November 3, 2024

Asosiy vosita va TMZlarning byudjet tashkilotlari o‘rtasida aylanishi

Asosiy vosita va TMZlarni chiqim qilishda Beg‘araz berilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar tipi tanlansa, hujjat oynasida kontragent tanlash joyi ochiladi. Bu yerda tegishli asosiy vosita yoki TMZ qaysi byudjet tashkilotiga berilayotgan bo'lsa, o'sha tashkilot tanlanishi kerak bo'ladi. Agar bunda asosiy vosita va TMZ byudjet tashkiloti hisoblanmaydigan tashkilotlarga chiqarilayotgan bo'lsa, unda chiqim turini o'zgartirish kerak bo'ladi, aks holda tegishli xatolik chiqadi.

Shuningdek, asosiy vosita va TMZlarni kirim qilishda Beg‘araz (markazlashgan holda) olindi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar tipi tanlansa ham kontragent tanlash joyi ochiladi. Bu yerda tegishli asosiy vosita yoki TMZni qaysi tashkilot (jismoniy shaxs) berayotgan bo'lsa, o'sha tashkilot tanlanishi kerak bo'ladi.

Mos ravishda, hujjatda tanlangan tashkilot byudjet tashkiloti bo'lsa, hujjatni to'ldirish oynasidagi Chiqim hujjatini tanlash joyiga kirish kerak bo'ladi. Bu yerda uni chiqim qilgan tashkilotdagi hujjatlar ko'rinib turadi va u yerdan tegishli qator tanlanadi, shundan so'ng hujjatning asosiy vosita (TMZ)lar qismida qo'lda kiritish imkoni yopiladi, To'ldirish tugmasi bosilsa, bu qism chiqim qilgan tashkilot ma'lumotlari asosida avtomatik to'ldiriladi. Agar chiqim hujjatini tanlash joyiga kirilganda, hech qanday ma'lumot chiqmasa, unda tegishli asosiy vosita (TMZ)ni bergan tashkilotga murojaat qilish kerak bo'ladi. Bunda tashkilot yoki chiqim hujjatini kiritmagan bo'lishi, kontragentni xato tanlagan bo'lishi yoki bo'lmasa chiqim hujjatini ma'lum sabablarga ko'ra bekoq qilib qo'ygan bo'lishi mumkin bo'ladi.

Agar kirimda tanlangan kontragent byudjet tashkiloti bo'lsa, lekin hujjatdagi chiqim hujjatini tanlash joyi to'ldirilmasa, hujjatni saqlashda quyidagi rasmdagi kabi xatolik chiqadi. Bunda hujjatdagi asosiy vosita (TMZ)larni o'chirish va bu qismni To'ldirish tugma orqali qayta to'ldirish kerak bo'ladi.

Asosiy vosita va TMZlarni kimlarga berilgani, ularda kirim qilinganlik holati, tashkilotga kimlar berganligini ko'rish

Hisobotlar menyusiga Beg'araz/markazlashgan holda olingan/berilgan moddiy qiymatlik va TMZlar qismi qo'shilgan.

Bu yerda qaysi tashkilotlar asosiy vosita va TMZlarni berganligi va qaysi tashkilotlarga berilayotgani bo'yicha to'liq ma'lumot ko'rinib turadi.

Asosiy vosita va TMZlarni kirim-chiqimida buxgalteriya o'tkazmalarining kirim-chiqim turiga qarab chiqishi

Endilikda asosiy vosita va TMZlarning kirim-chiqim hujjatlarida tanlanadigan o'tkazmalar hujjatda tanlangan kirim-chiqim turiga qarab chiqadigan qilindi. Buning uchun Global ma'lumotnoma-O'tkazmalar qismidagi buxgalteriya provodkalariga tegishli qo'shimcha kiritildi. Shu yerda qaysi o'tkazmaga qaysi kirim-chiqim turi tanlanganiga qarab, hujjatlardayam tegishlisi ko'rinadi. Agar hech bir kirim-chiqim turi biriktirilmagan bo'lsa, unda bu o'tkazma barcha holatda ko'rinib turadi.

Asosiy vosita yoki TMZni boshqa tashkilotga berishda xatolikka yo'l qo'yilgan bo'lsa

Bunda bergan tashkilot tegishli hujjatni bekor qilishi uchun uni qabul qilib olgan tashkilot kirim hujjatini bekor qilishi kerak bo'ladi. Agar bergan tashkilotda hujjatni tahrirlash yoki o'chirish kerak bo'lsa, unda avval qabul qilib olgan tashkilot o'zida kirim hujjatini o'chirishi kerak bo'ladi.

Moliyaviy hisobotlarni topshirishga ta'siri va boshqa cheklovlar

Kelgusida tovar-moddiy qimmatliklarni chiqim va kirim qilish hujjatiga tegishli hisobvaraq-fakturalarning soliq tizimidagi ID raqamini kiritish joyi ham qo'shiladi. Shuningdek, tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni yuborishda esa tashkilotga berilgan va tashkilotdan chiqim qilingan tovar-moddiy qimmatliklar to'liq kiritilganligi ham tekshiriladi.