January 7

Nomoliyaviy aktivlar, amortizatsiya va kapital qo'yilmalar schyotlarining o'zaro bog'liqligi

Yuqoridagi rasmda nomoliyaviy aktivlar, amortizatsiya va kapital qo'yilmalar schyotlarining o'zaro bog'liqligi aks etgan. Dastlabki ustunda nomoliyaviy aktivlar schyotlarining schyotlar rejasidagi kodi va nomlari ko'rsatilgan bo'lsa, o'rta ustunda nomoliyaviy aktivlar amortizatsiyasi va so'nggi ustunda nomoliyaviy aktivlarga kapital qo'yilmalar schyotlari keltirilgan. Ushbu ma'lumotda quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:

  1. Sariq rangda va qalin yozuvda belgilanganlar jamlovchi schyotlar bo'lib, ular hujjatlarda ishlatilmaydi.
  2. Nomoliyaviy aktivga o'rta ustunda hech qanday ma'lumot ko'rsatilmagan bo'lsa, demak unga eskirish hisoblanmaydi. Bunga 221331 - Darsliklar fondi, 223100 - Yer kabilarni misol qilish mumkin. Qizil rangdagi schyotlar ham hozirda aktiv emas va bu nomoliyaviy aktivlarga ham eskirish hisoblanmaydi.
  3. Yashil rangda belgilangan schyotlardagi nomoliyaviy aktivlar qayta baholanadi. Shuningdek, nomoliyaviy aktivlarga kapital qo'yilmalarga tegishli 241112 - Qurilishi tugallanmagan turarjoy binolari, 241122 - Qurilishi tugallanmagan noturarjoy binolari, 241132 - Qurilishi tugallanmagan boshqa inshootlar, 241223 - O'rnatish uchun mo'ljallangan asbob uskunalar ham qayta baholanadi.
  4. Nomoliyaviy aktivga so'nggi ustunda ba'zi schyotlarda nomoliyaviy aktivning o'zini xarid qilish uchun alohida, unga qilingan qo'shimcha xarajatlar uchun alohida schyotlar ko'rsatilgan. Avval faqat bitta 072 "Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar" subchyoti bor edi. Shuningdek, ba'zi bir xil turdagi nomoliyaviy aktivlar uchun umumiy kapital qo'yilmalar shcyotlari ko'zda tutilgan. Dasturning Hujjatlar-Asosiy vositalar hisobi-Asosiy vosita kirimi qismida hujjatning asosiy vosita xarajatlari va asosiy vosita qismlarida tegishli buxgalteriya o'tkazmalarini tanlashda mazkur holatlarni hisobga olish va ikkala tarafda bir xil subchyotni tanlash kerak bo'ladi. Aks holda, aylanma qaydnomada bir subchyotda debetda, bosqasida kreditda qoldiq qolib ketadi.
  5. Asosiy vosita ma'lumotida asosiy vositaning eskirish foizi avtomatik chiqadi. Bunda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risidagi yo'riqnoma (ro'yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr)ning 63-ilovasi asos bo'ladi, Faqatgina nomoddiy aktivlarning (223411, 223412, 223413, 223414, 223420 shcyotlar) eskirish foizi qo'lda kiritilishi mumkin.