July 23

Kasallik varaqasi 01.07.2026 dan

Ish beruvchi qaysi davrlarni to'laydi?

  • Boshlanish sanasi 01.07.2026 dan avval bo'lgan kasallik varaqalarni to'liq ish beruvchi to'laydi. Bunda uning tugash sanasi 01.07.2026 dan o'tib ketgani ahamiyatga ega emas. Misol uchun, kasallik varaqaning boshlanishi 30.06.2026 va tugash sanasi 15.07.2026 bo'lsa, buni to'liq ish beruvchi to'laydi.
  • Boshlanish sanasi 01.07.2026 va undan keyin bo'lsa, Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida NIZOMning 20-bandiga asosan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining tegishli kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha boʻlgan qismi davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxsning ish beruvchisi tomonidan (agar ish beruvchisi mavjud boʻlmasa sugʻurtalangan shaxsning oʻz hisobidan), oltinchi kundan boshlab esa Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi.
  • Kelasi yillarda ham kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha boʻlgan qismi ish beruvchi tomonidan to'lanadi.

Kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha boʻlgan qismi qanday aniqlanadi?

  • Bunda kasallik varaqasining boshlanish sanasi ahamiyatga ega emas, misol uchun 25.12.2025 da boshlanib, 07.01.2026 da tugagan bo'lsa, ish beruvchi 2026-kalendar yildagi 5 kunlikni to'lab bo'lgan hisoblanadi va xodimning 01.07.2026 dan boshlanadigan va 2026-yil oxirigacha bo'lgan kasallik varaqalari to'liq sug'urta jamg'armasi tomonidan to'lanadi.
  • Bunda shuningdek xodim qaysi tashkilotda ishlagani ham ahamiyatsiz. Misol uchun, tashkilotga yangi xodim keldi va u shu yil davomida 5 kalendar kundan ortiq muddatga kasallik varaqaga chiqqan. Uning ham 01.07.2026 dan boshlanadigan va 2026-yil oxirigacha bo'lgan kasallik varaqalari to'liq sug'urta jamg'armasi tomonidan to'lanadi.
  • Kunlarni hisoblashda ish kuni emas, kalendar kunlar hisobga olinadi. Misol uchun xodim 5 kunlik ish rejimida ishlaydi va 08.05.2026 dan 12.05.2026 gacha kasallik varaqaga chiqdi va unga shu davrdagi ish kunlar soni bo'lgan 2 kunga to'lov hisoblandi. Lekin bu davrda 5 kalendar kun mavjud va bu shu xodimning 01.07.2026 dan boshlanadigan va 2026-yil oxirigacha bo'lgan kasallik varaqalari to'liq sug'urta jamg'armasi tomonidan to'lanishini bildiradi.

Kasallik varaqasi qay tartibda hisoblanadi?

Turli vaziyatlar

Savol: Xodim 2026-yilda birinchi marta 13.07.2026 dan 22.07.2026 gacha kasallik varaqaga chiqdi. To'lash tartibi qanday bo'ladi.

Javob: 13.07.2026-17.07.2026 ish beruvchi

18.07.2026-22.07.2026 sugʻurta jamg'armasi toʻlaydi.

Savol: Xodim 2026-yilda birinchi marta 17.02.2026 dan 04.03.2026 gacha kasallik varaqaga chiqdi. So'ngra 07.07.2026 dan 18.07.2026 gacha yana kasallik varaqaga chiqdi. To'lash tartibi qanday bo'ladi.

Javob: 17.02.2026-04.03.2026 ish beruvchi o'zi to'lab bo'lgan.

07.07.2026-18.07.2026 sugʻurta jamg'armasi toʻlaydi.

Savol: Xodim 2026-yilda birinchi marta 30.06.2026 dan 03.07.2026 gacha kasallik varaqaga chiqdi. So'ngra 06.07.2026 dan 10.07.2026 gacha yana kasallik varaqaga chiqdi. To'lash tartibi qanday bo'ladi.

Javob: 30.06.2026-03.07.2026 ish beruvchi

06.07.2026-06.07.2026 ish beruvchi

07.07.2026-10.07.2026 sugʻurta jamg'armasi toʻlaydi.

Savol: Xodim 2026-yilda birinchi marta 20.12.26 dan 12.01.27 gacha kasallik varaqasiga chiqsa, uning toʻlovi tashkilot va sugʻurta jamg'armasi oʻrtasida qanday taqsimlanadi?

Javob: 20.12.2026 -24.12.2026 ish beruvchi

25.12.2026 - 31.12.2026 sugʻurta jamg'armasi

01.01.2027 - 05.01.2027 ish beruvchi

06.01.2027 - 12.01.2027 sugʻurta jamg'armasi toʻlaydi.

UzASBO DMda Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi qismiga kasallik varaqa hujjatlari har doimgidek kiritib boriladi. Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Mehnat taʼtili, foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya va mehnatga layoqatsizlik varaqasi hisobi qismida hisoblash vaqtida esa yuqorida aytilgan tartibda ishlashi uchun tegishli o'zgarishlar qilindi va yakunlandi. Agar tegishli xodimning joriy yilda 5 kalendar kun uchun kasallik varaqasi bo'lsa (u to'langan yoki to'lanmaganligi ahamiyatsiz, chunki xodim hali ishga kirmagan vaqtda kasallik varaqaga chiqqan, kasal bo'lsayam ishlab yurgan yoki kasallik varaqani tashkilotga taqdim etmagan bo'lishi mumkin. Hisobotlar-Kadrlar hisobi-Kasallik varaqasini SSVdan tekshirish qismida xodimda qaysi sanalarda kasallik varaqasi borligini tekshirish mumkin.) va kasallik varaqaning boshlanishi 01.07.2026 dan keyingi davrda bo'lsa, uni hisoblashda quyidagi xatolik chiqadi.

Agar xodimga joriy kalendar yil davomida 5 kalendar kundan kam kunga kasallik varaqa to'langan yoki mutlaqo to'lanmagan bo'lsa, 01.07.2026 dan keyingi kasallik varaqalarni hisoblashda dastur o'zi 5 kalendar kunlik limitga amal qilib to'laydi. Misol uchun, quyidagi rasmdagi holatda xodim 01.07.2026-13.07.2026 kunlari kasallik varaqaga chiqqan va u 6 kunlik ish rejimida ishlaydi. Joriy yilda birinchi marta kasallik varaqaga chiqayotgani uchun unga 01.07.2026-05.07.2026 davr uchun 4 kunga kasallik varaqani hisoblayapti.

Shu vaqtgacha ya'ni dasturga o'zgarish kiritilgunga qadar 01.07.2026 dan keyingi davrdagi kasallik varaqalar yuqorida aytilgan tartibda hisoblanmagan bo'lsa, ularni to'g'rilash uchun qayta hisoblash kerak bo'ladi.

Shuningdek, avans berishda ham bundan keyin kasallik varaqaga chiqqan xodimlarni hisobga olish kerak bo'ladi. Chunki kasallik varaqani hozirgacha to'liq ish beruvchi to'lagani sababli avans summasini kasallik varaqadan ushlab qolish mumkin edi. Endilikda esa kasallik varaqani sug'urta jamg'armasi to'layotgani sababli (kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha boʻlgan qismini hisobga olmaganda) avansni ushlash imkoni bo'lmaydi.