Vakant lavozimlar uchun tanlov
"O‘zbekneftgaz" AJ Burg‘ilashni boshqarish markazi quyidagi 10 ta lavozimga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
• Burg‘ilashni texnologik nazorat qilish guruhi rahbari;
• Quduq rahbari (burg‘ilash injiniringi);
• Burg‘ilash ishlarini 24/7 nazorat qilish - bosh mutaxassisi;
• Burg‘ilash ishlarini optimallashtirish bo‘yicha guruh rahbari;
• Qiya yo‘naltirilgan quduqlarni burg‘ilash va burg‘ilash dolotolari bo‘yicha ekspert;
• Burg‘ilash eritmalari bo‘yicha ekspert;
• Quduqlarni mustahkamlash ishlari bo‘yicha ekspert;
• Quduqlarni tugatish bo‘yicha ekspert;
• Qiyinchiliklar va asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha ekspert;
• Burg‘ilash ishlari bo‘yicha supervayzer.
Burg‘ilashni boshqarish markazi mutaxassislariga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari quyidagilardan iborat:
• ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: neft va gaz ishi, quduqlarni burg‘ilash, neft va gaz hamda kimyo-texnologiya;
• tillarni bilishi: o‘zbek, rus tillari – og‘zaki va yozma nutq erkin, ingliz tilini bilishi ustunlik beradi;
• kompyuter savodxonligi: Ishonchli kompyuter foydalanuvchisi (Microsoft office: Excel, Word, Powerpoint, I CEM, CEM PRO, CEM CAD, LANDMARK, WELL-PLAN va boshqa muhandislik hisob kitoblarini bajaruvchi dasturlardan foydalana bilishi);
• ish tajribasi: neft va gaz sohasida kamida 5 yil.
Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:
• Dala geologiyasi bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishi, konseptual geologik modellarni qurish tamoyillari haqida umumiy ma’lumotlarni bilishi;
• Neft va gaz konlarini ishlatish bo‘yicha umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lishi, qazib chiqaruvchi va haydovchi quduqlarni qurish asoslarini bilishi;
• Burg‘ilash maydonini tayyorlash hamda minora qurish ishlari asoslari, burg‘ilash dastgohini ishga tushirish qoidalari va talablari, burg‘ilash maydoniga qo‘yiladigan talablar, burg‘ilash maydonchasi, texnologik kommunikatsiyalar va suv saqlash hajmlarini joylashtirish qoidalarini bilishi;
• Burg‘ilash dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirishning maxsus bilim va tajribasiga ega bo‘lishi, burg‘ilash ishlarini qog‘ozda rejalashtirish (bureniye na bumage), qiyinchiliksiz burg‘ilash ishlarini olib borish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish, “chuqurlik-kun” jadvallarini shakllantirish, operativ burg‘ilash, quduqlarni qurilish bilan tugatish va ishlab chiqarishga topshirish rejalarini ishlab chiqish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan tegishli xulosalar ishlab chiqish;
• Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, stressga chidamlilik, punktual, jamoa bilan ishlay olish, ko‘p vazifali rejimda ishlash;
• neft va gaz sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
- neft va gaz sohasida boshqaruv tizimi, xavfsizlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhit, sanoat xavfsizligi va boshqa me’yoriy hujjatlarning talab va asoslari;
Nomzodlar 2024 yil 17 martga qadar ushbu havolaga ([email protected].) kirib, anketa to‘ldirishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.
Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.