July 14, 2023

Tarbiya ipakdan nozik

Tarbiya shunday nozik masala ekanligiga bugun yana bir bor amin bo‘ldim. Ona tili darsi. 2-sinf darsligida Toshkent teleminorasi, Registon maydoni va Minorayi Kalon rasmlari berilgan. Topshiriq shunday: istagan rasmga qarab hikoya tuzing. O‘quvchilar chizishni boshlashdi. Ozgina ko‘rsatma beray deb og‘zaki hikoya tuzdim.
“Dadam bilan Toshkent shahriga bordik. U yerda Toshkent teleminorasini ko‘rdim”... va hokazo. Hikoyani tugatishim bilan bir o‘quvchim Toshkentga bormagan bo‘lsak ham yozaveraylikmi deb savol berdi. Bir soniya miyam qotib, tahlil qila boshladi... Ha, desam yo‘lg‘onchilikni o‘rgatish bo‘lib qoladi-ku, dedim o‘zimga-o‘zim va ozroq boshqacha yonda­shing dedim. “Men Toshkentga borishni orzu qilaman. U yerdagi Toshkent teleminorasiga chiqib, yuqoridan butun Toshkentni ko‘rishni xohlayman”, deb hikoya tuzing dedim va shu dam qandaydir o‘zimni yengil his qildim...
Bola tarbiyasi ipak tolasidan nozik, ularga ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak. Endi xurmacha TVdagi ko‘rsatuvlar, ota-onalarning farzandi uchun qilgan bahonalari, er va xotinning oiladagi janjali-yu, bir-biriga aytgan yolg‘onlarining chek-chegarasi yo‘q… Bunday ko‘rsatuvlarni ko‘rib katta bo‘layotgan bolalardan nima kutishimiz mumkin?