S
Sayfiddin Boboxolov
@uzasboyangiliklari
10 posts

Kasallik varaqasi 01.07.2026 dan

Ish beruvchi qaysi davrlarni to'laydi?

UzASBO-2 dagi ko'pchilik bilmagan qulayliklar

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda foydalanuvchiga bir nechta tashkilot biriktirilgan bo'lsa, bir tashkilotdan boshqasiga o'tish uchun avvalgidek dasturdan chiqish shartmas. Tepa o'ng burchakda tashkilotni o'zgartirish tugmasi mavjud.

Ushlanmani qayerga ko'chirish mumkin?

Bu bo'yicha avval ham ma'lumot berilgandi. Faqat avval cheklov to'lov hujjatini tasdiqlashda chiqardi. Hozir so'rovnoma bo'yicha to'lov hujjatlari avtomatik tuzilayotgani va buning uchun to‘lov turlari bo‘yicha pul o‘tkaziladigan hisobraqamlar qismiga ma'lumot kiritish kerakligi uchun cheklov ham shu yerda chiqyapti. Xatolik matni quyidagicha: Назорат тадбири натижасида ортиқча олинган маблағлар ушланмаси toʻlov turi boʻyicha toʻlov hujjati turida G'azna memorial orderi (27 SHG'H)ni tanlab pul chiqarish mumkin emas. Mazkur cheklov O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 01.05.2024 y. 25/4-1239-sonli hamda G'aznachilik xizmati qo`mitasining 10.05.2024 y. 01/13-33/84-sonli xatiga asosan qo`yilgan.

4 ta hujjatga tashkilot faoliyat turini tanlash qo'shildi

2025-yildan boshlab dasturda avval tashkilot faoliyat turi tanlanmaydigan quyidagi 4 ta hujjatga ham uni tanlash qo'shildi:

Qonunchilikdagi o'zgarishlar

Mehnat ta'tili uchun haq to'lashda yakshanba kunining hisobga olinmasligi

MMBXga o'tkazilgan tashkilotlarda pul mablag'lari tushumi hujjatini kiritishdagi o'zgarishlar

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda byudjet hisobidan kassa xarajatlarini amalga oshirishda xarajatlar smetasida tegishli xarajat kodi bo'yicha mablag'lar yetarli ekanligi tekshiriladi. Byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan kassa xarajatlarini amalga oshirishda esa dasturda tegishli SHG'Hda buxgalteriya bo'yicha qoldiq yetarli bo'lishi talab etiladi.

4111230-Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan toʻlovlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2018 y. PQ-3571-son Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorining 5-bandida "Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin", deb belgilangandi. Mazkur bandga asosan 4111230-Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi nomli iqtisodiy tasnif kodi qoʻshilgandi. Ushbu iqtisodiy tasnif kodining nomi...

Nomoliyaviy aktivlar, amortizatsiya va kapital qo'yilmalar schyotlarining o'zaro bog'liqligi

Yuqoridagi rasmda nomoliyaviy aktivlar, amortizatsiya va kapital qo'yilmalar schyotlarining o'zaro bog'liqligi aks etgan. Dastlabki ustunda nomoliyaviy aktivlar schyotlarining schyotlar rejasidagi kodi va nomlari ko'rsatilgan bo'lsa, o'rta ustunda nomoliyaviy aktivlar amortizatsiyasi va so'nggi ustunda nomoliyaviy aktivlarga kapital qo'yilmalar schyotlari keltirilgan. Ushbu ma'lumotda quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:

Tabel hujjati bilan ishlash tartibiga kiritilgan o'zgarishlar

Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risidagi yo'riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) 285-bandida quyidagilar belgilangan:

Asosiy vosita va TMZlarning byudjet tashkilotlari o‘rtasida aylanishi

Asosiy vosita va TMZlarni chiqim qilishda Beg‘araz berilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar tipi tanlansa, hujjat oynasida kontragent tanlash joyi ochiladi. Bu yerda tegishli asosiy vosita yoki TMZ qaysi byudjet tashkilotiga berilayotgan bo'lsa, o'sha tashkilot tanlanishi kerak bo'ladi.