May 14

“SOCAR” hamkorlikni mustahkamlash tarafdori

Ruscha

2024 yil 14 may kuni "O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi va “SOCAR” kompaniyasi prezidenti o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va boshqarish, shuningdek, “Turan Energy” qo‘shma korxonasi orqali mahsulotlarni yetkazib berish aloqalarining asosiy masalalari muhokama qilindi.

Ozarbayjon kompaniyasi rahbari “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasini “Baku Energy week 2024” tadbiriga taklif etib, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma kurslarni tashkil etish orqali hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar dekarbonizatsiya va “ESG” yo‘nalishlaridagi hamkorlik aloqalari ham muhimligini qayd etdi. Shu munosabat bilan, mazkur yo‘nalishlarni har tomonlama qamrab olish va qo‘shma takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati