July 10, 2023

Ishlab chiqarish maydonlari talabalar amaliyotlari uchun ochiq

Ruscha

Ta’lim va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalar negizida oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali 2-bosqich talabalari shu kunlarda o‘quv amaliyotlarini Buxoro neftni qayta ishlash zavodida o‘tkazishmoqda.

Zavod tomonidan talabalar uchun maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilgan. Dastur joylarda o‘tkaziladigan seminarlardan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish muammolarini hal qilish uchun individual va jamoaviy ishlarni ham o‘z ichiga oladi.

Zavod mutaxassislari o‘z vazifalarini to‘xtatmagan holda joylarda amaliy mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

Ta’limning bu shakli talabaga olgan bilimlarini amalda sinab ko‘rish imkonini beradi. Asosiy maqsad esa, bo‘lg‘usi kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirishdan iborat.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube