December 12

Ichki nazorat va natija: ishlar sarhisobi

“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tizim tashkilotlarida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Unda jamoatchilik, OAV vakillari hamda tashkilotning mas’ul xodimlari ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar, ichki komplayens tizimini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida Jamiyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, shaffoflikni kuchaytirish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yoritildi.

Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida komplayens xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari o‘tkazilib, 45 nafar xodim sertifikat bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida o‘z faoliyatida halollik va mas’uliyat tamoyillariga sodiq, tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish borasida samarali ish olib borgan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti komplayens inspektorlariga tashakkurnomalar topshirildi.

Ochiq muloqot formatida o‘tgan uchrashuvda OAV vakillari ko‘tarilgan masalalarning shaffof yoritilishi, tizimda ochiqlik va ishonchni kuchaytirish borasidagi tashabbuslarni yuqori baholashdi.

O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati