April 4
Murojaatlar korxonalar kesimida tahlil qilindi
2025 yilning yanvar-mart oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 162 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar murojaatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,9 foizga kamayganini ko‘rsatdi.
Ularning 142 tasi qanoatlantirilgan, 7 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 4 tasi rad etilgan, 9 tasi ish jarayonida.
Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 57 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 51 tasi ijrosi ta’minlandi, 6 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
787 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.
April 4, 06:00
0 views
0 reposts