December 5, 2025

From dusk Till dawn

Epi 9

Keng va yorug' kasalxona palatasida mittigina bo'lib kravatda yotgan qiz o'ziga kelishni boshlagandi. Deyarli yuzlari oqarib ketganidan ustiga yopilgan oq choyshabdan farqi qolmagandi. Holsiz qo'lini yuziga olib borgancha o'rnidan yarim gavdasini ko'targancha tik turdi. Keyinchalik esa ko'zi tiniqlasha boshlagach yon atrofiga ko'z yugurtirarkan sekin boshini ushlagancha dedi.

- Men qayerdaman. Kasalxonami bu yer - boshining atrofida hali ham tevarak atrof aylanayotgan ekan Minsoya zo'rg'a gapirdi.

- Xonim nega turdingiz sizga turish mumkin emasku ahir - Honaga eshikni endigina ochib kirgan Hamshira Minsoya ga qaragancha biroz baland ovozda gapirarkan Ularni tashqaridan Rosie eshitdi.

- Demak o'zinga kelding - Rosie o'ziga eshitilarli pichirlagancha o'rnidan tezlik bilan turib hamshiraning ortida palataga kirdi.

- Honim nimalar qilyapsiz - hamshira Rosiega qaragancha dedi.

- Bemor bilan gaplashib olishimiz kerak - Rosie Minsoya o'tkir qarash qilgancha hamshiraga etibor bermay dedi.

Minsoya hayron holda ham Rosiega ham hamshiraga qararkan nima bo'lyotganini tushunib yetmayotgandi.

.

**

Deyarli sukunatda qolgan qiz yuragi urish ritmi teskarilashdi. Minsoya qarshisida unga g'azab bilan tikilib turgan Rosiega aybdor qiyofada tikilib turarkan Rosie ham hayronlikdan ham o'zini arang tiyarkan oradagi sukunatga gap qo'shdi.

- Shoshma shoshma. Men hozir tushunishim bo'yicha sen uchrashyotganinga deyarli bir oy bo'lgan insondan homiladorsan shundaymi?

- Homilador ekanligimni o'zim ham hozir bildim. - Minsoya ham asabiy ohangda javob berdi.

- Aloqa qilayotganda hayolinga kelmadimi? - Rosie yana teskari javob berdi.

- Bunday bo'ladi deb o'ylamagandim Rosie.

- O'ylamading ammo bilarding.

- Bilmasdim. Bilmasdim Albatta Rosie bilsam shunday qilarmidim. - Minsoya ko'zidagi yoshni qo'yib yubordi.

- Hop lekin nega meni bundan habarim yo'q. Nima agar uyimda hushingdan ketmasang bir yo'li bola tug'ilgandan keyin bilarmidim. - Rosie battar asabiylasha boshladi.

- U meni zo'rlagan. - Minsoya oradagi suhbatga yana bir satr qo'shdi.

- Nima? - Rosie og'zi lang ochildi. - Kim u qaysi ablahni bunga haddi sig'di.

- Aslida buni zo'rlash ham deb bo'lmaydi. - Minsoya yana ko'z yoshini tiyolmadi.

- Aniqroq tushuntir Minsoya hozir aqldan ozaman.

- Minsoyami? Shu kungacha doim meni Minosh deb chaqirarding. - alam Ila dedi Minsoya

- Hozir seni arazingni ko'taradigan axvolda emasman. Sen ham arazlaydigan vaziyatda emassan. - Rosie yumshashni istamadi. - Kutyapman. - Rosie jim qolgan egiziga dedi.

- Mast edim. Bir onda bo'ldi anglolmay qoldim. Keyin... - minsoya davom etolmasdi.

- Keyin..Nima keyin keyin nima bo'ldi Minsoya gapirsangchi - Rosie davom etishini sabrsizlik bilan kutdi.

- Keyinchalik uni sevib qoldim.Meni siquvga olishni bas qil Rosie - Minsoya ohirida nafasini tuta olmay piqillab yig'lab yubordi.

- OH Minosh kel o'zimga hammasini hal qilamiz. - Rosie Ohirida egiziga rahmi kelgancha uni bag'riga bosdi. - Hammasini hal qilamiz.

Shunday quchoqlashishdi deb tasavvur qiling

Time skip | Hospital

Shifoxona kutish yo'lakshasida o'tirgan ayolning telefoni jiringlarkan Heesun honim telefonni yashil tugmasini bosgancha ko'tardi.

- Eshitaman qizim .

- Oyi qayerdasiz - Yuna yonidagi yigitga kulib qaragancha oyisiga gapirishda davom etdi.

- Men kasalxonadaman qizim - Deyarli shuncha yildan beri qizini aldamagan Heesun honim bu gal ham aldamaslikni maqul ko'rdi. Garchi eng katta yolg'onni gapirib ham bo'lgandi.

- Nega nima bo'ldi qon bosimingiz ko'tarildimi yoki qandingizmi oyi nima bo'ldi - Yuna asabiylashgancha havotirga tushdi.

- Qizim vahima qilmasanchi menga hechnima bo'lgani yo'q - Heesun xonim Yunani tinchlantirishga urindi.

- Mendan yashirmang oyi qaysi kasalxona men Mellani jonini olaman nega sizga yordam bermadi.

- Qizim biroz jim bo'lsangchi meniyam eshit menga hechnima qilgani yo'q. Op..- Hesun honim o'ylanib qoldi Janob Go ning katta qizi Minsoyani tobi qochdi shunga kasalxonaga keldik.

- U bilan sizni nima ishingiz bor Oyi - Yuna asabiy ohangni o'zgartirmadi.

- Qizim Jiminni uyiga borgandim. Qiz ham borgan ekan o'sha yerda hushini yoqotdi. Men ham Rosie ni yolg'iz qoldira olmadim. - Heesun xonim vaziyatni tushunishga urindi.

- Voy Oyi sizga nima hop shifoxonaga olib boribsiz olloh sizdan rozi bo'lsin lekin uni kutishdan sizga nima?

- Qizim asabiylashmasangchi hozir kafega boraman. Sen qayerdasan. - Heesun xonim mavzuni burishga urindi.

- Kafeda edim sizda bir ishim bor edi. - Yuna bosh qashigancha asabiy dedi.

- Qanday ish? - Heesun honim o'ylangancha so'radi.

- Endi ahamiyatsiz. - Yuna javobni qisqa qildi.

- Qizim yarim soatdan so'ng kafeda ko'rishamiz Hayr telefonni o'chiryapman. - Heesun honim go'shakni qo'ydi.

Heesun xonim telefonni o'chirarkan. Shifoxona zaliga kirgan Go Yongga nigohini qaratdi. Erkak tezlik bilan yurgancha ayolning yoniga kelarkan savolli nigohlarini Heesunga qaratdi.

- Minsoya qani unga nima bo'ldi. - yugurib kelgan erkak ayoliga yuzlandi.

- Hozir yaxshi vahima qilma. Shu yerga o'tir senga aytadigan gapim bor. - Heesun xonim tinchlikni saqlashga urindi.

- Qanday gap tinchlikmi yoki axvoli og'irmi? - Go Yong battar havotirlandi.

- Tinchlan o'zingni bos meni eshit. Minsoya kimga o'ralashib qolgan.

- Yani

- Sevgan insoni yaxshi ko'rgan yigiti bormi.

Bu savoldan tanasi titrab ketgan Go Yong qaltiragancha arang gapirdi.

- Nima bo'ldi o'zi Heesun?

- Minsoya homilador ekan ikki haftalik homilador.

Tanasi butkul muzlagan erkak deyarli lablarini qimirlatolmasdi. Qarshisidagi ayolning yonida asabiylikdan sochini taragan erkak deyarli ilojsizlikdan og'zini ushladi.

- Men qizlarga qarolmadim Heesun - bir necha soniyalik sukutdan so'ng pichirladi Go Yong.

- Bunday emas. - Hesun honim tinchlantirishga urindi.

- Huddi shunday. O'shanda oyimning gapiga kirmasligim kerak edi. Sen bilan ajrashib qizlarimni ikkisini otasidan yana ikkisini onasidan ayirmasligim kerak edi. Qiz bolaga ona mehri tarbiyasi kerak edi. Ammo men hato qildim. Pul bilan hammasini sotib ola olaman hammasiga erishaman deb o'yladim.

Qarshisida pushaymon turgan erkakni yelkasiga qo'li bilan urib qo'ygancha dalda bergan bo'ldi .

- Balki hammasini tan olish vaqti kelgandir.

- Menimcha ham. - Go Yong ham rozi bo'ldi.

.

**

Asabiylikdan chimirilgan qoshlarini peshonasiga yoymayotgan qiz deyarli har tarafga yurgancha qarshisida o'tirgan yigitni asabiylashtirardi.

- Yo hudoyim o'tirsangchi Yuna boshim aylanib ketdi. - Yoongi asabiy sevgilisiga gapirarkan Yuna ohiri joyiga o'tirdi.

- Oyimni ular bilan nima ishi bor meni asabiylashtirayotgan narsa shu doim o'sha janob bilan sirli suhbatlar quradilar. - Yuna joyiga o'tirarkan battar asabiylashdi.

- Hoy Jimin yani seni cho'qintirgan akang orqali uni uyi orqali shu ishlar bo'lyapti o'zing ozgina aqlingni ishlat. Oyingni o'sha erkak va qizlari bilan nima aloqasi bo'lishi mumkin.

- Men ham shunga qiziqyapman balki o'sha odam mening dadam dir qizlari esa opalarim yoki singillarimdir - Yuna adabiy tiliga kelgan gapni gapirdi.

- Hoy qiz astafirulloh degin ahir farishtalar har qanday gapinga har daqiqada omin deyishi mumkin rostdan shunday bo'lib chiqmasin. - Yoongi asabiylashayotgan Yunani tinchlantirishga urindi.

- Men o'laman desam sen kulaman deysana sevgilim. Yp toba - Yuna battar asabiylashgancha boshini ushladi.

- Hoy kichkina guruchi asabiylashma - Yongi Yunani yoniga o'tirgancha bag'riga oldi.

- Bor Yoongi sen ham asabimni buzding. - Yuna Yoongi ga ozgina qarshilik qildi.

- Oying kelgandan so'ng to'y qilmoqchi ekanligimizni aytamizmi? - Yoongi Yunani kuldirish uchun gap ochdi.

- Ha albatta. Ammo kayfiyatimni buzganlari va meni asabiylashtirganlari uchun javob beradilar.

- Hop sevgilim sen nima desang shu - Yoongi Yunani qayta bag'riga oldida qattiqroq quchdi.

.

Time skip | Istirohat bog'i

Havo tozza, osmon musaffo, qushlarning ovozi yangrab odamning bahri dilini yoritardi. Deyarli juftliklar sayr qilishi uchun moslashtirilgan istirohat bog'ida aylanayotgan juftlik bir birini qo'lini qattiq ushlab olgan. Qo'yib yuborish esa hayollaridan ham o'tayotgani yo'q. Ikkisining ham tabassumi keng bog'ni yanada yoritmoqda.

- Mella - Jungkook qarshisidagi sevgilisiga qaragancha gap boshladi.

- Seni eshityapman.

- Seni sevaman. - tirjayib aytilgan gapdan Mella bog'ni to'ldirgancha kulib yubordi.

- Buni bilaman serjant Jeon. - Mella ham kulgancha davom ettirdi.

- Men ham demaysanmi Kim xonim - Jungkook qizga qaragancha jilmayib dedi

- Hali bunga bor serjant Jeon. - Mella uyalgancha yerga qaradi.

- Nima sevgimiz bir tomonlamami Kim xonim? - Jungkook qizni to'xtatgancha dedi.

- Bunday demadim serjant Jeon. - Mella esa qarshisidagi yigitga qaradi.

- Ammo tasdiqlamading ham Kim xonim- Jungkook norozi ifodani yoqdi.

- Men bu darajada tez moslashadigan qiz emasman serjant Jeon - Mella Jungkookni chetlab o'tdi.

Jungkook qizni soniya o'tmay bilagidan qisib bag'riga tortgancha qattiq quchdi.

- Qachon Jeon xonim bo'larkansan. - qizni boshini ishqagancha dedi.

- Jeon xonimmi? Mmm menga yoqdi - Jungkook ni bag'riga singib ketgan Mella dedi.

- Ha komissar Jeonning rafiqasi Jeon xonim bo'lasan. - Jungkook erkalagancha qizni peshonasidan o'pich qoldirdi.

- Shoshma Sen serjant emas komissar misan? - Mella hayron o'zidan bo'yi ancha baland bo'lgan sevgilisiga qaradi.

- Shunday sevgilim - Kulgancha Mellaning burniga urib qo'ydi Jungkook.

- Hoy nega aytmading seni shu kungacha serjant Jeon deb atardim.

- Mm bilasanmi? Komissar lavozimidan serjant lavozimi yuqoriroq shuning uchun menu bunday atashing yoqardi. - Jungkook kulgancha davom etdi.

- Barbir aytishing kerak edi. - Mella norozilikda araz ifodasi bilan dedi.

- Meni kechir bir qoshiq qonimdan kech Jeon xonim. - Mellani qayta bag'riga olgancha lablariga mayin o'pich qoldirarkan Mella bundan yuzi qizargancha ko'chaning narigi betida sotuv peshtaxtasida turgan paxtaqandlarga nazar tashladi.

- Ho'sh komissar Jeon. Men shirin paxta xoxlayman. - Mella yo'lning narigi betiga qo'li bilan ishora qilgancha dedi.

- Hozir muhayyo qilamiz Jeon xonim - Jungkook jilmaygancha yo'lning narigi betiga harakatlanarkan.

Mella yo'lning narigi betiga o'tgan Sevgilisini kuzatarkan birdan cho'ntagida vizillayotgan telefonni his etdi. Telefonni cho'ntagidan chiqararkan telefon o'ziniki emasligini anglab yetdi. Bu bir necha soniya avval tekshirish uchun olgan sevgilisining telefoni va uni berishni unutgani yodiga urildi. Keyinchalik kelayotgan chaqiruvga qararkan chaqiruv ustida katta serjant nomi ostida saqlangan inson qo'ng'iroq qilayotgani aks etgandi. Mella biroz avvalgi suhbatni eslagancha katta lavozim serjantniki va yozuv ham katta serjant nomi ostida saqlangan edi. Mella bu zarurligini his etgancha yo'lning narigi chetiga harakatlandi. Svitofor yashil tugmasi Mella yo'lning o'rtasiga kelganda o'charkan qiz deyarli joyida qotib qolgandi. Yon tarafdan katta tezlikda kelayotgan mashina ni ko'rgan qiz deyarli ohirgi marta sevgilisini yuziga termulish uchun shirin paxta sotib olayotgan Jungkookga tikildi. Keyinchalik katta zarb bilan urilgan mashina va Mella tahminan 2 metr nariga uchib ketgandi. Mashina chiyillagan ovozi butun atrofni qursharkan uchib ketgan Jungkook ning telefoni Jungkook ning oyoqlari ostiga borib tushgandi. Jungkook qo'lidagi paxtaqandlarni yerga tashlab yuborgancha odamlar atrofini o'rab olgan sevgilisi tomon yugurarkan insonlar orasidan qonga belangancha yotgan qizni ko'rib muzlab qolgandi go'yo.

- Mella. - qattiq qichqirgan yigit qizning qonga belangan tanasini qo'liga oldi. - Tez yordam chaqiringlar iltimos. - atrofidagilarga iltijo qilgancha qizni bag'riga olib qichqirdi yigit. - Sevgilim ozgina chida hammasi yaxshi bo'ladi. Ozgina chida kichkina meni tashlab ketma Jeon xonim meni tashlab ketma.

- Jungkook - qiz pichirlash ohangida dedi.

- Eshityapman sevgilim qulog'im senda - yoshga to'lgan ko'zlarida arang dedi yigit.

- Seni sevishimni unutma. Bizga armon bo'lishini istamayman - Mella yana arang gapirdi.

- Bunday emas sevgilim hali bu gapni menga ko'p aytasan. - Jungkook qizning yumilayotgan ko'z lariga qarab battar vahimaga tushdi - Tezroq yordam chaqirsangizchi....

.

.