Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi
2025 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura Yoqilg‘i-energetika sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda "O‘zbekneftgaz" AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida sanab o‘tilgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati "O‘zbekneftgaz" AJ jamoasiga taqdimot shaklida tushuntirildi.
Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar baholanib, kelgusida tizimni yanada rivojlantirish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yoqilg‘i-energetika tizimini shaffof sohaga aylantirish yo‘lida shu kabi profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.