook yosh to'lgan ko'zlari bilan arang gapirdi.

- Nima esdan og'dingmi?

- Javob bering - qichqirdi Jungkook

- Otang o'lib ketgan bunga to'rt yil bo'ldi. Endi uni eslashdan foyda yo'q.

- Siz qanchalik tosh yurak insonsiz. Vijdoningiz bormi o'zi

- Yo'q menda vijdon. Ko'rib turganingdek shuning uchun badavlatman. - Amakisi endi mag'rur turib dedi.

- Ablah - Jungkook mushtini tutib turolmay amakisiga musht tushirdi.

Muvozanatsizlik ta'sirida yerga yiqilgan erkakni tinimsiz do'pposlarkan Kelinoyisi qo'rqqancha qo'riqchilarni chaqirdi. Qo'riqchilar Jungkook ni arang ajratib olisharkan. Amakisi og'zidagi qonni yerga tupurgancha o'rnidan g'azabli nigohlari bilan turdi.

- Yetim qo'zi asrasang og'zi burning moy qilar. Yetim bola asrasang og'zi burning qon qilar deb bejiz aytishmagan ekan. - Telefonini olgancha politsiya raqamini terdi.

Jungkook deyarli qo'riqchilar qo'lidan qayta chiqib amakisini shu ondayoq o'ldirishga tayyor edi.

- Bizni nima aybimiz bor edi. Ukalarimni nima aybi bor edi. Jeongin. Seomul ularda nima ayb bor edi. - Jungkook endi tanasini bosh qo'ygancha ko'z yoshlarini qo'yib yubordi.

- Politsiya xonada seni aqlingni kiritib qo'yishadi - Amakisi qo'riqchilar qo'lidagi Jungkook ga qarab dedi.

Time skip โฉ

Tun. Keng yotoqning u chetidan bu chetiga o'zini tashlagancha tinimsiz tabassum qilayotgan Mella hozir baxtdan sarmast edi. O'zidan uncha uzoq bo'lmagan masofadagi xonada Jimin ham ayni vaqtda keng jilmaygan holda telefonda qizg'in suhbat qurardi.

- Nega doim mendan uzoqlashishga urinasan.

- Chunki masofadagi sevgi sof sevgi hisoblanadi.

- Aqlli bo'lib ketibdilarmi mening mitticham.

- Albattada ahir 3 ta qo'shimcha kursga boraman.

- Mella

- Eshityapman.

- Hozir seni to'yib bag'rimga bosgim kelyapti

- Eyy Jimin aytdimku buni iloji yo'q - Mella uyalganidan yostiq orasiga yuzini ko'mdi.

- Nega ekan. Bugun tunda uxlab yotganingda xonanga kirib seni bag'rimga olib uxlayman.

- Hoy bas qil. Meni asabiylashtirma

- Mella keyinroq gaplashamiz. Hozir qo'ng'iroqqa javob berishim kerak.

- Yaxshi.

Jimin telefonni qo'yishi bilan qichqirgancha balkonga chiqqan Mella hursandligidan keng yulduzli osmonga tikildi. Keyinchalik yuzini pastga qaratarkan Jimin mashinasiga tomon ketayotganini ko'rdi. Tepa qavatdan Jiminni ismini aytib qichqirarkan Jimin unga tezda o'girilib qaradi. Mella tezlik bilan uyga kirgancha shunchaki telefonini olib xonadan chiqib Jiminni yoniga shoshdi.

- Nima ? - Jimin tushunqiramay dedi.

- Qayerga hushdorlaringni yonigami?

- Mella jinnimisan. Uyga kir men tezda qaytaman.

- Yo'q. Men ham sen bilan boraman.

- U yer sen boradigan joy emas.

- Qayerligini so'ramadim boraman dedim - Mella yuzini o'girgancha mashina orqa o'rindig'iga joylashdi.

- O'jar - Jimin chuqur nafas olgancha mashina ruliga joylashdi.

**

Mashinadagi sukunat deyarli asabiylikni orttirarkan Jimin o'ziga kelgan qo'ng'iroqqa asabiy holda javob berdi.

- Eshitaman Tae - Katta ekranni telefoniga ularkan Taehyung ni ovozi butun mashina bo'ylab yangradi.

- Boryapsanmi?

- Ha yo'ldaman. O'zim uni mahkamadan olaman.

- Jungkook hozir yomon axvolda u bilan gaptalashmasligingni hohlardim. Men ham bir necha kunda Seoulga qaytaman.

- Yaxshi havotir olma o'zim uni uyiga tashlab qo'yaman.

- Senga ishonaman do'stim

- Hayr - Jimin qo'ng'iroqni yakunlarkan Mella endi vaziyatni tushungandek uyalganidan yuzi qizardi. Jiminni xiyonat qilyapti deb o'ylaganidan o'zini aybladi.

**

Politsiya mahkamasi yonida to'xtagan mashina ichidan tushgan yigit o'ylab ham o'tirmasdan mashinani qulfladi. Mella asabiy boshini ortga tashlarkan Jimin mahkama ichiga kirishga ulgurgandi.

- Qanday qilib Jimin menga xiyonat qilishi haqida o'yladim. Ming lanat menga - Mella asabiy peshonasiga urdi.

Bir necha daqiqadan so'ng ichkaridan chiqqan ikki yigitni ko'rgan Mella orqa o'rindiqqa mahkam roq joylashdi. Jiminni yonidagi yana bir yigitga qizning ko'zi tusharkan deyarli e'tibor bermadi. Ikki yigit ham kelib mashinaga joylasharkan Mella hatto tovush chiqarmaslikka qaror qildi. Jungkook Mellani payqamadi. Ammo Jiminning tinimsiz orqa oynaga qarashi natijasida Jungkook orqadagi mitti qizni payqadi.

- Singlingmi? - Jungkook Mellani ishora qilib dedi.

- Sevgilim - Jimin ruldan ko'zini uzmay dedi.

- Chiroyli va kichkina qiz ekan mening Paunamdek - Jungkook ham Mellaga e'tibor bermaslikka urinarkan dedi.

- Pauna va Mella orasida katta farq bor - Jimin qo'shimcha qildi - Mella Paunadek ayyor emas.

- U bunday emas. Uni yaxshi bilmaysan.

- Aslida sen uni yaxshi bilmaysan. - Jimin yana gapga qo'shimcha qildi.

- Bu haqida bahslashishni istamayman. - Jungkook yuzini tezlik bilan o'tayotgan shaxar manzarasiga qaratdim

Jimin rulni yo'l chetidagi benzin quyish shaxobchasiga burarkan O'zi ham mashinani bir necha daqiqaga tark etdi. Mashinaga sukunat cho'kdi.

- Jiminni sevasizmi?

- Sevmasam sevgilim demasdi. - Mella odatiy javob qilishga urundi.

- Demak u haqida bilib turib ham sevasiz - Jungkook yana davom etdi.

- Otasizligi va qiyinchilikda katta bo'lganini nazarda tutayotgan bo'lsangiz ha bilaman.

- Men buni nazarda tutmadim. - qisqa iljayib pichirladi Jungkook

- Nimadir dedingizmi? - Mella Jungkook ni pichirlashini anglamagan holda dedi.

- Yo'q. Hech narsa. Shunchaki baxtli bo'ling - Bu pising gapni eshitgandan so'ng Mellani ichidagi shubha ming karra ortdi.

3 - qism tugadi.

Author: Li Mella