April 3

4 ta hujjatga tashkilot faoliyat turini tanlash qo'shildi

2025-yildan boshlab dasturda avval tashkilot faoliyat turi tanlanmaydigan quyidagi 4 ta hujjatga ham uni tanlash qo'shildi:

  • asosiy vositalarni qayta baholash;
  • asosiy vositaning eskirishini hisoblash;
  • debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash;
  • valyutani qayta baholash.

E-Hisobotlar qismidagi Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-shakl), Byudjetdan tashqari hisobvaraqlar bo'yicha hisobot, Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma'lumot (ShG‘H kesimida) va Balans hisobotini tasdiqlashda hisobot tuzilayotgan chorak uchun asosiy vositalarni qayta baholash (hisobot I chorak uchun tuzilayotgan bo'lsa), asosiy vositaning eskirishini hisoblash va debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash hujjatlarining tasdiqlangan bo'lishi talab etiladi. Shuningdek, asosiy vositalar bilan bog'liq hujjatlarni tuzishda ham asosiy vositalarni qayta baholash va asosiy vositaning eskirishini hisoblash hujjatlari tuzilgani tekshiriladi. Endilikda mazkur hujjatlarni tuzish uchun hujjatda tanlangan ShG'Hdagi tashkilot faoliyat turi bo'yicha aytilayotgan hujjatlar tuzilgan bo'lishi kerak.

Misol uchun, asosiy vositaning kirimida 3018 bilan boshlanuvchi SHG'H tanlanyapti. Mablag'lar manbasi 3018 bo'lgan SHG'Hlar 20-Obod qishloq jamg'armasi uchun ochiladi.

Mos ravishda hujjatni tuzishda eskirish berilmaganligi bo'yicha ogohlantirish chiqsa, asosiy vositaning eskirishini hisoblash hujjatida ham tashkilot faoliyat turida 20-Obod qishloq jamg'armasi tanlangan holda hujjat tuzib tasdiqlangan bo'lishi talab etiladi.

Yoki shu 3018 lik SHG'H uchun Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma'lumot (ShG‘H kesimida) hisoboti yoki balans hisoboti tashkilot faoliyat turida 20-Obod qishloq jamg'armasi tanlangan holda tuzilayotgan bo'lsa, tegishli davr uchun debitorlik va kreditorlik qarzlarni qayta hisoblash hujjati ham tashkilot faoliyat turida 20-Obod qishloq jamg'armasi tanlangan holda tuzilgan bo'lishi kerak.

Asosiy tashkilotlarda faqat bitta ya'ni 0-byudjet tashkilot faoliyat turi ishlatiladi. Lekin ba'zi tashkilotlarda bir nechta tashkilot faoliyat turi ishlatiladi va ular shu vaqtgacha barcha moliyaviy hisobotlarni bir paytda taxlashi, qandaydir kamchilik bo'lsa qolgan hisobotlarni ham qaytarishiga to'g'ri kelayotgandi. Mazkur o'zgarishdan keyin har bir tashkilot faoliyat turi faqat o'ziga bog'liq hujjatlar bilan bog'lanadigan bo'ladi.