
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi “O’zaeronavigatsiya” Markazi davlat unitar korxonasi direktorining 2022-yil 29-martidagi №90/sh buyrug’i bilan Matnazarov Sirojbek Shuhratovichga axborot tayyorlash va rasmiy veb-saytlarni yuritish vazifasi yuklatildi.

Jadvalga asosan 2022-yil 11-12-may kunlari O’zANM DUK KU raisi F.U.Xusanov boshchiligidagi JMN (Jamoa-maʼmuriy nazorat) komissiyasining Urganch HB mehnat jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda O’zANM DUK Xotin-qizlar bilan ishlash qo‘mitasi raisi va Urganch HB rahbariyati ham ishtirok etdilar.

Yurtimiz tinchligi va ozodligi yo‘lida, farzandlarining xotirjamligi uchun jon olib jon bergan ajdodlarimiz xotirasi abadiy. Yurtimizda abadiy tinchlik, osoyishtalik va farovonlik hukm sursin!

2022 yil 13 aprel kuni “O’zaeronavigatsiya” Markazi davlat unitar korxonasida “Oila va Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti” Kengashi raisi saylanishi yuzasidan xotin-qizlar qo’mitasi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 30-iyunkuni O‘zbekiston yoshlari “Kamolot” ijtimoiy harakatining qurultoyida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etildi.