July 16

UzASBO-2 dagi ko'pchilik bilmagan qulayliklar

Tashkilotni o'zgartirish tugmasi

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda foydalanuvchiga bir nechta tashkilot biriktirilgan bo'lsa, bir tashkilotdan boshqasiga o'tish uchun avvalgidek dasturdan chiqish shartmas. Tepa o'ng burchakda tashkilotni o'zgartirish tugmasi mavjud.

Mazkur tugma bosilsa, foydalanuvchiga biriktirilgan tashkilotlar chiqadi. Shu orqali bir tashkilotdan boshqasiga osongina o'tish mumkin.

Dasturda chiqayotgan ma'lumotlardan nusxa olish

Dasturda chiqib turgan ma'lumotlar ustiga sichqoncha olib borilsa, xuddi rasmdagi kabi nusxa olish tugmachasi chiqib turadi. O'sha tugma bosilsa, tegishli ma'lumot avtomatik kompyuter xotirasiga nusxa olinadi, ya'ni nusxa olish uchun tegishli ma'lumotni belgilab olish, so'ngra sichqonchaning o'nt tugmasini bosish va u yerdan nusxa olish komandasini tanlash kabi ishlarni qilish shart emas.

Hujjat ustida sichqonchaning o'ng tugmasi bosilsa, tegishli tugmalar ro'yxati chiqishi

Hujjat ustida bajariladigan amallar uchun sichqonchani tegishli hujjatning so'nggiga olib borish va u yerdagi ochiladigan tugmani bosish kerak bo'ladi. Uni bosganda qo'shimcha ma'lumotlar va yashirin menyu pastga qarab ochiladi. Mana shu yerdagi yashirin menyuni chiqarish uchun bu amalni bajarmasdan, hujjatning ustida sichqonchaning o'ng tugmasini bosish orqali ham chiqarish mumkin.

Ekran rejimlari

Tepa o'ng burchakdagi odamcha ustiga bosilsa, ekran rejimi joyida uch xil rejim bo'ladi.

1. Kunduzgi rejim (Yorug' rejim)

  • Belgisi: Quyosh yoki ufqdan chiqayotgan quyosh shakli (chapdagi birinchi belgi).
  • Vazifasi: Sayt fonini och rangda (odatda oq yoki och kulrang), matnlarni esa toʻq rangda koʻrsatadi.
  • Qachon ishlatiladi: Kunduzi, yaxshi yoritilgan xonalarda yoki quyosh nuri ostida oʻqish uchun juda qulay.

2. Tungi rejim (To'q rejim)

  • Belgisi: Yarim oy shakli (oʻrtadagi belgi).
  • Vazifasi: Sayt fonini toʻq rangga (qora yoki toʻq koʻk), matnlarni esa och rangga oʻzgartiradi.
  • Qachon ishlatiladi: Kechasi, qorongʻi muhitda koʻz charchashining oldini olish va telefon/kompyuter quvvatini tejash uchun yoqiladi.

3. Tizim rejimi (Avtomatik rejim)

  • Belgisi: Yarmi boʻyalgan tomchi shakli (oʻngdagi, yashil ramka ichidagi belgi).
  • Vazifasi: Sayt koʻrinishini qurilmaning (telefon yoki kompyuter) oʻz sozlamalariga moslashtiradi.

Shuningdek, bu yerda menyuni pastga yoki yonga yoyilishini sozlash, parolni o'zgartirish va chiqish tugmalari ham mavjud.