February 5

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ekologiyaga zararli tashlanmalar miqdori kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan Brifing  

Ruscha

O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarish korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va tabiiy resurslarni tejashga qaratilgan bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada ekologik holatni yaxshilash va zararli tashlanmalar miqdorini kamaytirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.

2024 yilda “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi barcha boshqarma va korxonalar bo‘yicha atmosfera havosiga tashlanadigan tashlanmalarning ekologik normativ miqdori 142,3 ming tonnaga belgilangan edi. Aslida esa bu miqdor 73,1 ming tonnaga kamaytirildi, ya’ni belgilangan me’yorga nisbatan 69,2 ming tonna yoki 48,6 foizga kam tashlanishga erishildi.

Oqova suvlar tashlanmalarini kamaytirish bo‘yicha o‘tgan yilda belgilangan ekologik normativ miqdor 11,5 million metr kub bo‘lsa, aslida tashlangan oqova suvlar miqdori 4,3 million metr kubni tashkil qildi. Bu o‘z navbatida 7,2 million kub metr kam tashlanishga erishish va ekologik me’yorga nisbatan 62,6 foizga kam tashlanish ko‘rsatkichini ta’minlashga imkon berdi.

Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar miqdori 36,6 ming tonnani tashkil etdi. Belgilangan ekologik normativ miqdor esa 57,2 ming tonna. Bu 20,6 ming tonna yoki 36 foiz kam chiqindi hosil bo‘lishiga erishilganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, chiqindilarni zararsizlantirish va qayta ishlash, shuningdek, atrof-muhitni zararsizlantirish ishlari samarali tarzda amalga oshirildi.

Dastur doirasida eskirgan qozonlar o‘rnini energiya tejamkor qurilmalar bilan almashtirish, yoqilg‘i resurslarini tejash maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish yo‘lga quyildi. Bu nafaqat energiya sarfi, balki umumiy emissiyalarni kamaytirishga yordam berdi. Shu bilan birga yangi chang-gaz tozalash qurilmasini ishga tushirish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari ham samarali olib borildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy ta’minotini rivojlantirish bilan birga ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham katta e’tibor qaratildi. "O‘zbekneftgaz" AJ amalga oshirgan ekologik chora-tadbirlar natijasida tabiatga salbiy ta’sirlar sezilarli darajada kamaytirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook