“O‘zbekneftgaz”: Aprel oyida “Hududgazta’minot” AJ orqali aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish rejasi ortig‘i bilan bajarildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan iste’molchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida jadal suratlarda ishlar davom ettirilmoqda.
Joriy yilning aprel oyida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish, qayta ishlash boshqarma va korxonalari zimmasiga suyultirilgan gaz ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichi 52,9 ming tonna etib belgilangan edi. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida amalda 56,8 ming tonna, rejaga nisbatan 107,5% (o‘sish sur’ati 101,6%) ishlab chiqarildi.
Aprel oyida “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti filiallariga suyultirilgan gaz mahsuloti kelishilgan jadvallar asosida 48,3 ming tonna yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 52,4 ming tonna, rejaga nisbatan 108,5% (o‘sish surati 108%) yetkazib berildi.
Zavod va boshqarmalarda ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gazning kunlik hajmi, “Hududgazta’minot” AJ korxonalariga yuklab berish hamda birja savdolariga chiqarish jarayonlari “O‘zbekneftgaz” AJ Tijorat departamenti va Markaziy ishlab-chiqarish dispetcherlik departamenti tomonidan 24 soat davomida raqamlashtirilgan onlayn tizimi orqali nazorat qilib borilmoqda.