January 18

4111230-Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan toʻlovlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2018 y. PQ-3571-son Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorining 5-bandida "Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va manzilli foydalanilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xarajatlari smetalarida ular alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin", deb belgilangandi. Mazkur bandga asosan 4111230-Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi nomli iqtisodiy tasnif kodi qoʻshilgandi. Ushbu iqtisodiy tasnif kodining nomi Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan toʻlovlar qilib o'zgartirildi va Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisida NIZOM (ro'yxat raqami 3561, 2024-yil 22-oktyabr)ga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab moddiy rag'batlantirish maxsus fondi mablag'lari mazkur kodda rejalashtiriladigan bo'ldi.

Buning quyidagi afzalliklari mavjud:

  1. Rag'batlantirish jamg'armasidan to'lov qilish uchun qancha mablag' qolganligini, belgilangan chegaradan oshib ketmayotganlikni analiz qilish kabilar shartmas. Chunki mablag'lar alohida kodda rejalashtirilyapti. Mos ravishda tekshiruvchilar ham bu bu kabi holatlarni tekshirishiga hojat qolmaydi.
  2. Vakant lavozimlar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari hisobiga iqtisod qilinayotgan mablag'larni xodimlarga rag'batlantirish qilib berib qo'yib, keyinchalik tekshiruvlarda buning aniqlanishi va kamomadlar chiqishining oldi olinadi. Kamomadlar tekshiruvchilar tarafidan aniqlanmagan taqdirdayam mazkur xatoliklar sababli byudjetga zarar keltirilishining oldi olinadi. Yoki bu kabi xatoliklarni kelgusida topish osonlashadi.
  3. Qo'shimcha mablag' zarurligi bo'yicha moliya organlariga qilinadigan murojaatlar ham kamayadi. Chunki tashkilotlar rag'batlantirish jamg'armasi mablag'lari shu vaqtgacha 4111100 kodida rejalashtirilganligi sababli belgilangan chegaradan ortiqcha xarajatlarga ham yo'l qo'yishayotgandi.
  4. Hozirgacha rag'batlantirish jamg'armasidan to'lanadigan to'lovlar rejalashtirilgan mablag'lar doirasida bo'layotganini tekshirishda o'rtacha ish haqi (mehnat ta'tili, foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya, malaka oshirish va boshqa holatlarda o'rtacha ish haqi) kabilar tarkibida uning tegishli qismi borligi inobatga olinmagan.

Qaysi to'lov turlari bu koddan to'lanadi?

  • 345 - Ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan ustama (AV-3561)
  • 407 - Ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan mukofot (AV-3561)
  • 892 - IMAning ixtis. mak pedagog xodimiga ustama (28-AF)
  • 893 - IMAning ixtis. mak pedagog xodimiga xorij til boʻyicha ustama (28-AF)
  • 894 - IMAning ixtis. mak xodimlariga ragʻ. jam-dan mukofot (28-AF)
  • 895 - IMAning ixtis. mak xod-ga sinf raxbarligiga ustama (28-AF)
  • 896 - IMAning ixtis. mak xodimlariga (ped boʻlmagan) ragʻ. jamdan ustama (28-AF)
  • 920 - DMTT xodimlariga ragʻbatlantirish ustamasi (PQ-3571,MTV-31)
  • 921 - DMTT xodimlariga mukofot (PQ-3571, MTV-31)
  • 1058 - Ragʻbat. maxsus fondi hisobidan ustama (AV-3561) shx-4010
  • 1059 - Ragʻbat. maxsus fondi hisobidan mukofot (AV-3561) shx-4010

Kelgusida vaziyatdan kelib chiqib boshqa to'lov turlari ham qo'shilishi mumkin. Shuningdek, mazkur to'lov turlari o'rtacha ish haqi hisoblashda inobatga olingani uchun mehnat ta'tili, o'rtacha ish haqi, foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya kabi to'lov turlarining tegishli qismi ham shu koddan to'lanadi.

349 - Bayram kunlari uchun mukofot (MK-208m) to'lov turi esa 4111100 kodidan hisoblanadi. Lekin o'tgan yili rag'batlantirish jamg'armasidan beriladigan to'lovlar uchun mazkur to'lov turi ishlatilgan bo'lsa, o'rtacha ish haqidan kelib chiqib hisoblanadigan mehnat ta'tili kabilarda uning summasi 4111100 xarajat kodida chiqadi.

Plastik (naqd pul) qaydnoma alohida tuzilmasligi

Xuddi 4111210 - Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlari xarajat kodi uchun tegishli tashkilotlarda alohida plastik qaydnoma tuzilmagani kabi 4111230 uchun ham alohida qaydnoma tuzilmaydi. Ish haqi hisoblanganda 343400(173) subchyoti tanlanishi va bu subchyotni tanlab qaydnoma tuzishda xarajat kodi tanlanmaganligi sababli 4111230 uchun alohida qaydnoma tuzilmaydi.

So'rovnomada chiqadigan holatlar

Xuddi 4111210 - Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasi mablagʻlari xarajat kodidan hisoblanadigan to'lov turlaridan ushlangan soliq va ushlanmalar ish haqiga qo'shilib chiqqani kabi 4111230 da ham ushlanmalar 4111100 kodida chiqadi. Faqat oraliq to'lovlardan ya'ni oylik hujjati to'lov turini tanlangan holda hisoblansa yoki xodimga faqatgina 4111230 kodidan ish haqi hisoblansa (faqat mukofot bo'lib, boshqa ish haqisi bo'lmasa), ushlanmalar ham mazkur koddan chiqadi.

Plastik (naqd pul) qaydnoma 343400 subchyoti tanlangan holda 4111100 va 4111230 kodlari uchun bitta tuzilgani uchun so'rovnomada tegishli summa ham to'liqligicha 4111100 kodida chiqadi. Shu sababli so'rovnomada 4111100 da chiqadigan plastik summasini tahrirlab kamaytirish va 4111230 ga tegishli summani bu kodga qo'lda kiritish kerak bo'ladi.

Shuningdek, oy o'rtasida 4111230 kodidan to'lovlar amalga oshirilsa, oy oxirida ushlanmalar 4111100 kodidan hisoblanganligi sababli oy o'rtasidagi summalar minusga chiqadi. Minus summalar 0 qilinadi va 4111100 dagi ushlanma shuncha summaga kamaytiriladi. Plastikka o'tkaziladigan summa ham mos ravishda to'g'rilanadi. Shundan so'ng so'rovnoma quyidagi shaklga keladi.

Xarajat kodlari kesimida qarzdorlik boʻyicha aylanma qaydnomada chiqadigan holatlar, bunga sabab, analiz hisoboti

Oy o'rtasida oraliq hisob-kitob orqali 4111210, 4111230, 4111240 yoki 4711120 xarajat kodlaridan ish haqi chiqarilsa, soliqlar va boshqa ushlanmalar ham shu xarajat kodining o'zidan chiqariladi. Lekin oy oxirida o'sha xodimlarda 4111100 xarajat kodidayam daromadi bo'lsa, soliq va boshqa ushlanmalar birinchi navbatda 4111100 xarajat kodidagi daromadidan kelib chiqib hisoblanadi.

Shu sababli Hisobotlar-Hisobotlar-Xarajat kodlari kesimida qarzdorlik bo‘yicha aylanma qaydnoma qismida o'sha ushlanmalarni hisobga oluvchi subchyotlar bo'yicha shu xarajat kodlarida debitor qarzdorlik chiqib turadi. Buni to'g'rilash uchun tuzatish provodka berib qo'yish kerak. Misol uchun, 152100 (160) subchyotda 4111230 xarajat moddasida debitor qarzdorlik bo'lsa, quyidagicha tuzatish o'tkazmasi beriladi:

Debit subchyot - 342100 (160)

Debit xarajat kodi - 4111100

Kredit subchyot - 152100 (160)

Kredit xarajat kodi - 4111230

Shuningdek, 343400 - Byudjet tashkilotlarining xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha kreditor qarzlari subchyotida ham xarajat kodlari kesimida qarzdorlik summasi aynan shuncha summaga farq qiladi. Shu sababli bunda ham quyidagicha tuzatish o'tkazmasi berilishi kerak bo'ladi, aks holda hisobot analizida shu xarajat kodlarining birida musbat va boshqasida manfiy farq chiqib qoladi.

Debit subchyot - 153400(173)

Debit xarajat kodi - 4111230

Kredit subchyot - 343400(173)

Kredit xarajat kodi - 4111100