December 10

Xom-ashyo gazini chuqur qayta ishlash rejasi muddatidan oldin bajarildi

Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi joriy yil uchun mo‘ljallangan barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini belgilangan muddatdan avval bajardi.

Majmuada 2025-yil 9-dekabr holatiga ko‘ra, 3 mlrd 943 mln m³ xom-ashyo gazini (101 %) chuqur qayta ishlash orqali 3 mlrd 319 mln m³ tozalangan tabiiy gaz (101 %), 101,2 ming tonna gaz kondensati (112 %), 116,1 ming tonna suyultirilgan gaz (106 %), 1006 tonna oltingugurt (101 %) hamda 128,3 ming tonna polietilen granulasi (103 %) ishlab chiqarildi.

Ko‘rsatkichlarning muddatidan oldin bajarilishida joriy ta’mirlash va modernizatsiya ishlari belgilanganidan ertaroq yakunlangani asosiy omil bo‘ldi.

Ta’mirlash jarayonlarida ehtiyot qismlar va material-texnik resurslarni o‘z vaqtida xarid qilinishi, texnologik qarorlarni to‘g‘ri tanlanishi hamda ishchi-xodimlarning mas’uliyatli mehnati natijasida qurilmalar to‘xtash vaqti sezilarli qisqardi. Bu esa operatsion samaradorlikning oshishiga va yillik ishlab chiqarish hajmlarining ko‘payishiga zamin yaratdi.

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati