April 1

Favqulodda vaziyatlarda shaylikni oshirish va muhofazalanish usullari o‘rgatildi

Ruscha

“Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ko‘rgazmali o‘quv seminar o‘tkazildi.

Hamkorlikdagi organlar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda panagohlarning belgilangan me’yorlarda jihozlash, saqlash va ulardan foydalanishning tartib tamoyillari mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda “O‘zbekneftgaz” AJ tizim va tasarrufdagi obyektlar hamda Qashqadaryo viloyatida joylashgan strategik korxona va tashkilotlar mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda mas’ullarga favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shaylikni oshirish, shuningdek muhofazalanish usullariga o‘rgatildi.

Bunday mashg‘ulotlar, obyektlardagi maxsus tarkibning kuch va vositalarni boshqarish hamda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarida panagohlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati