March 28

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish departamentidagi quyidagi 5 ta lavozimga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

• Neft mahsulotlarini sifat va miqdor jihatidan monitoring qilish bo‘limi tahlilchisi;
• Daromad va xarajatlar siyosatini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi;
• Neft kimyosini va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish bo‘limi tahlilchisi;
• Neft mahsulotni ichki bozorda sotishni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi;
• Neft mahsulotlari logistika jarayonida infratuzilmalardan foydalanishni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;
• ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: neft va gaz sohasi menejmenti, texnik, moliya, iqtisod, marketing, logistika, biznes.
• tillarni bilishi: o‘zbek va rus tili – og‘zaki va yozma nutq erkin, ingliz tilini bilishi ustunlik beradi;
• kompyuter savodxonligi: Ishonchli kompyuter foydalanuvchisi (Microsoft office: Excel, Word, Powerpoint);
• Neft va gaz sohasida kamida 3 – 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi.

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:

• Normativ-huquqiy hujjatlar hamda elektron xujjatlar aylanmasi bilan ishlash;
• Neft va gaz sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash;
• Neft va gaz sohasida boshqaruv tizimi, xavfsizlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhit, sanoat xavfsizligi va boshqa me’yoriy hujjatlarning talab va asoslarini bilishi;
• Sohaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari, boshqaruvning bozor usullari, Marketing;
• Bozor kon’yunkturasini o‘rganish, tahlil eta olish;
• Bozor kon’yunkturasini oldindan ko‘ra bilish;
• Neft bazalarda qo‘llaniladigan texnologiyalar, jarayonlar, ulardagi texnologik qurilmalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi;
• Neft bazalarni texnik ishlatish qoidalari bilan ishlash, “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” QMQ 2.09.19-97 me’yoriy hujjati bilan ishlash;
• Neft kimyosi hamda neftni qayta ishlash zavodlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar, jarayonlar, ulardagi texnologik qurilmalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi;
• Neft-gaz sohasidagi korxonalarning ixtisoslashuvi va o‘ziga xos xususiyatlarini, sohani texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini bilishi;
• Sohaga oid ishlab chiqarish tizimlari va hisobga olish usullari, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ro‘yxatga olish bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalarni bilishi;
• Innovatsion, investisiya va boshqa loyihalar bo‘yicha axborot tahlil-ma’lumotlari, hisobotlar, ma’ruza matnlari, taqdimotlar, tarmoq jadvallari, yo‘l xaritalari, chora-tadbirlar rejalari va boshqa turdagi hujjatlarni o‘zbek va rus tillarida mukammal tayyorlash;
• Tahliliy fikrlashning yuqori darajasi, mas’uliyatlilik, stressga chidamlilik, punktual, jamoa bilan ishlay olish, ko‘p vazifali rejimda ishlash, natijaga yo‘naltirilganlik, tizimli va moslashuvchan fikrlash, ish tartibiga qaratilgan, yuqori samaradorlik va natijalarga motivatsiyalanganligi;

Nomzodlar 2024 yil 7 aprelga qadar rezyume/anketalarini ushbu elektron manzilga - [email protected]. yuborishlari yoki ushbu havolaga kirib anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook