December 6, 2024

Manzura Rajabova “Gender tenglik faoli” tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldi

Ruscha

Qarshi shahrida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Ushbu tanlovda “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining xodimasi Manzura Rajabova ham faol ishtirok etib, viloyat bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Endi u mazkur tanlovning Respublika bosqichida neft-gaz sohasi ayollari sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi ushbu tanlovning viloyat bosqichlarida "Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat tashkiloti" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lgan kiritgan edi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook