April 29

Mehnatni muhofaza qilishda yuqori o‘rin

Ruscha

“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, "Uz-Kor Gas Chemical" qo‘shma korxonasi Boshqaruv raisi "Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi eng yaxshi ish beruvchi" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi. Tashkilotchilar ushbu nominatsiya korxonada xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun ilg‘or usul va texnologiyalar joriy etilgani sabab taqdim etilganini qayd etishdi.

Taqdirlash marosimi "Mehnatni muhofaza qilishning yangi davri: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya doirasida tashkil etildi.

Unda dunyoning turli mamlakatlaridan mehnatni muhofaza qilish sohasida faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq yuqori malakali ekspert ishtirok etdi.

Konferensiya davomida mehnatni muhofaza qilish sohasida innovatsion raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning roli muhokama qilindi. Ishlab chiqarish obyektlarida xavfli vaziyatlarni aniqlash, nazorat qilish va oldini olish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi yangi texnologik imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday yondoshuvlar ishchilar xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi va mehnat sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi. Natijada xatarlar kamayib, korxonalardagi umumiy muhit yaxshilanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati