October 22

AI-92 benzini arzonlashtirilgan narhlarda birja savdolariga qo‘yilmoqda

Ruscha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash haqidagi topshig‘iga muvofiq Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 benzini narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tashabbus "O‘zbekneftgaz"AJning yonilg‘i bozori barqarorligini ta’minlash va yuqori oktanli benzin mahsulotlarini ko‘paytirish strategyasining bir qismi hisoblanadi. Mazkur strategiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va tannarxni kamaytirishga yo‘naltirilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ, yuqori oktanli yonilg‘i narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasini davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 18 oktyabrdan boshlab neft mahsulotlari narxlari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rasmiy saytida e’lon qilindi:

Buxoro NQIZ narxi: 11 538 428 so‘m;

Neft bazasi narxi: 11 789 678 so‘m.

Shuningdek, ushbu chora-tadbirlar natijasida bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va iste’molchilar uchun qulay narxlarni ta’minlash kutilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook