January 21

MMBXga o'tkazilgan tashkilotlarda pul mablag'lari tushumi hujjatini kiritishdagi o'zgarishlar

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda byudjet hisobidan kassa xarajatlarini amalga oshirishda xarajatlar smetasida tegishli xarajat kodi bo'yicha mablag'lar yetarli ekanligi tekshiriladi. Byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan kassa xarajatlarini amalga oshirishda esa dasturda tegishli SHG'Hda buxgalteriya bo'yicha qoldiq yetarli bo'lishi talab etiladi. Mazkur cheklovlarni aylanib o'tish uchun tashkilotlar tarafidan sun'iy tushum kiritish holatlari kuzatilyapti. Shu sababli dasturga quyidagi o'zgarishlar kiritildi (bu cheklovlar UzASBO-1 da ham bor edi):

  • Hujjatlar-To'lov hujjatlari-Pul mablag'lari tushumi qismida tegishli hujjatni saqlash va tasdiqlashda unda ID (G'azna mijoz) ko'rsatilishi majburiy qilindi. Aks holda tegishli ogohlantish chiqadi.
  • Agar tegishli summa quyi tashkilotga emas, yuqori tashkilotga ya'ni markazning o'ziga tushgan bo'lsa, ID (G'azna mijoz)ni tanlash uchun kirilsa SHG'H ko'chirmalarining ma'lumoti qismiga o'tadi.

Bu yerga kirilsa oddiy tashkilotlarda SHG'Hni o'zgartirib bo'lmaydi. Lekin quyi tashkilotlar bu yerga kirganda, yuqori tashkilotga tegishli SHG'Hlar ham ko'rinadigan qilindi. Mos ravishda tegishli tushumni belgilab, sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosilsa, uning ID raqami hujjatga avtomatik tushadi.