September 1, 2023

SHAMOL KABI SHOSHMAYMAN

Азамат ХУДОЙБЕРГАН

TАRVUZNING HАSRАTI

Yantoqning panasida,

Palakdan suv simirib.

Yotar edim kundan-kunga

Semirgandan semirib.

Lekin oqshom kimdir atay,

Erta kalla sahardan.

Meni olib ketish uchun

Kelgan ekan shahardan.

Mashinaga ortguncha to

Bo‘ldim qancha qo‘lma-qo‘l.

Shaharchaga yetguncha ham

Yomon uzoq ekan yo‘l.

Haridor ko‘p, mening esa

Nuqul tegar g‘ashimga.

Hammalari aylanib keb

Chertoverar boshimga.

Bo‘lmasaku ularda ham

Qarilar bor, yoshlar bor.

Chertay desa, ana, qancha

Mendan silliq boshlar bor.

Hozirgina sotildim,

Аrzongina, Qo‘yliqdan.

Ehtiyot bo‘b ko‘tar, uka,

Tushirvorma qo‘ltiqdan.

SHERIK

Аlbinaxon – olti oylik,

Quyib qo‘ygan onasiday.

Kuni kecha chiqdi tishi

Guruchning donasiday.

Bundan faqat Temur xafa

Bildirmadi hatto tabrik.

Chunki paydo bo‘lgandi-da

Shakalatga jajji sherik.

KАKTUS – KO‘KTUS

Garchi o‘zim ko‘k tusdaman,

Tikan bosgan jismimni.

Lekin nega chet elchalab

Аtaysizlar ismimni?

Endi kimdir Kaktus desa

Tikonlarim qadayman.

Men o‘zimni bilsangizlar,

Kirpigul deb atayman!

GILАMCHА

Endi orzu qilganday,

Shamol kabi shoshmayman.

Daryolarni, tog‘larni

Bir nafasda oshmayman.

Keyinroqqa qoldirdim,

Yulduzlarni quchishni.

Chunki mening gilamcham

Bilmas ekan uchushni.

Азамат ХУДОЙБЕРГАН